Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/152
Sana01.08.2021
Hajmi0,99 Mb.
#135342
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152
Bog'liq
farhod va shirin ii- qism

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
114 
library.ziyonet.uz/ 
 
goʻzallignning tavsifi desa boʻladi» (Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari. Toshkent. 1979. 6-
bet). Bobning avvalgi yetti baytida shoir yana majoziy ma’nodagi «dard bogʻi», «lola», «gul 
bargi», «sunbul», «oqar suv», «gʻuncha», «otashin vard» (Kizil gul) kabi soʻzlar orqali ishq, 
uning alamlari, iztiroblari haqida soʻz yuritadi. Buni shoir ilmi bade’dagi uygʻunlashtirish san’ati 
vositasida amalga oshiradi. Shuningdek, bobdagn «qazo Farhodi amri rahnamuni» misrasidan to 
«Kelib kam zarralardin dogʻi Xusrav» misrasigacha boʻlgan qismda «Navoiy qazoni Farhodga, 
osmonni Farhodga aloqador Besutun togʻiga, aqlni Chin xoqonining vaziri Mulkoroga va 
Suqrotga, tunnn Xusrav Parvezning oti Shabdezga, qadarni Farhodning doʻsti Shopurga, ajalni 
otasini oʻldirgan Parvezning oʻgʻli Sheruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga 
oʻxshatgan holda «shirin», «tilism» soʻzlari Besutun, Xusrav va uning xonandasi Borbad 
nomlarini tilga olib, muqaddimani dostoniing mundarijasiga uygʻunlashtirgan» (Rustamov A. 
Navoiyning badiiy mahorati, 149-bet). Ayni choqda, bu oʻxshatishlar zamirida shoir doston 
mundarijasida qahramon va personajlar faoliyatn qaysn koʻlamda kechishi, ular dostonda ijobiy, 
salbiy rol' oʻynaydimi yoki oʻtkinchimi degan masalalarga ham e’tiborni jalb etadi. 
 
2. Fafham – arabcha (undov soʻz). Tushun! Angla! Diqqat qil! demakdir. 
 
3. Vallohu a’lam– arabcha: xudo biluvchandir demakdir. 
 
Bu baytda shoir yana oʻsha panteistik ta’limotlarga koʻra yaratuvchi bilan yaratilganlar bir-biriga 
oshiq, buni idrok etish kerak, demoqchi boʻladi. 
 
4. Moarafnok – arabcha: seni keragicha bilmaganmiz, ma’nosini bildiradi. 
 
5. Navoiy yozishga kirishayotgan dostoniing personajlari ta’rifini bosh qahramon Farhoddan 
boshlaydi. Ma’lumki, oʻz manmalarini fol'klordan olgan Farhod obrazi Firdavsiy 
«Shohnoma‖sida Afrosiyobning jangovar sipohsolori sifatida tilga olinadi. Dastavval bu obraz 
Nizomiyning «Xusrav va Shirin» dostonida asosiy personajlardan biri sifatida kiritiladi. Nizomiy 
Farhodi xalq namoyandasi, toshyoʻnar usta. U oqil va insonparvar, gʻoyat savodli va pahlavon. 
Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rol' oʻynamasa-da, muallifning yetakchi gʻoyasini 
tushunishda ahamiyati kattadir. 
 
Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» dostonida esa Farhod oliy nasab shahzoda, taqdirga tan 
beruvchi baxtsiz oshiq qilib tasvirlanadi. Farhod obrazini ilk daf’a birinchi oʻringa koʻchirib 
talqin qilgan shoir ozarbayjon adabiyoti tarixida Nizomiy an’analarini davom ettirgan, fors tilida 
ijod qilgan Orif Ardabiliy (XIV asr) edi. Lekin Orifning Farhodida qator manfiy jihatlar, jiddiy 
qusurlar mavjud. Farhod oʻz hunar va muhabbati ila Xusravdan juda ustun koʻtarilsa-da, 
muhabbatga munosabati va shaxsiy ma’naviyati jihatdan undan farqlanmaydn. «Farhod oʻzining 
sevgilisi Gulistonni tezda yodidan chiqaradi». «Muallif oʻz qahramoni (ya’ni Farhod) oʻlimini 
uning Rum Qaysari oʻgʻli Garoyni oʻldirganligi bilan aloqador qilib talqin qiladi... Bu esa obraz 
qimmatini ozaytiradi» (Arasli N. Arif Ardabili va onun «Ferhadname» poyemasi. Baki, 88–89-
betlar). 
 
Alisher Navoiy oʻz dostonida Farhodni asosiy, markaziy qahramon qilib oldi. Uni tom ma’noda 
ijobiy qahramon sifatidagi yangicha talqinini berdi. «Farhod obrazida oʻz davrining ilgʻor 
gʻoyalarini kuylaydi, xalq ommasiga xos qator olijanob xususiyatlarni ideallashtiradi» 
(Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi masalalari. 93-bet). 
 
6. Xito – Chin (Xitoy) mamlakatining shimolidagi viloyat nomi (Sinszyan yoki Koshgʻar koʻzda 
tutiladi) (Farhangi zaboni tochik, 471-bet). 
 
7. Mulkoro – Navoiy asarlarida Chin xoqoni vazirining nomi. U gʻoyat donishmand va tadbirkor 
qilib tasvirlanadi. 



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish