Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
115
library.ziyonet.uz/
8. Moniy – Ibn Fatak (216–276) – moniylik ta’limotining asoschisi. Sharq rivoyatlarida uni
mashhur naqqosh va rassom deb ta’riflaydilar. Uning muqaddas kitoblari nihoyatda goʻzal
miniatyuralar bilan bezatilgan emish, monuviysoz–moniycha Qilib ishlash; Dostonda Farhod
uchun Xoqon yil fasllariga moslab qurdirgan toʻrt qasrni bezagan naqqosh ustaning nomi.
Bu baytda esa shoir Farhodning koʻngli qasri Moniy korgohidek goʻzal va naqshpardoz qilib
yaratilgan, demoqchi.
9. Suqrot – Sokrat (mil. av. 470, 469–399) qadimgi yunon faylasufi. Navoiy dostonda Suqrotni
aql va hikmatda benazir bir xiradmand sifatida talqin qiladi.
10. Shirin – bu yerda shoir soʻz oʻyini ishlatgan: Navoiy oʻz salaflari Nizomiy va Xusrav
Dehlaviy Shirinni jahon ahliga yoqimli, totli obraz qilib yaratdilar, demoqchi. Aytish kerakki,
Shirin ba’zi ma’hazlar, afsona va dostonlarda goh eronlik, goho oromiynasab, yo rumli, yoki
armani deb beriladi. Nizomiyda u ozarbayjonlik, Navoiyda esa armaniyalikdir.
Nizomiy Shirini gʻoyat goʻzal va aqlli, irodali va maqsad yoʻlida izchil boʻlib, sosoniylar
podshohi Hurmuz oʻgʻli Xusrav Parvezni sevadi. U hatto Xusrav Parvez Vizantiya qaysarining
qizi Maryamga, Isfahon goʻzali Shakarga uylanganida ham nechogʻlik gʻam-alam chekmasin oʻz
sevgisiga sodiq qoladi. Uni kanal qazuvchilar orasidagi toshkesar Farhod sevib qolganida ham
Xusravdan voz kechmaydi. Oxiri uning qonuniy xotini boʻlib qoladi. Shirinning xalqi farovonligi
yoʻlida Xusravni kayfu-safo, hashamdor maishatlardan qaytarish, mamlakat va xalq taqdiri bilan
mashgʻul boʻlishga da’vat etish kabi olijanob intilishlarini Nizomiy madh etadi. Maryamning
oʻgʻli Sheruya toju-taxtga, Shiringa ega boʻlish maqsadida oʻz otasi Xusravni oʻldirganida,
Shirin erining jasadi ustida oʻzini halok qiladi.
Xusrav Dehlaviyda Shirin ancha sust, sevgida ham barqaror boʻlmagan (Xusrav Parvez va
Farhod sevgilariga javobda ikkilanadi), hatto Farhod oʻlimidan keyin Xusravdan oʻch olish
maqsadida uning xotinini zaharlab oʻldirishgacha yetib boradi. Binobarin, Xusrav Dehlaviy
talqinida Shirin vatani va xalqi qaygʻusini chekkani oʻz aksini topmaydi.
Navoiy esa Shirinni har jihatdan mukammal, Farhodning muhabbatiga loyiq, unga vafodor
boʻlgan qahramoya qilib yaratadi. «Navoiy tasvirida u nihoyatda goʻzal va bu goʻzallik esa uning
ruhiy dunyosining asosini ham tashkil qiladi. Navoiy Shirinni elning baxtu saodati, yurtning
obodonligi tajassumi sifatida ham tasvirlaydi‖. (Erkinov S. Farhod va Shirin // Oʻzbek adabiyoti
tarixi. II. 242-bet).
11. Xusrav – Sharq xalqlari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning
tarixiy ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav II Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga qadaladi. Badiiy
adabiyotda, chunonchi, Firdavsiyning ―Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal
shoh. Alisher Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi.
12. Shabdez – qora tusli ot. Xusrav otining nomi. Bu baytda shu soʻz orqali ham kecha
qorongʻuligiga, ham otga ishora qilinmoqda.
13. Shopur – Eroniy mashhur rassom (q. XXXIV bob. 2-izoh).
14. Sheruya – Xusrav Parvezning oʻgʻli.
15. Nikiso – Xusrav Parvezning xos mashhur mashshoqlaridan.
16. Zuhra – Venera, Sharqda erta tongda, Gʻarbda kechqurun porlab koʻrinadigan yorqin yulduz.
Do'stlaringiz bilan baham: |