Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
121
library.ziyonet.uz/
5. Nasri toyir–aynan: burgut; maj. burgutga oʻxshab koʻrinuvchi. yulduzlar turkumining nomi.
Uni «Uqob» ham deb yuritiladi. Bu yerda shoir doston yozishga kirishar ekan, hatto osmondagi
yulduzlar turkumi – nasri toyir ham himmat qanotini qoqib gardun qorongʻuligida sayr qila
boshladi, deydi.
6. Bu va keyingi baytlarda Navoiy yozilajak asari yangi boʻlishi lozimligini, avval shu mavzuda
yaratilgan dostonlarni takrorlamaslik kerakligini ta’kidlaydi. Boshqacha qilib aytganda, shoir
oʻziga asos maqsad qilib, adabiyotga yangilik berishni niyat qilib olganligini bildiradi. Bu
sohada qalam tebratganlar nazm dengizidan ajoyib durlar qoʻlga kiritganini, lekin ancha oliy
qimmat durlar hamon qolib yotganini bayon etib, ularni olib chiqish va oʻz dilrabo asarimga
bezak qilish menga muyassar boʻldi, – deydi.
7. Bu bayt mazmunida Navoiy oʻz dostonining ranglarga boy, undagi voqealar ham, qahramonlar
ham gʻoyat otashin bir tarzda, ta’sirchan qilib yaratilganligini bildiradi.
8. Bu va keyingi baytlarda shoir ushbu jomdan may ichganlar, ya’ni shu mavzuda doston
yozganlarning barchasi Xusravning maddohi boʻlib qoldilar. Ular uning mulkiga, rasm-rusmlari,
qoʻshiniyu imkoniyatlarini Shabdez otining uchqurligiyu Borbad ismli xonandasining sayrashi,
Shopur degan yaqinining uzluksiz hiyla-firiblari, Buzurg Ummid nomli vazirining
xushomadgoʻyligi uning (ya’ni Xusravning) goh Maryam (Rum qaysarining qizi), goho Shakar
(Isfahon goʻzali) ismli xotinlarn huzurida orom olishiyu Shiringa shohona oshiqlik izhor qilishini
madh etdilar. Uni haqiqiy muhabbat oyini boʻlgan dardu balo, azobu iztiroblardan begona
boʻlgan erka bir shoh sifatida talqin qildilar. Toʻgʻri, ular ora-sira Farhod haqida ham soʻz
yuritdilar. Uni shunchaki togʻlardagi bir toshyoʻnar qilib, Shirin vaslida yelib-yugurgani uchun
Xusrav tomonidan oʻldirilganini bayon qildilar, – deydi. Koʻrinadiki, ularda Farhod obrazi
epizodik xarakterga ega.
9. Bu baytda Navoiy oʻz salaflaridan boshqacha yoʻl tutganini, asos e’tibori bilan mehnatnoma
(mehnat – mashaqqat, ranj, alam ma’nosida) mazmunini sharh etganligini uqdiradi.
10. Navoiy Farhod haqida hazin bir doston yaratib, unda Farhod va Shirinni tarannum etishni
munosib koʻrgani bu va keyingi baytdan anglashiladi. Binobarin, Navoiy oʻz salaflaridan
butunlay boshqacha yoʻl tutadi. «Xusrav obrazini tamomil salbiy qilib beradi va hayot logikasiga
mos deb topadi. Navoiy ekspluatator tabaqalarning kirdikorlarini, ularning ijtimoiy basharasinn
fosh etishda oʻz salaflariga nisbatan juda oldinga ketdi, adabiyotda xalqchillikni har tomonlama
chuqurlashtirib,. gumanizm bayrogʻini juda baland koʻtardi» (Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy
metodi masalalari. 68-bet).
11. Ashraf – shu mavzuda qalam tebratgan shoir. Navoiy u haqda oʻzining «Majolis un-nafois»
asarida quyidagilarni. yozadi: «Darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz boʻrk ustiga
qurchuq chirmar erdi. Va el bila dagʻi omizishi oz erdi. Koʻprak avqot «Xamsa» tatabbu’igʻa
sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tavfiqi topti. Voqian oʻz xurdi holigʻa koʻra yamon
bormaydur...» (Navoiy. Majolis un-nafois. Ilmiy-tanqidiy matn. 1961. 13-bet).
12. Navoiy bu mavzuda yana bir noma’lum shoir qalam tebratganini yozadi.
Adabiyotshunoslikda Navoiy koʻzda tutayotgan shoir XIV asr yarmilarida Shimoliy
Ozarbayjonning Ardabil viloyatida yashab ijod qilgan Orif Ardabiliy boʻlishi ehtimol, degan
(Orasli N. Muxteser Azerbaychan edebiyati tarixi. I. 118 s.) masalani birinchi boʻlib H.Orasli
koʻtarib chiqqan edi. Keyinchalik Orif Ardabilin va uning «Farhodnoma» asarini maxsus tadqiq
etgan H. Orasli bu toʻgʻridagi faraziyani tasdiqlovchi va ba’zi shubha uygʻotuvchi faktlarni
keltiradi (Orasli N. Arif Ardebili va onun «Ferhadname» poyemasi, 157–159-betlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |