Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy
120
library.ziyonet.uz/
(Koshgʻar) va Chin (Xitoy)ga ham yetib borgan edi, ya’ni Gʻarbda ham Sharqda ham ma’lum
edi, demoqchi boʻladi.
5. Baytning mazmuni – menda bu gʻamdan aqlu hush qolmagan bir paytda gʻoyibdan nido
(orig.– surish) keldi, deydi. Keyingi baytlarda ana shu nidoni sharhlab shoir: Axir sen bu
gʻamlarga giriftor boʻlishdan avval qalaming oʻtkirlashib qolgan, Xizrga oʻxshab, qorongʻi
zulmatdan tiriklik suvini xalqqa sochgan eding ya’ni yaxshi asarlar bilan xalqni bahramand
qilgan eding, deb yozadi.
6. Bu baytda «Hayrat ul-abror‖ rejalanib, yozib tugatilgani aytiladi. Keyingi baytlarda
Navoiyning mashaqqat bilan mehnat qilib, dur va javohirlarga toʻla xazinaga erishgani, ya’ni ter
toʻkib ijod qilib, bebaho asarlar yaratgani ta’riflanadi.
7. Baytning mazmuni: gʻoyibdan kelgan nido shoirni telbalikni vayronalarda qoldirib, yana bir
ganj sori qoʻl sunishga, yana bir kon qazishga, ya’ni yangi bir asar yozishga kirishishga da’vat
etadi. Keyingi baytlarda kon qazish uchun Farhod bilan hamsuhbat boʻlish, uning qayroq toshida
teshani tezlab olib, ish boshlash lozimligi maslahat koʻriladi.
8. Bu baytda soʻz «Xamsa» dostonlaridan biri («Hayrat ul-abror») yozilgani, endi ikkinchisiga
(«Farhod va Shirin») kirishishi haqida bormoqda. 9. Hotif– gʻoyibdan ovoz beruvchi.
10. Pir – aynan: Qari, keksa; maj. biror diniy – ruhoniy guruhning boshligʻi, rahbari, soʻfiylar
boshligʻi. Bu yerda shoir Jomiyni koʻzda tutadi.
11. Bu va keyingi baytlardan Jomiy ham birinchi hotif aytgaklarini ta’kidlagani, ularni shoir
qabul qilgani va duo olib oʻz hujrasiga ravona boʻlgani anglashiladi.
IX
1. Bu bob sarlavhasida Navoiy dostonini yozishga kirishar ekan, asarning rejasini tuzib olgani,
turli afsonalar, tarixiy manbalarnn koʻrib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yoʻl
qoʻyilgan xatolarnn tuzatib, oʻz gʻoyalarini qay tarzda ifoda etimoqni niyat qilganini yozadi.
Bunda u gʻoyat obrazli qilib: «Ma’no nafosatlari mato’ini gʻoyibdan kelgan savdogarlardan
hayotim naqdini berib, latofat uyining kelinchaklari uchun sotib olmoq va jon ipi va kiprik ignasi
bilan namoyish va oro libosini tikib, bu bokiralar qadlariga solib jilvalantirmoq»,– deya bayon
qiladi (Navoiy. Farhod va Shirin. Nasriy bayon muallifi Gʻafur Gʻulom, matnni ayrim
toʻldirishlar bilan qayta nashrga tayyorlovchi Hayitmetov A. 13-bet).
2. Bu baytning mazmuni: menga yulduzdek kulib turgan toleim yuqori manzil – «Xamsa»chilik
yaratishdek yuksaklikdan joy tayyorladi. Keyingi baytlarda bu joyni farishtalar kelib oʻz parlari
bilan supurgani, osmon yulduzlaridan koʻz yoshi toʻkib, u yerga suv sepgani haqida soʻz yuritar
ekan, shoir Sharq she’riyatidagi yopiq istiora san’atidan foydalanadi.
3. Sharqda maxsus majmar (mijmar) deb atalgan manqalga qora rangli daraxt choʻplari – udni
tashlab, yoqimli hid taratish odati qadimdan mavjud. Hindistonning Qumor degan shaharida esa
eng yaxshi ud boʻlar ekan. Bu baytda shoir ana shunga ishora qilmoqda. Keyingi baytlarda
Navoiy qalamni yoʻnib, yozishga kirishar ekan, saodat va iqbol kirib kelib uni muborakbod
etganlari ta’riflanadi.
4. Bu baytda shoir «tuproq koʻtarsang, katta tepadan koʻtar», keyingi baytda esa «tuproq olsang
oltin boʻlsin» kabi xalq maqollarini ishlatib, she’riyatdagi «irsoli masal» san’atini qoʻllagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |