Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
118 
library.ziyonet.uz/ 
 
tutiladi. 
 
7. Soʻz Nizomiy Ganjaviy haqida boradi. «Ganja orom» iboralari orqali bu buyuk shoir Ganjada 
dafn etilganligi anglatiladi. Keyingi baytlarda Navoiy Nizomiyni xazinadorga, uning ma’nolarga 
toʻla asarlarini xazinalarga oʻxshatib ta’riflaydi. Kimki bu xazinaga oʻgʻirlik qilmoqchi boʻlsa, 
falak uning boshiga toshlar yogʻdiradi. Ular orasidan doʻstlar gavhar, dushmanlar esa chaqirtosh 
topadilar. Ana shu gavhar, durlar koʻngilga oʻrnashsa; uni xazinaga aylantiradi, deydi shoir. 
 
8. Hinduyi zod – Navoiy Hindistonda yashab ijod etgan, Nizomiydan soʻng «Xamsa» yaratgan 
Xusrav Dehlaviy (1253–1325)ni koʻzda tutadi. 
 
9. Xizr – afsonalarga koʻra, «Obi hayvon» (tiriklik suvi)ni topgan va undan ichib, hamisha tirik 
yuradigan sirli karomatlar sohibi. Adabiyotda Xizr gʻoyibdan paydo boʻlib, yoʻldan adashgan 
musofirlarga koʻmak etuvchi ham deb tasvirlanadi. Xizr yashillik va idrok timsoli hisoblanadi. 
Bu yerda bir necha tashbih ishlatilgan. Shoir Xusrav Dehlaviyni ana shu Xizr paygʻambarga, 
Hindistonni qora tunga oʻxshatadi. Bunda xalqining rangi qora boʻlganiga hamda Xizr zulmat 
ichida hayot bulogʻini topganlngiga ishora qilinadi. Xusrav Dehlaviyning ravon she’riyati ana 
shu afsonaviy hayot bulogʻiga nisbat beriladi. 
 
10. Chashmai hayvon – tiriklik suvi chiqadigan afsonaviy buloq. Uni qora zulmat mamlakatidan 
Xizr qidirib topgan, deydilar. 
 
11. Qaqnus – afsonaviy qush. Uning tumshugʻida koʻp teshiklar bor boʻlib, ulardan taralgan 
hazin ovozlardan musiqa yaralar emish. Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Qaqnusning goʻzal 
tasivirini beradi. Unga koʻra, Qaqnus Hindistonda boʻlar, baland daraxtlar boshiga in solar ekan. 
Bu qush umri boʻyi xas-xashak, choʻp, terib, katta xirmon yigʻar, hayotining oxirida shu xirmon 
ustida hazin ohang bilan sayrar ekan. Uning dilkash navosini eshitgan butun oʻrmondagi qush va 
hayvonlar yigʻilar ekan. Oxiri Qaqnus shunday alamli bir nola qilar ekanki, undan xirmonga oʻt 
tutashib ketar va shu oʻtda oʻzi ham yonib ketar ekan. Xirmon kuli ostidan yangn bir Qaqnus 
bolasi par yozib chiqar sekin-sekin parvoz qilib, yana oʻsha otasi shugʻullangan ishi – xas-choʻp 
terishga unnab ketar ekan. Navoiy bu yerda Xusrav Dehlaviyni Qaqnusga, uning she’riyatidagi 
musiqiylikni, dil oʻrtovchi hazinlikni Qaqnusning sayrashiga oʻxshatadi. 
 
12. ―Mah to ba mohi» – aynan: «baligʻdan oygacha» degan mazmunii bildiradi. Bu ibora «erdan 
koʻkkacha» ma’nosida ishlatiladi. 
 
13. Bu oʻrinda Navoiy Nizomiy Ganjaviydek ulugʻ shoir dostonlariga javoban «Xamsa» 
yozishlik oson ish emas, demoqchi boʻladi. Keyingi baytlarda shoir Nizomiyni filga, Xusrav 
Dehlaviyni ham garchi kichikroq esa-da, filga oʻxshatadi. Ularning shavkat va quvvatidan madad 
tilaydi. Uzini esa hayqiruvchi filga oʻxshatadi, u soʻz oʻrmonini egallab olishni orzu qiladi. 
 
14. Bu bobdan boshlab, deyarli har bir bob shoirning soqiyga murojaat tarzida yozilgan asosan 2 
baytli (ba’zan 3 bayt), agar ta’bir joiz boʻlsa, miniatyur «soqiynoma»lar berib boradi. «Bunday 
parchalar shoirning har bir bobda tasvirlangan voqea yoki muammoga munosabati, xulosasi 
hamda ichki kechinmalarini ifoda qiluvchi bir vosita – lirik lavhalardir» (Isoqov Yo. Navoiy 
lirikasining asosiy janrlari. Oʻzbek adabiyoti tarixi, II tom, 101-bet). Ba’zan esa shoir bu xildagi 
lirik chekinishlarda keyingi bobda qalamga olinadigan voqea yoxud masalalarga ishora ham 
qiladi. Bu yerda soqiyga murojaat qilib shoir: har ikki shoir (Nizomiy va Xusrav Dehlaviy) yodi 
uchun qoʻsh jom – ikki piyola qadah keltir. Uni ichib Jomiy mayining madhiga kirishay,– deydi. 
 
15. Jomiy (1414–1492) – fors-tojik adabnyotining ulugʻ mu-tafakkir namoyandasi Abdurahmon 
Jomiyning nisbasi va taxal-loʻsi. Jomiy Navoiyning yaKin doʻstn, hamkori edi. Navoiy undan 
faqat adabiy va ilmiy jihatdangina maslahat olmay, balki va-zirlik lavozimi taqozosi bilan davlat 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish