Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Davolash profilaktika muassalari dorixonalari



Download 1,63 Mb.
bet108/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Davolash profilaktika muassalari dorixonalari. Farmasevtika xizmatining asosiy vazifasi aholiga hizmat ko‘rsatish bilan birga davolash profilaktika muassalarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Davolash profilaktika muassasalari – respublika, viloyat, tuman shifoxonalari, klinikalar, tibbiyot markazlari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktdari, sanatoriy-profilaktoriylar, reabilitatsiya markazlari va boshqa tibbiyot muassasalari farmasevtika bozorining gospital segmenti (bo‘g‘ini)ni tashkil etadi. Bozor munosabatlari farmasevtika bozorining gospital segmentini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bu tizim hozirda halqaro talablarga mos ravishda bosqichma-bosqich rivojlanmoqda, bu islohotlar innovatsion yondoshuvlar asosida amalga oshirilmoqda. Bularga DPM lar tomonidan amalga oshadigan xaridlarda “raqobatli narxlar” asosida o‘tkaziladigan haridlar yoki tender xaridlari misol bo‘lishi mumkin.
Farmasevtika bozorining kon’yunkturasining tushunchasi, mohiyati va ahamiyati
Farmasevtika bozori – bu dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari va iste’molchilarning dori vositalarining pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlari, ularning o‘zaro aloqalaridir.
Kon’yunktura – ma’lum bir vaqt, davrda talab va taklif nisbati, hamda u bilan bog‘lik bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladigan farmasevtika bozoridagi iqtisodiy vaziyatdir.
Farmasevtika bozori kon’yunkturasini o‘rganishda qo‘llanadigan maxsus axborot – bu farmasevtika bozorini o‘rganish bo‘yicha maxsus tadqiqotlarda olingan ma’lumotlarni tashkil etadi.
Farmasevtika bozori kon’yunkturasini o‘rganishning asosiy maqsadi – bu dori vositalarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bozor holatiga, uni yaqin kelajakdagi rivojiga qay darajada ta’sir qilishini aniqlash, aholining dori vositalariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish uchun qanday chora-tadbirlarni ko‘rish lozimligini aniqlashdir. Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalari, ulgurji va chakana dorixonalarning bor imkoniyatlaridan oqilona foydalanishdir. Kon’yunkturani o‘rganish natijalari dori vositalarini ishlab chiqarish va muomalasini boshqarish bo‘yicha tezkor yechimlarni qabul qilish uchun tavsiya etiladi.
Farmasevtika bozori kon’yunkturasini o‘rganishga kompleks yondoshish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
– bir-birini to‘ldiruvchi turli farmasevtika axborotini manbalaridan foydalanish;
– farmasevtika bozori kon’yunkturasini harakterlovchi ko‘rsatkichlar ma’lumoti bilan retrospektiv tahlilni birlashtirish;
– tahlil va istiqbolni belgilashning turli usullarini qo‘llash.
Ma’lumotlarni yig‘ish farmasevtika bozori kon’yunkturasini o‘rganishning eng muhim bosqichidir. Kon’yunktura tahlilida o‘rganilayotgan jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan yagona farmasevtika axborotini manbasi yo‘q. Tekshirishlarda turli manbalardan olingan farmasevtika axborotining xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Farmasevtika axborotining umumiy, tijorat va maxsus turlari farqlanadi.
Farmasevtika bozori kon’yunkturasi – bu ma’lum davrda dorixonada xizmat ko‘rsatish, dori vositalarining ulgurji vositachilarga sotishdagi imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy shart-sharoit majmuidir. U aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarning talab va taklif muvozanati, narxlar darajasi, bozor hajmi va boshqalar bilan ifodalanadi.
Farmasevtika bozori kon’yunkturasi, mamlakatdagi iqtisodiy holatga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Shuning uchun farmasevtika bozorining tahlili quyidagi ikki yo‘l bilan olib borilishi mumkin.
1. Agar kon’yunkturaning o‘zgarish darajasi va tendesiyalarini bilish ko‘zlansa, u holda uning belgilash davridagi dinamikasi o‘rganiladi.
2. Agar kon’yunkturaning ma’lum muddatga bo‘lgan aholini bilishi zarur bo‘lsa, unda dori vositalarining hayotiy davri o‘rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.
Barcha yig‘ilgan farmasevtika axborotini uch qismga bo‘linadi.
Birinchisiga kon’yunktura oldingi davrda tasvirlagan ma’lumotlar kirib, ularning hozirgi holatga hech qanday aloqasi yo‘q.
Ikkinchi turdagi farmasevtika axboroti kon’yunkturaning hozirgi ahvoli tasvirlanib, ammo uning istiqboliga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Uchinchi kon’yunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. Kon’yunkturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlargagina emas, balki uning kompleks holati tasvirlovchi barcha yig‘ilgan va statistika ma’lumotlariga, ularning umumiy va qarama-qarshi tomonlariga asoslanishi kerak.
Farmasevtika bozori kon’yunkturasining axborotinomasi – kon’yunkturaning tahlil shakli hisoblanadi. Bu hujjat farmasevtika bozorining holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to‘g‘risida, ularning o‘zaro aloqalari hamda kon’yunkturaning umumiy o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Mamlakat iqtisodiy doirasida kon’yunkturani tahlil qilish quyidagi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish