Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Marketing muhiti tushunchasi



Download 1,63 Mb.
bet86/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Marketing muhiti tushunchasi
Marketing muhiti deganda, korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy omillar majmui tushuniladi. Marketingda ichki va tashqi muhitlar farqlanadi. Korxona faoliyatidan chetda, ya’ni bozordagi mavjud omillar marketingning tashqi muhitini vujudga keltiradi. Hukumat, iqtisodiyot, iste’molchilar, texnologiya, ommaviy axborot vositalari, raqiblar va vositachilar ana shular jumlasidandir. Tashqi muhit omillari korxona tomonidan boshqarila olmaydi, lekin korxona o‘z faoliyatida tashqi sharoitga moslashishi va uni hisobga olishi kerak bo‘ladi.
O‘z navbatida korxonani ichki boshqarish tizimi bir qator kichik tizimlariga ajraladi: ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik xizmati, ishlab chiqarish, narx belgilash, moddiy-texnika taminoti, reklama, savdo xizmatlari va hokazolar; ularning yig‘indisi (majmui) korxona raxbariyati tomonidan nazorat qilinadigan marketingning ichki muhitini tashkil etadi.
F.Kotler marketingning tashqi va ichki muhitini mikro- va makromuhit tarzida ifodalaydi. Mikromuhit – firmaning o‘ziga yoki uning mijozlariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga bevosita aloqador bo‘lgan omillar bo‘lsa, makromuhitni esa mikromuhitga ta’sir ko‘rsatadigan juda keng ijtimoiy darajadagi kuchlar, demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnikaviy, siyosiy va madaniy omillar tashkil etadi.
Korxonalarning marketing faoliyatining muhim tamoillaridan biri tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni kuzatish, ularni baholash, salbiy ta’sirlarning oldini olish choralarini ishlab chiqish, ya’ni tashqi muhitga moslashishdir.
Farmasevtik marketing ob’ekti sifatida dori vositalari bozorining o‘ziga xos xususiyatlari
Dori vositalari bozori murakkab iqtisodiy ob’ekt bo‘lib, u bozor qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Shu bilan birga tovar sifatida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining o‘ziga xos xususiyatlari bu bozorning shakllanishidagi maxsus qonuniyatlarini belgilaydi.
Dori vositalari iste’mol tovari bo‘lib, organizmning patologik holatlarida va kasallikning oldini olish maqsadida qo‘llanadigan iste’mol vositalarining murakkab guruxini tashkil etadi. Dori vositalarining iste’mol mahsulotlari sifatidagi o‘ziga xos xususiyati shunda-ki, ularni tanlashda iste’molchilar – bemorlarning o‘zlari ishtirok etmasligidir. Dori vositalariga bo‘lgan talab va taklif shakllanishida farmasevt (sotuvchi) va bemor (iste’molchi)lardan tashqari dori vositalarining ta’siri va qo‘llanish usullari bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis – vrach ishtirok etadi. Dori vositalari iste’molining xajmi va tashkiliy tuzilishi ambulatoriya-poliklinika va statsionar vrachining ko‘rsatmasiga bog‘liqdir.
Dori vositalari birlamchi zaruriy tovarlarga kirib, ularning qo‘llanishi aholi sonining o‘sishi, insonlarning to‘lov qobiliyati va turmush tarzi yaxshilanishiga muvofiq ravishda o‘sadi. Shu bilan birga dori vositalari bozoriga kasallanish darajasi, aholining yosh bo‘yicha tarkibi, mavsumlar, epidemiyalar, geografik muhit, tabiiy ofatlar va bir qator tibbiy omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari dori vositalari marketingining o‘ziga xos tomoni shundaki, farmasevtika tizimida narxlarning davlat tomonidan tartibga solinishi, hayotiy zarur va muhim dori vositalari ro‘yxatining nazorati va retseptsiz beriladigan dorilarning xavfsiz qo‘llanishini ta’minlash asosida bozorning universal qonunlari cheklanadi.
Farmasevtik marketing texnologiyalarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi aholining hamma qatlamlarini dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan extiyojini maksimal ravishda qondirilishini ta’minlashdan tashqari, dori vositalari iste’molida nojo‘ya ta’sirlardan kelib chiqadigan ijtimoiy zararlar darajasini kamaytirishdan iborat.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish