Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Marketingni boshqarish jarayon sifatida



Download 1,63 Mb.
bet89/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Marketingni boshqarish jarayon sifatida
Marketing samaradorligini oshirishda marketing bo‘yicha menejerlarning birinchi vazifasi marketing imkoniyatlarini tahlil qilish hisoblanadi. Mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish uchun marketologlarga marketing axborot tizimi zarurdir.
Marketingni boshqarish jarayonlariga quyidagilar kiradi:
1.Marketing imkoniyatlarini tahlil qilish.
2.Marketing imkoniyatlarin ishlab chiqish.
3.Marketing dasturlarini rejalashtirish.
4.Marketing faoliyatini boshqarish.
Tijorat sohasidagi korxonalarda marketingdan foydalanish ma'lum bir ketma-ketlikda amalga oshiraladi. Keyingi yillarda marketing bilimlaridan aviakompaniyalar, bank muassasalari, sug‘urta kompaniyalari va brokerlik kompaniyalari foydalanishmoqda. Keyingi paytlarda yuridik, buxgalteriya va arxitektura xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar ham marketingdan foydalanishmoqda. Notijorat sohasida esa turli xil kollejlar, cherkov va masjidlar, badiiy jamoalar ham marketingga qiziqish bilan qaramoqdalar. Amerika kasalxonalarining yarmidan ko‘pi o‘z shtat jadvalida marketing bo‘yicha direktor shtatiga ega. Bundan tashqari, AQSh ning pochta xizmati va armiyasi o‘z faoliyatini marketing rejalari asosida amalga oshiradi. Turli xil hukumat va xususiy notijorat tashkilotlari alkogolizm, chekish va narkotiklarga qarshi ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing chora-tadbirlarini o‘tkazishadi.
Har qanday biznesning vazifasi yaratilgan qimmatdorliklar bozori uchun foyda olish maqsadida imkoniyatlar yaratishdir. Qimmatdorliklarga imkoniyat berish jarayoni bo‘yicha ikki xil nuqtai nazar mavjuddir. An'anaviy nuqtai nazarga ko‘ra, kompaniyalar u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishadi va sotishadi. An'anaviy nuqtai nazarga amal qiluvchi kompaniyalar tovar taqchilligiga ega bo‘lgan iqtisodiy muhitda yuqori imkoniyatlarga ega, chunki iste'molchilar qoidaga ko‘ra mahsulotning sifati texnik tavsifnomalari yoki bezalishiga alohida talablar qo‘yishmaydi. Biroq an'anaviy nuqtai nazar raqobatga asoslangan iqtisodiy tizimlarda amal qila olmaydi, chunki bu jarayonda iste'molchiga tovarlarning keng tanlovi taklif etiladi. «Ommaviy bozor» bir qator mikro bozorlarga bo‘linadi va ularning har birida xususiy ehtiyojlar va xohishlar xukm suradi. Shuning uchun tadbirkor raqobatchilar bozorning aniq belgilangan segmentlari uchun to‘g‘ri tovar taklifini yaratishlari lozim. Bunday holat biznes jarayonlariga bo‘lgan yangi nuqtai nazarning asosini tashkil qiladi va bunda marketing biznes rejalashtirish jarayonining boshlang‘ich bo‘g‘imi hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarga amal qiluvchi kompaniya o‘z faoliyatlarini qimmatdorliklarni yaratish va ularni taqdim etish ketma-ketligi jarayoni bilan uzviy holda qaraydilar. Bu ketma-ketlik 3 fazani o‘z ichiga oladi.
1-faza. Aniq qimmatdorlik turlarini tanlash bo‘lib har qanday mahsulotni yaratish bo‘yicha marketing sohasidagi ishlarni o‘z ichiga oladi. Marketologlar bozorini segmentlashtirishlari, bozordagi aniq segmentni tanlashlari va unda taklif etilayotgan qimmatdorliklarni pozitsiyalashtirishlari lozim. Segmentlashtirish maqsadni aniqlash va pozitsiyalashtirish formulasi marketing strategiyasi mohiyatini ifodalaydi. Strategik biznes birligi o‘z tanlovini aniq qimmatdorliklarda belgilaganda ushbu qimmatdorliklarni bozorga taklif etishga tayyorlanadi. Mahsulot va xizmatning aniq tavsifnomalari mufassal ishlab chiqariladi, bahosi o‘rnatiladi va mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimot jarayonlari boshlanadi. 3-bosqich esa qimmatdorliklarni iste'molchilarga etkazish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda marketingning vazifalari sotishni rag‘batlash, reklama qilish va bozorga mahsulot to‘g‘risidagi axborotlarni etkazish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlani amalga oshirishadi. marketing jarayoni mahsulotning dunyoga kelgunigacha boshlanadi va ishlab chiqarish jarayonida davom etadi, shundan so‘ng iste'molchiga etkaziladi.
Zamonaviy bozor rivojlanishidagi marketingning evolyutsiyasi uchun zarur bo‘lgan tendentsiyalar:
- sifat, baho va iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirishning ahamiyatining o‘sib borishi;
- iste'molchilar bilan o‘zaro munosabat o‘rnatish va ular ahamiyatining oshib borishi;
- biznes jarayonlarini boshqarish va boshqaruv funktsiyalarining integratsiyasi ahamiyatini oshib borishi;
- keng qamrovli fikrlashning va mahalliy bozorlarni rejalashtirish ahamiyatining oshib borishi;
- strategik alyanslar (uyushmalar) va tarmoqlar ahamiyatining oshib borishi;
- to‘g‘ridan-to‘g‘ri va onlayn marketingi ahamiyatining oshib borishi (Internet);
- xizmatlar marketingining ahamiyatining oshib borishi;
- yuqori texnologiyalarga ega bo‘lgan tarmoqlar ahamiyatining oshib borishi;
- marketing xatti - harakatlarida axloqiylik ahamiyatining oshib borishi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish