Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
119
library.ziyonet.uz/
ishlarida, siyosiy va ij-timoiy faoliyatida ham maslahatlar olib . turadi. «1476– 1477 yillar
orasida u Jomnyni oʻziga pir sifatida tanlagaa edi. Bu ularning dunyoqarashidagi yaKinliKii
koʻrsatuvchi eng xa-rakterli momentdir» (Hayitmetov A., Mirzaahmedo-v a M. Alisher
Navoiyning hayot yoʻli. Q. Uzbek adabnyotn tarixi. II tom. 63-bet). Jomi£ oʻlimidan keyin
Navoiy uning xotirasiga bagʻishlab maxsus «Xamsat ul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar
beshligi) asarini yozgan.
VII
1. Bu bob sarlavhasidan uning Abdurahmon Jomiy madhiga bagʻishlangani ma’lum boʻladi.
2. Zindapili Jomi (XI–XII) – Jomda tugʻilgan mashhur-mutasavvuf shoir Abu Nasr Ahmad binni
Abdulhasanning laqabi. Uning taxallusi «Ahmadi Jomiy» boʻlgan. Navoiy u bilan Abdurahmon
Jomiyni taqqoslab, Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning she’riyatdagi iqtidori ikki filcha boʻlsa,
Jomiyning kuchi yuz filcha, tasavvuf bobida esa Zindapilning oʻziga teng, deya mubolagʻali
ta’riflaydi.
3. Naf’yi vujud – tasavvuf istilohi –«oʻzlikni yoʻqotish‖ demakdir.
4. Ikki jaxon – bu dunyo va oxirat ma’nosida.
5. Olami kubro – aynan: ulugʻ olam, butun koinotni anglatadi. Tasavvufda esa inson, inson qalbi
demakdir. Shoir Jomiy kamolotini nazarda tutmokda.
6. Maqsadi aqso – aynan: eng olis, qariyb yetib boʻlmas maqsad; bu yerda inson va uning yuragi,
qalbi mazmuniga ega.
7. Olami sugʻro – aynan: kichik olam, tasavvufda esa bu dunyo koʻzda tutiladi.
8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Jomiyni dengizga, uning asarlarini dengizdagi durlarga,
qalamini gavhar sochuvchi, ichi shakar bilan toʻla nayshakarga oʻxshatadi. Soʻngra uni duo qilib,
madhiyalar oʻqiydi.
VIII
Bu bobda Navoiy dostonni yozishga nimalar sabab boʻlganini bayon etadi. Uning e’tiroficha, bu
dostonni yaratish orzusi – tamannosi paydo boʻlgach, bepoyon durru gavharlar dengiziga
choʻmadi,. ya’ni koʻp mutolaa qiladi, oʻylaydi.
1. Qoqum xori ila naqb kelturmak – aynan: qoqum (ya’ni mayin junli) hayvonning tuki bilan
chuqur qazimoq. Shoir bu iborani qiyin mashaqqat bilan amalga oshadi, degan ma’noda
ishlatadi.
2. Zaruriy boʻldi avzoigʻa tagʻyir – aynan: uning avzoini oʻzgartish zarur boʻldi. Navoiy bu
misrada oʻz asarini salaflar dostonidan boshqacha, farqli qilib yaratish fikri zarur tugʻilganini
bildiradi.
3. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini yozishga undagan sabablardan biri – oʻzining muhabbat
sevgisi boʻlib, bu ishqning alam va iztiroblari edi. Shoir keyingi baytlarda oʻz mahbubasi, u
tufayli oʻziga yetishgan azobu uqubatlar bayonini beradi.
4. Baytning mazmuni – shoir koʻngil qoʻygan mahbubasining ovozasi Farang (Yevropa), Xito
Do'stlaringiz bilan baham: |