β - adrenoretseptorlarni bevosita qo’zg’atuvch moddalar:
Isadriinum(izodrin) – kukun, 0,5-1% li eritma 25-100 ml li flakonda, tabletka 0,005
Salbutamolum(salbutamol) – tabletka 0,002 ingalyatsiya uchun aerosol (bitta ingalyatsiya uchun 0,0001) 5%li eritma flakonlarda
22. H-xolinomimetik va H-xolinoblokatorlarning lotincha nomlari va ularning asosiylarini chiqarilish shakli va dozasini yozing.
Javob: H-xolinoretseptorlar qo’zg’atuvchi moddalar – H- xolinomimetiklar deb ataladi. H- xolinoretseptorlarni falajlovchi moddalar – ganglioblakatorlar deyiladi.
H-xolinoretseptorlar simpatik,parasimpatik gangliylarda,buyrak usti bezining xromaffin to’qimalarida,karotid koptokchalarda,tomirlarning xemoretseptorlarida hamda markaziy nerv sistemasida joylashgan.
H-xolinomimetiklar nafas yetishmovchiligida,markaziy nerv sistemasi barbituralar,narkotik analgetiklar bilan zaharlanganda qo’llaniladi.
H- xolinomimetiklar:
Lobelini hydrochloridium (lobelin) – 1% li eritma 1 ml ampulalarda va shpris tyubiklarda
Cytitonum (sititon) -1ml ampulada
H-xolinoblakatorlar noradrenalinni ajralishini kamaytiradi,tomirlarning silliq mushaklari bo’shashadi,arteriya va venalarni kengaytirib qon bosimini va vena bosimini pasaytiradi,qonni venalarda ushlab yurakni ishini yaxshilaydi.
Pirilenum (pirilen) – tabletka 0,005
Benzohexonium (benzogeksoniy) – tabletka 0,1-0,25, 2,5 %li eritma 1mlli ampulalarda
Pentaminum (pentamin) – 5%li eritma 1 va 2 mlli ampulalarda
Hygronium (gigroniy) – tabletkada 0,1 dori moddasi bo’lgan ampula va flakon yuborishdan oldin eritiladi.
23.Penitsillin guruxi antibiotiklarining lotincha nomlari,ularning asosiylarini chiqarilish shakli va dozasini yozing.
Javob:Penitsillinlar - tuzilishida β-laktom xalqasiga ega, ta'sir spektri bo‘yicha asosan grammusbat bakteriyalarga ta'sir ko’rsatadi. Penitsillinlar bakteriotsid ta'sir ko‘rsatadilar. Ular faqat bo‘linayotgan xujayralargagina ta'sir etadilar. Antibakterial ta'sir mexanizmi xujayra devorining tarkibiy qismlari sintezini buzilishi bilan bog‘liq. Biologik yo’l bilan mog’or zamburug’lar-penicillinum notatum, penicillinum chresogenium lardan xamda yarim sintez yo’l bilan olinadi,shu tufayli penitsillinlar 2 guruxga bo’linadi:biosintetik va yarim sintetik penitsillinlar.
Biosintetik penitsillinlar:benzilpenitsillinning natriyli,kaliyli,novokainli tuzi,bitsillin-1,3,5.
Yarim sintetik penitsillinlar:metitsillin,oksatsillin,ampitsillin,amoksitsillin,amoksiklav,
karbenitsillinlar kiradi
Benzylpenicillinum natrium (benzilpenitsillin natriy) – flakon 250000,500000,100000 TB.
Benzylpenicillinum novocainum (benzilpenitsillin novokain) - flakon 300000 TB,600000 TB i1200000 TB.
Bicillinum-1 (bitsillin-1) – 1500000 TB.
Ampicillinum (ampitsillin) – tabletka,kapsula 0,25, 0,5
Do'stlaringiz bilan baham: |