Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet102/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Farmasevtika bozori – bu iste’mol tovarlari va xizmatlari umumiy bozorining bir qismi bo‘lib, bu yerda dori vositalarining ishlab chiqarilishi, sotilishi va iste’mol qilinishida bevosita manfatdor shaxslar ishtirok etadi. Ularga: ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, dorixonalar, davolash-profilaktika muassasalari va bevosita bemorlar kiradi.
Farmasevtika bozori bugungi kunda eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot soxalaridan biridir.
Farmasevtik bozor sub’ektlari – bu o‘zlari ta’sir ko‘rsatayotgan ob’ektlarga nisbatan faol bozor ishtirokchilaridir. Ularga quyidagi tuzilmalar kiradi:

  • farmasevtika faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi, davlat miqyosida dori vositalari sifati, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qiluvchi idoralari tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv va tartibga solish tizimi.

  • maxalliy farmasevtik ishlab chiqarish korxonalari, xorijiy ishlab chiqarish korxonalarining vakolatxonalari, ulgurji va chakana tashkilotlarini o‘z ichiga olgan dori vositalarini ishlab chiqarish va taqsimoti tizimi.

  • dori vositalari va tibbiyot buyumlarining iste’molchilari.

  • ixtisoslashgan axborot-analitik nashrlar va agentliklar, konsalting kompaniyalari va boshqalarni birlashtirgan farmasevtik axborot tizimi.

  • kasbiy yo‘naltirish, ta’limning o‘rta va oliy va diplomdan keyingi bosqichlariga asoslangan uzluksiz farmasevtik ta’limga yo‘naltirilgan kadrlarni tayyorlash tizimi.

  • kasbiy jamoat tashkilotlari29.

Bozor sub’ektlari bozor ob’ektlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagilar bozor ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi:

  • farmasevtik tovarlar va xizmatlar,

  • parafarmasevtik tovarlar,

  • farmasevtik axborot,

  • iste’molchining didi, xohiщ va istaklari,

  • to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyoj,

  • mahsulot sifati,

  • texnologiyalar va boshqalar.

Hozirgi zamon farmasevtik bozori - bozor qonuniyatlariga asoslanib rivojlanuvchi murakkab iqtisodiy borliqdir. Shu bilan birga dori vositalarining, tibbiy buyumlarning tovar sifatida o‘ziga xos xususiyatlari bu bozorni shakllanishida muayyan qonuniyatlarning bo‘lishini talab etadi.
Iste’mol maxsuloti sifatida dori vositalarining o‘ziga xos jihatlaridan biri -bu bemorlar tomonidan uni tanlash imkoniyatining yo‘qligidadir. Dori vositalariga bo‘lgan talab va taklifning shakllanishida farmasevt-sotuvchi va bemor-xaridordan tashqari dori vositalarining ta’sirini va qo‘llash uslublarini o‘ziga xos jihatlari haqida maxsus bilimga ega bo‘lgan vrach-mutaxassis ishtirok etadi. Dori vositalarini iste’mol qilish hajmi va tarkibi ambulator-poliklinika hamda statsionar muassasalar shifokorlarining tavsiyalariga bog‘liq.
Shuningdek dori vositalari bozorining hususiyati shundan iboratki, bu yerda bozorning universal qonunlarining amal qilishi - davlat tomonidan narx-navolarni tartibga solinishi, hayotiy zarur va muhim dori vositalarini ro‘yxatini nazoratga olinishi, retseptsiz preparatlarning xavfsiz iste’mol qilinishi cheklangan holda amalga oshiriladi.
Amaldagi xalqaro va milliy qonunchiligimizga muvofiq farmasevtika bozorining muhim hususiyatlaridan yana biri bu bironta ishlab chiqaruvchi o‘zining dori vositasini bevosita bemorga tavsiya etishga xaqli emas. Farmasevtik kompaniyalar bu faoliyatni vositachilar, ya’ni xar xil mutaxassislikdagi shifokorlar va dorixona xodimlari – provizorlar va farmasevtlar orqali amalga oshirishga majbur. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, yuqorida qayd etilgan vositachilar kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan dori vositalar sotilishida iste’molchi xam, xaridor ham bo‘lmaydilar. Boshqacha qilib aytganda, korxona vakili o‘zida sinab ko‘rishni istamaydigan odamlarni, taqdim etilayotgan dori vositalari afzalligiga ishontirishi kerak bo‘ladi. Uning ishida vrachning qaysi dori vositasini yozib berishi (tavsiya etishi)ga ta’sir ko‘rsatish asosiy vosita bo‘lib xisoblanadi.
Boshqalardan farqli o‘laroq, farmasevtik bozorda tavsiya etilayotgan dori vositalarni sotib olish yoki qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilishda hamjihatlik - kompleks ravishda kabul qilish zaruriyati bilan ajralib turadi. Shu bilan birga turli guruxlarda o‘z talablaridan kelib chiqqan holda bu qarorlar qabul qilinadi – amaliyot shifokorlarida - dori vositasining samaradorligi, xavfsizligi, qo‘llashda qulayligi, narhi, dorixonalarda doimiy mavjud bo‘lishi kabi talablar bo‘lsa, shifoxona ma’muriyatida esa umuman boshqa omillar (koyka aylanmasini oshishi, kundalik koyka xarajatlarining arzonlashishi, asoratlar sonining va kasalxonaga qayta yotqizish xolatlarining kamayishi va h.k.) hisobga olinadi. Shundan kelib chiqqan holda, dori vositalarini sotishda nafaqat aniq maqsadli iste’molchilarning extiyojini bilish, balki uщbu preparatni tavsiya etuvchi shifokorlarning mutaxassisligi, lavozimi va boshqa ko‘rsatkichlar asosida toifalashni bilish lozim. Bundan taщqari ma’lumki bugungi kunda dori vositalarining muvaffaqiyatli sotilishi faqatgina uning o‘ziga jalb qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, yana u yoki bu konsepsiyaga ega bo‘lishiga bog‘liq: masalan “xayot tarzini yaxshilash”, “oilani kompleks rejalashtirish”, “retsedivsiz davrni oshirish”, “bemorlarning umrini uzaytirish” va boshqa shu kabilar. Konsepsiya tushunchasini o‘z ichiga preparatning xaridor uchun zarur bo‘lgan sifatlarini oladi (samaradorlik, xavfsizlik, talab va sotilishkafolati va boshqalar).
Farmasevtik bozorning keyingi muxim jixatlaridan biri bir qator halqaro va milliy tashkilotlar tomonidan belgilangan etik cheklovlarning mavjudligi. Ma’lumki, AIPM - Farmasevtik ishlab chiqaruvchilarining xalqaro asotsiatsiyasi mavjud bo‘lib, ular xar yili “Dori vositalari sotuvlarida reklama bo‘yicha kodeks”, unda asosiy qoida va cheklovlar keltirilgan. Odatda bu cheklovlar dori vositalari sotuvlarini rag‘batlantirish jixatlariga ta’lluqli bo‘ladi (OAVda retseptli vositalarga bo‘lgan reklamani cheklash, xaridorlarni moddiy rag‘batlantirish yo‘li bilan aldash, raqobatchilarning maxsulotlarini asossiz kamsitish).
Dori vositasi muayyan savdo nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin uning xarakat jarayoni (promotsiyasi) boshlanadi. Bu bosqichda, xalqaro tashkilotlar (Farmasevtik ishlab chiqaruvchilarining xalqaro asotsiatsiyasi) va milliy qonunchilik tomonidan belgilangan ko‘pgina cheklovlarga rioya etish talab etiladi. 1962 va 1968 yillardagi Jeneva konvensiyasiga muvofiq barcha dori vositalari retsept asosida sotiladigan (Rx) va retseptsiz (OTS - overthe counter) turlariga ajratiladi. Bunda Dori vositalari ishlab chiqaruvchilarining xalqaro asotsiatsiyasi qoidalarida retsepturali dori vositalarining xarakati uchun qator cheklovlar xususan OAV(televidenie, radio, matbuot)da reklama qilishni taqiqlash belgilangan.
Shuningdek etik cheklovlar ham kiritiladi, yozilayotgan retseptlar sonini oshirish maqsadida vrachlarni moddiy stimullash ta’qiqlanadi, raqobatchilarni asossiz tanqidlari ham shular jumlasidandir. Shuni ta’kidlash kerakki, tijorat faoliyatining boshqa sohalarida shunday keskin etik va xuquqiy reglamentatsiya bo‘lgan bunday sohani topish qiyindir. Farmasevtika bozorining keyingi xususiyatlaridan biri shuki, dori vositalarini takomillashtirishda kompaniya asosiy e’tiborni shu soxada ishlovchi tibbiy xodimlarning faoliyatiga qaratish kerak: Birinchidan, etik cheklanmalar tufayli retsept asosida beriladigan preparatlarni rivojlantirish, hamda shuningdek yanayam ishonchli bo‘lishi uchun tovar taqdimoti mijozlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda bu mahsulotni taraqqiy etishi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi – hisob bo‘yicha tibbiy xodim viziti o‘rtacha narxi farmasevtik kompaniyada 20 $ ga aylanadi, lekin yil bo‘yi televideniyada reklama berish ancha arzonroq (foydasi kamroq) bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham barcha farmasevtik kompaniyalar ko‘p harajat bo‘lsa ham vrachlarni hamda xodimlarni o‘zi bilan ish olib borishadi, chunki reklama qanchalik yorqin va mukammal bo‘lsada undan kamroq foyda bo‘ladi.
Bozor infratuzilmasi” tushunchasi
Har qanday ijtimoiy – iqtisodiy tuzumda infratuzilma avvalo, shu tizimning ob’ekt va sub’ektlarining o‘zaro bog‘lanishini uzluksiz ta’minlab beruvchi elementlar jamlanmasidir.
Infratuzilma – bu har qanday butun bir iqtisodiy tizimning majburiy komponentidir. Boshqacha qilib aytganda infratuzilma bu – iqtisodiy tizimni qurilishida asos, ya’ni fundament vazifasini bajaradi.
Rivojlanayotgan bozor sharoitida uning samarali ishini ta’minlovchi infratuzilma bo‘ladi. Bozor normal faoliyat yuritishi uchun maxsus korxona, tashkilot, xizmat ishlari aniq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Mahsulot va hizmat ko‘rsatish faoliyatini ta’minlab beruvchi korxona, tashkilot va xizmatlarning tizimi, bozor infratuzilmasi namoyon etadi. Infratuzilma bozor sub’ektlarini faoliyatini ta’minlaydi, uning elementlari sub’ektlar tomonidan emas, balki bozor munosabatlaridan hosil bo‘ladi.
Bozor infratuzilmasi strukturasi – bu bozorni normal ishlashini ta’minlab beruvchi tashkilotlar, davlat va xususiy korxonalar, xizmatlar jamlanmasidir.
Bozor infratuzilmasi tovar ayriboshlash jarayonlarini yengillashtiradi, ularni ustidan yuridik va iqtisodiy nazorat o‘rnatadi, ularni tezkorligini va samaradorligini oshiradi, axborot ta’minotini o‘rnatadi. Infratuzilmaning aniq konfiguratsiyasi bozorning turlariga bog‘liq bo‘ladi.
Bozor infratuzilmasining asosiy funksiyalari quyidagilar:

  • Bozor munosabatlarida qatnashuvchilarning manfaatlarini amalga oshirishni yengillashtirish, mablag‘larni tejash va turli amaliyotlarni o‘tkazish natijasida xarajatlarni kamaytirish;

  • Iqtisodiyotning alohida subektlarini va faoliyat turlarini ixtisoslashtirish asosida bozor subektlari ishining tezkorligini va samaradorligini oshirish;

  • Bozor munosabatlarining tashkiliy rasmiylashtirish;

  • Iqtisodiy va yuridik nazoratni, xo‘jalik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni yengillashtirish


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish