1. Sana:__________2019-yil Fan nomi: Alifbe Sinf: 1- “ ”
Dars mavzusi: Darslik bilan tanishtirish. Og’zaki va yozma nutq.
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga “Ozodlik”, “Mustaqillik”,” Obod” so’zlarini lug’aviy ma’nosini tushuntirish, Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida jon fido qilgan insonlarni tanitish .O’quvchilarga og’zaki va yozma nutq haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda Vatanga muhabbat, yashab turgan joylariga, tarixiga nisbatan g’ururni kelajakka bo’lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O ’quvchilarda “Mustaqillik”,”Maktab” haqidagi tushunchalarini snakllantirish, og’zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:o‘quv fanlarini o‘rganish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;
Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Dars metodi:Suhbat , tushuntirish, ko’rgazmalilik, aqliy hujum.
Dars jihozi: Mustaqillik yillari bunyod etilgan inshootlar,tarixiy shaxslar tasvirlangan foto-albom, AKT, davlat ramzlari.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism.
a) O’quvchilar bilan salomlashish
b) O’quvchilar davomatini aniqlash
II.O’quvchilar bilan kirish suhbati o’tkazish.
O’quvchilarni bilimlar kuni bilan tabriklab, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-sinf o’quvchilariga berilgan o’quv qurollari va dars tartibi bilan tanishtirish.
O’quvchilarga kelajakda davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tiborga munosib o’quvchi bo’lishga tilaklar bildirish .
III .Yangi mavzu bayoni
“Alifbe” darsligi bilan tanishtirish. “Alifbe” darsligi asosida savodlari
chiqarishi to’g’risida ma’lumot berish. Darslikda tasvirlangan 1-sentabr “ Mustaqillik bayrami” rasmiga qarab , quyidagi savollar beriladi.
Rasmda qayerlar tasvirlangan?
Insonlar qanday ko’rinishda tasvirlangan?
Maktab tasviri haqida bolalarga ism qo’yadilar.”Bilimlar kuni ” ,”Maktab “ atalmish dargoh haqida suhbat o’tkaziladi.O’quvchining oquv qurollari, sinf jihozlari bilan tanishtiriladi.Partada o’tirish va yozish qoidalari tushuntiriladi.
Po’lat Mo’minning “ V atan-bu…” she’rini ifodali o’qib berish.
Vatan deganim bu - Aslida Vatan bu -
Yurak deganim . Tug’ilgan joyim,
Yurakka Vatanim Birinchi qadamim
Kerak deganim . Yetganim poyim .
Bugungi darsimiz O’zbekiston mustaqilligining 28 yilligiga bag’ishlanib, “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon !” shiori ostida o’tkazilyapti . Prezidentimiz tomonidan sizlarning sog’lom , baquvvat bo’lib o’sishingiz uchun katta shart –sharoitlar yaratilmoqda . O’qituvchi videodan foydalanib , Vatanimiz Mustaqil bo’lgan kundan bugungi kunga qadar qanday yutuqlarga erishganimiz haqida so’zlab beradi . Dam olish daqiqasi .Qo’shiq : “Go’zal yurtim “ yangraydi .
IV . Darsni mustahkamlash .O’zbekiston bayrog'i ranglarini to’g’ri tanlab bo’yashga doir o’yin mashqi o’tkaziladi.O’zbekiston bayrog’i shakli tasvirlangan rasm beriladi , rasm tagida esa ko’k , to’q ko’k , yashil , qizil , oq , sariq ranglar , yulduzcha , oy , quyosh rasmlari beriladi .
V. Darsga yakun yasash va baholash.
“Bilimlar kuni ” qachon nishonlanadi?
“Mustaqillik bayrami ” qachondan boshlab nishonlanadi ? O’quvchilarni yana bir marta bayram bilan tabriklab , o’quvchilarni rag’batlantirish.
VI. Uyga vazifa: o’rganib kelish.
Ko’rildi: O’IBDO’
2.
Sana : _______2019-yil Fan nomi : Alifbe .
Sinf: 1- “ ”
Dars mavzusi : Gap.So’z va bo’g’in haqida amaliy tushunchalar .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga gap va so’z, bo’g’in va tovush uzviyligi haqida tushuncha berish .
Tarbiyaviy maqsad :O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash , bog’bonlik kasbining fazilatlari haqidagi tushunchalarini kengaytirish .
Rivojlantiruvchi maqsad: O ’quvchilarda bog,bog’bonlik haqidagi tushunchalarini snakllantirish, og’zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish.
Dars turi :Yangi bilim va tushunchalarni kengaytirish .
Dars metodi :Suhbat , tushuntish , savol –javob , didaktik o’yinlar .
Dars jihozi :Poliz , daraxt rasmi , meva va poliz ekinlarining rasmi , texnika vositalari .
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish .
Qaysi mevali daraxtlarni bilasiz?
Nima uchun davlatimiz mevali bog’ yaratishga katta e’tibor qaratmoqda ?
Mevalarning inson salomatligi uchun foydasini aytib bera olasizmi?
Bog’bonlar bog’da nima ishlar qilishadi?
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Bo’lishi mumkin emas ” o’yini . Doskaga poliz va daraxt rasmining kattalashtirilgan maketi osiladi . Poliz tasvirlangan maketga mevalarning maketi , daraxtga esa poliz ekinlari tasvirlangan maketlar ilingan bo’ladi .
Polizda nimalar pishadi ? Daraxtda-ch i ?
Polizda nima bo’lishi mumkin emas ?
Poliz deganda nimani tushunasiz ?
Lug’at ishi. Poliz – qovun, tarvuz , bodring , handalak kabi palak otib o’sadigan ekinlar ekiladigan paykal .
Dam olish daqiqasi .Qo’shiq “Ayiqpolvon
III . Yangi mavzu bayoni .
Hammamiz birgalikda mevalar nomini aytamiz . Anor , olma , shaftoli , olcha , uzum va boshqalar kiradi . Bular so’zlardir . So’zda nechta unli tovush bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi . Demak, unli tovush bo’g’in hosil qiladi .
Bog' tasvirlangan . Bog'da kishilar mevalarni termoqdalar . Olma, anor , olcha , shaftoli , olxo’ri , limon , ananas , banan , xurmo , uzum rasmlari ekranda navbat bilan chiqadi va bo’g’inga bo’lib talaffuz qilinadi .
Darslik bilan ishlash .
O’quvchilarga “Alifbe”dagi meva yig’im-terimiga oid rasmlar asosida savollar berib hikoya tuziladi .
Masalan: Mana bog’ . Bog’da mevalar pishdi .
Darslikda berilgan nok , uzum , behi , olxo’ri , shaftoli so’zlari bo’gin tovushlarga ajratiladi .
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash .
“Kim ko’p terdi ? ” o’yinini o’tkazish .
O’quvchilar mevalarni savatga , sabzavotlarni esa qutiga joylashlari kerak
Mevalar haqida topishmoqlar aytiladi va o’quvchilar tomonidan javobi topiladi .
Kichkina dekcha , Ichi to’la mixcha . (Anor)
Anor so’zini bo’g’inga bo’lib, nechta bo’g’in va tovush borligini aniqlaymiz
A-nor : 2ta bo’g’in , 4 ta tovush ( a, n , o , r ) dan iborat .
V .Darsni yakunlash va baholash.
Darsda nimalarni bilib oldingiz ?
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish .
V I . Uyga vazifa : Kelgusi darsga tayyorlanib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
3.
Sana : _______2019-yil Fan nomi : Alifbe .
Sinf: 1- “ ”
Dars mavzusi : Bo’g’in va tovush haqida tushuncha .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga gap va so’z, bo’g’in va tovush uzviyligi haqida tushuncha berish .
Tarbiyaviy maqsad :O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash , bog’bonlik kasbining fazilatlari haqidagi tushunchalarini kengaytirish .
Rivojlantiruvchi maqsad: O ’quvchilarda bog,bog’bonlik haqidagi tushunchalarini snakllantirish, og’zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiolardan eshitgan, ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish va tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: o‘quv qurollarini saramjon saqlash; oilada nechta odam borligini, kim katta-yu, kim kichikligini bilish.
Dars turi :Yangi bilim va tushunchalarni kengaytirish .
Dars metodi :Suhbat , tushuntish , savol –javob , didaktik o’yinlar .
Dars jihozi :Poliz , daraxt rasmi , meva va poliz ekinlarining rasmi , texnika vositalari .
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish .
Qaysi mevali daraxtlarni bilasiz?
Nima uchun davlatimiz mevali bog’ yaratishga katta e’tibor qaratmoqda ?
Mevalarning inson salomatligi uchun foydasini aytib bera olasizmi?
Bog’bonlar bog’da nima ishlar qilishadi?
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Bo’lishi mumkin emas ” o’yini . Doskaga poliz va daraxt rasmining kattalashtirilgan maketi osiladi . Poliz tasvirlangan maketga mevalarning maketi , daraxtga esa poliz ekinlari tasvirlangan maketlar ilingan bo’ladi .
Polizda nimalar pishadi ? Daraxtda-ch i ?
Polizda nima bo’lishi mumkin emas ?
Poliz deganda nimani tushunasiz ?
Lug’at ishi. Poliz – qovun, tarvuz , bodring , handalak kabi palak otib o’sadigan ekinlar ekiladigan paykal .
Dam olish daqiqasi .Qo’shiq “Ayiqpolvon
III . Yangi mavzu bayoni .
Ekranda itning vovullash i , qo’ng’iroq chalinishi , sharning yorilishi tasvirlari chiqadi . Bular tovushlar . Insonlar ham tovushlar orqali muloqat qiladilar ya’ni so’zlashadilar . Tovushlar talaffuz qilinadi va eshitiladi .
Bog' tasvirlangan . Bog'da kishilar mevalarni termoqdalar . Olma, anor , olcha , shaftoli , olxo’ri , limon , ananas , banan , xurmo , uzum rasmlari ekranda navbat bilan chiqadi va bo’g’inga bo’lib talaffuz qilinadi .
Darslik bilan ishlash . O’quvchilarga “Alifbe”dagi meva yig’im-terimiga oid rasmlar asosida savollar berib hikoya tuziladi .
Masalan: Mana bog’ . Bog’da mevalar pishdi .
Darslikda berilgan nok , uzum , behi , olxo’ri , shaftoli so’zlari bo’gin tovushlarga ajratiladi .
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash .
“Kim ko’p terdi ? ” o’yinini o’tkazish .
O’quvchilar mevalarni savatga , sabzavotlarni esa qutiga joylashlari kerak
Mevalar haqida topishmoqlar aytiladi va o’quvchilar tomonidan javobi topiladi .
Kichkina dekcha , Ichi to’la mixcha . (Anor)
Anor so’zini bo’g’inga bo’lib, nechta bo’g’in va tovush borligini aniqlaymiz
A-nor : 2ta bo’g’in , 4 ta tovush ( a, n , o , r ) dan iborat .
V .Darsni yakunlash va baholash.
Darsda nimalarni bilib oldingiz ?
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish .
V I . Uyga vazifa : Kelgusi darsga tayyorlanib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
4.
Sana : _______2019-yil Fan nomi : Alifbe . Sinf: 1- “ ”
Dars mavzusi : Bo’g’in va tovush haqida tushuncha .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga gap va so’z, bo’g’in va tovush uzviyligi haqida tushuncha berish .
Tarbiyaviy maqsad :O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash , maktabga mehr qo’yish haqidagi tushunchalarini kengaytirish .
Rivojlantiruvchi maqsad: O ’quvchilarda maktab,sinf xonasi,o’quv qurollari haqidagi tushunchalarini snakllantirish, og’zaki nutqini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiolardan eshitgan, ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish va tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:o‘quv qurollarini saramjon saqlash; oilada nechta odam borligini, kim katta-yu, kim kichikligini bilish.
Dars turi :Yangi bilim va tushunchalarni kengaytirish .
Dars metodi :Suhbat , tushuntish , savol –javob , didaktik o’yinlar .
Dars jihozi : maktab tasviri, o’quv qurollarining rasmi , texnika vositalari .
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilarni darsga tayyorligini tekshirish .
Qaysi mevali daraxtlarni bilasiz?
Nima uchun davlatimiz mevali bog’ yaratishga katta e’tibor qaratmoqda ?
Mevalarning inson salomatligi uchun foydasini aytib bera olasizmi?
Bog’bonlar bog’da nima ishlar qilishadi?
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Bo’lishi mumkin emas ” o’yini . Doskaga poliz va daraxt rasmining kattalashtirilgan maketi osiladi . Poliz tasvirlangan maketga mevalarning maketi , daraxtga esa poliz ekinlari tasvirlangan maketlar ilingan bo’ladi .
Polizda nimalar pishadi ? Daraxtda-ch i ?
Polizda nima bo’lishi mumkin emas ?
Poliz deganda nimani tushunasiz ?
Dam olish daqiqasi .Qo’shiq “Ayiqpolvon”
III . Yangi mavzu bayoni .
Ekranda maktab tasvirlari namoyish etiladi. O’quvchilarga ism qo’yadilar.Sinf jihozlari nomini aytadilar va bo’g’inga boladilar.O’quv qurollari rasmlari ekranda navbat bilan chiqadi va bo’g’inga bo’lib talaffuz qilinadi .
Darslik bilan ishlash .
O’quvchilarga “Alifbe”dagi sinf xonasiga oid rasmlar asosida savollar berib hikoya tuziladi .
Masalan: Bizning sinf. Sinf xonamiz keng va yorug’.
Darslikda berilgan qo’g’irchoq, robot, raketa so’zlari bo’gin tovushlarga ajratiladi .
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash .
“Kim topag’on ? ” o’yinini o’tkazish .
Boshlovchi bir so’z aytadi, o’quvchilar shu so’zni oxirgi harfiga so’z aytadilar. Bu zanjir usulidek bo’ladi. Aytgan so’zlarini bo’g’inlarga bo’lishadi.
M: doska so’zini bo’g’inga bo’lib, nechta bo’g’in va tovush borligini aniqlaymiz
Dos-ka : 2ta bo’g’in , 5 ta tovush ( d,o,s,k,a ) dan iborat .
V .Darsni yakunlash va baholash.
Darsda nimalarni bilib oldingiz ?
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish .
V I . Uyga vazifa : Kelgusi darsga tayyorlanib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
5 .
Sana :__________2019-yil Fan nomi : Alifbe .
Sinf: 1- “ ”
Dars mavzusi : O tovushi va Oo harflari .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Oo tovushi va harflarining talaffuzi , to’siqqa uchramasligi , cho’ziq aytilishi , unli tovush ekanligi , so’z boshida , o’rtasida va oxirida kelishi haqida tushuncha berish .
Tarbiyaviy maqsad : Jonli tabiatga nisbatan mehrli qilib tarbiyalash , mehnatsevarlikka o’rgatish .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning Oo harflariga oid bo’g’in , so’z o’qish ko’nikmalarini o’stirish , og’zaki nutqini rivojlantirish . Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi, suhbat, tushuntirish , ko’rgazmalilik Dars jihozi :Texnik vositalar , kesma harf va kesma bo’g’inlar , Oo harflariga oid rasmlar , rasmli tarqatmalar .
Darsning borishi .
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish.
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Fasl haqida suhbat:
O’lkamizda hozir qaysi fasl ?
Kuz faslida tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi ?
Kuz fasli haqida maqollar ayting .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tgan darsda o’rganilgan “Sinf xonasi” va “O’quv qurollari ” haqida “Tarmoqlash” metodi orqali takrorlatish .
III. Yangi mavzu bayoni.
Oo tovushining talaffuzini analitik-sintetik tovush metodi orqali tushuntiriladi.
b) Oo tovushi unli tovush hisoblanib, o’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqadi va cho’ziq talaffuz qilinadi: Oooo…
d) Darslikdagi rasmlar yuzasidan suhbat o’tkazish.
Oy, osh, olov, olma, olcha. Olov so’zi necha bo’g’in?
Birinchi bo’g’in qaysi tovush bilan boshlangan?
O tovushi so’zning qayerida kelgan ?
c)Dam olish daqiqasi .
G’ozlar baland uchdilar
Yana uchib ketdilar .
Ko’lmakchaga qo’ndilar
U yon , bu yon qarashib
Yana uchib ketdilar .
Darslik bilan ishlash .
Darslikdagi so’zlar o’qib beriladi , o’quvchilar kuzatib boradilar . Xo’r bo’lib o’qish mashqi o’tkaziladi .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Darslikda berilgan “Adir ” rasmi ustida ishlash .
Rasmda qaysi jonivorlarni ko’ryapsiz ?
Bu jonivorlar qayerda boqiladi ?
Olma so’zi necha bo’g’in ?
V .Darsni yakunlash va baholash. Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish .
VI .Uyga vazifa : Darslikdagi so’zlarni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
6. Sinf: 1- “ ”
Sana : _________ 2019-yil Fan nomi : Alifbe .
Dars mavzusi : N tovushi va Nn harflari .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Nn tovush –harflarini o’rgatish , n tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda kattalar mehnatiga bo’lgan hurmat va nonni e’zozlashga oid tushunchalar berish .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish .
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish , “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ Tovushni top ” , “Ortiqchasini top” didaktik o’yinlari .
Dars jihozi: Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , n harfiga oid rasmlar .
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish .
Davomatni aniqlash .
Fasl haqida suhbat .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
O tovushining talaffuzi va so’zlardagi o’rni mustahkamlanadi .
“ Tovushni top ” o’yini
O’qituvchi savol beradi . Rasmda ifodalangan so’zlardan o tovushining joylashgan o’rni aniqlanadi . To’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi .
Darslikning 9- betida berilgan bo’g’inlar , so’zlar va kichik “ Qirda ” bog’lanishli matn ustida ishlash .
III . Yangi mavzu bayoni .
N tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .
Bosma bosh harf N va kichik n harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , n undosh tovush ekanligi , jarangli undosh ekanligini tushuntirish .
N tovushining talaffuzi O tovushidan farqini tushuntirish . N harfi ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qitish .
Darslik bilan ishlash .
Darslikning 10- betida berilgan bo’g’inlar , so’zlar va berilgan rasm asosida
“ Men onamga yordamchi ” bog’lanishli nutq ustida ishlash .
Dam olish daqiqasi : “ Bug’doy ” qo’shig’I monitor orqali tinglanadi .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Darslikning 10 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish . “Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . “Ortiqchasini top ” o’yinini o’tkazish . Nog’ora , nay , ninachi , doira , olma, anor , limon rasmlari ilinadi . Rasmlar orasidan ortiqchasi topiladi .
“Tarmoqlash” metodi orqali nonni qanday tayyorlanishini aytadilar.
V . Darsni yakunlash .
Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .
VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
7.
Sana : _______2019-yil Fan nomi : Alifbe .
Sinf: 1- “ ”
Dars mavzusi : Aa tovushi va Aa harflari .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Aa tovush –harflarini o’rgatish , a tovushining unli tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish , vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini o’stirish . O’quvchilarning so’z boyligini oshirish .
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv fanlarini o‘rganish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etishDars turi : Yangi bilim , ko’nikma va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Tushuntirish , suhbat , analitik –sintetik tovush metodi , “So’zni top ” o’yini .
Dars jihozi : Texnik vositalar , a harfiga oid rasmlar , kesma harflar , kesma bo’g’inlar .
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish .
Davomatni aniqlash .
Fasl haqida suhbat .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
Nn tovushining talaffuzi va so’zlardagi o’rni mustahkamlanadi .
“ Tovushni top ” o’yini
O’qituvchi savol beradi . Rasmda ifodalangan so’zlardan n tovushining joylashgan o’rni aniqlanadi . To’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi .
Darslikning 10 - betida berilgan bo’g’inlar , so’zlar va kichik “ Men onamga yordamchi ” bog’lanishli matn ustida ishlash .
III . Yangi mavzu bayoni .
A tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .
Bosma bosh harf A va kichik a harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , a unli tovush ekanligini tushuntirish . A tovushining talaffuzi O tovushidan farqini tushuntirish . A harfi ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qitish .
Darslik bilan ishlash .
Darslikning 11- betida berilgan bo’g’inlar , so’zlar va berilgan rasm asosida ishlash .
Dam olish daqiqasi : “ Bug’doy ” qo’shig’i monitor orqali tinglanadi .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Darslikning 11 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish .
“ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish .
“ Ortiqchasini top ” o’yinini o’tkazish . Arra , olma, anor , limon , anjir, archa rasmlari ilinadi . Rasmlar orasidan ortiqchasi topiladi .
V . Darsni yakunlash .
Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .
VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
8.
Sana : _______2019-yil Fan. Alifbe
Dars mavzusi : Ii tovushi va Ii harflari .
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga I i tovush – harflarining talaffuzi , to’siqqa uchramasligi , cho’ziq aytilishi , unli tovush ekanligi, so’z boshida, o’rtasida va oxirida kelishi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda Vatanga muhabbat, yashab turgan joylariga, tarixiga nisbatan g’ururni kelajakka bo’lgan ishonchni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O ’quvchilarda I tovushi va Ii harflarini bo’g’in va so’zdan ajratish .Ii harfli so’zlarni o’qish va qayta hikoyalash ko’nikmalarini o’stirish Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish.
Dars turi:Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi.
Dars metodi:Suhbat , tushuntirish, ko’rgazmalilik, aqliy hujum , o,yin metodi .
Dars jihozi: Darslik , harf kassasi , kesma harf , kesma bo’g’in , rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) O’quvchilar bilan salomlashish
b) O’quvchilar davomatini aniqlash
II.O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
“So’z tuz va o’qi ” o’yini o’tkazish . O’tilgan darslarda o’rganilgan na , ni , no, a bo’g’inlari asosida harf kassasida so’zlar tuziladi .O’quvchilarga darslikda berilgan A tovush va Aa harflari , bo’g’inlar , so’zlar , gaplar birma- bir o’qitilib chiqiladi .
III .Yangi mavzu bayoni
I tovushi analitik – sintetik tovush metodi orqali tanishtiriladi va to’g’ri talaffuzi o’rgatiladi . Bosma bosh harf I va kichik i harflari qiyoslanadi . Ularning farqli tomoni va unli tovush ekanligi tushuntiriladi .
Darslikdagi berilgan rasmlar yuzasidan suhbat o’tkazish .
Rasmda nimalar tasvirlangan ?
Qaysi unli tovushlarni o’rgandik ?
O’quvchilarga I tovushi qatnashgan bo’g’in va so’zlarni o’qilishini o’rgatish.
“Ona – bola ish ustida ” matnini o’qitish . Matn mazmuni darslikdagi rasm asosida qayta hikoya qilinadi , matn mazmuni bilan rasm o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi .
It , ilon , sigir nomlari rasmdan qarab aytiladi va bu so’zlar tovush – bo’g’in tomondan tahlil qilinadi .
.Dam olish daqiqasi . “ Par etdi ” o’yini . O’qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalarning nomini aytadi , o’quvchilar “ Par etdi , par etdi ” deb
qo’llarini baland ko’tarib , pastga tushiradilar .O’yin o’rindan turgan holatda tashkil etiladi .
V . Darsni mustahkamlash .
12- betdagi rasm asosida suhbat o’tkaziladi .
Rasmda nimalarni ko’ryapsiz ?
Itga nom qo’ying .
Sigir so’zini bo’g’inga bo’ling .
V. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda nimalarni bilib oldingiz ?
Qaysi tovush va harf bilan tanishdingiz ?
I tovushi bilan boshlangan so’zlar ayting .
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirib , darsni yakunlash .
VI. Uyga vazifa: Darslikda berilgan bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
9 .
Sana : _______2019-yil Fan. Alifbe
Dars mavzusi : I tovushi va Ii harflarini mustahkamlash.
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Ii tovush va harflarining talaffuzi , to’siqqa uchramasligi , cho’ziq aytilishi , unli tovush ekanligi , so’z boshida , o’rtasida va oxirida kelishi haqida tushuncha berish .
Tarbiyaviy maqsad : Jonli tabiatga nisbatan mehrli qilib tarbiyalash , mehnatsevarlikka o’rgatish .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning Ii harflariga oid bo’g’in , so’z o’qish ko’nikmalarini o’stirish , og’zaki nutqini rivojlantirish .
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish.
Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars .
Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi, suhbat, tushuntirish , ko’rgazmalilik .
Dars jihozi :Texnik vositalar , kesma harf va kesma bo’g’inlar , Oo harflariga oid rasmlar , rasmli tarqatmalar .
Darsning borishi .
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish.
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Fasl haqida suhbat:
O’lkamizda hozir qaysi fasl ?
Kuz faslida tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi ?
Kuz fasli haqida maqollar ayting .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tgan darsda o’rganilgan na , ni ,no , a , o , bo’g’inlari asosida harf kassasida so’zlar tuzish .
Rasmda nima tasvirlangan ?
In so’zini bo’g’inga bo’ling .
I tovushi qanday tovush ?
Bo’g’inlardan so’zlar tuzing .
III. Yangi mavzu bayoni.
Ii tovushining talaffuzini analitik-sintetik tovush metodi orqali tushuntiriladi.
Ii tovushi unli tovush hisoblanib, o’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqadi va cho’ziq talaffuz qilinadi .
Darslikdagi rasmlar yuzasidan suhbat o’tkazish .
Rasmda qayer tasvirlangan ?
Rasmda kim va nimalarni ko’ryapsiz ?
Rasmdagi bolaga ism qo’ying .
Itga nom qo’ying .
Berilgan gaplar o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi .
Keyin o’quvchilar o’qib beradilar .Darslikdagi jumboq-rasm asosida gap tuziladi .O –na a-na ni- na gapi aniqlanadi .
Dam olish daqiqasi
G’ozlar baland uchdilar, ko’lmakchaga qo’ndilar
U yon , bu yon qarashib , yana uchib ketdilar . IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Rasmda qaysi jonivorni ko’ryapsiz ?
Bu jonivor qayerda boqiladi ?
Xo’r bo’lib o’qish mashqi o’tkaziladi.
Berilgan bo’g’inlardan so’zlar hosil qiladilar.
M : a-na,ni-na,o-na
V .Darsni yakunlash va baholash. Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish .
VI .Uyga vazifa : so’zlarni o’qib kelish . Ko’rildi: O’IBDO’
10 .
Sana : _______2019-yil Fan. Alifbe
Dars mavzusi : M tovushi va Mm harflari .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Mm tovush –harflarini o’rgatish , m
tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda kattalar mehnatiga bo’lgan hurmat va e’zozlashga oid tushunchalar berish .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish .
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiolardan eshitgan, ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish va tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
o‘quv qurollarini saramjon saqlash;
oilada nechta odam borligini, kim katta-yu, kim kichikligini bilish
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish , “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ Tovushni top ” ,
“Ortiqchasini top” didaktik o’yinlari .
Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , m harfiga oid rasmlar .
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish .
O’quvchilarni darsga tayyorlash .
Dars shiori bilan tanishtirish .
Dars shiori : Doimo yaxshi o’qish .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
Ii tovushining talaffuzi va so’zlardagi o’rni mustahkamlanadi .
“ Tovushni top ” o’yini
O’qituvchi savol beradi . Rasmda ifodalangan so’zlardan i tovushining joylashgan o’rni aniqlanadi . To’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi .
Darslikning 13- betida berilgan jumboq – bo’g’inlardan so’zlar va so’zlardan gap tuziladi .
III . Yangi mavzu bayoni .
M tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .
Bosma bosh harf M va kichik m harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini
izohlash , m undosh tovush ekanligini tushuntirish . M tovushining
talaffuzi o , a , i tovushlaridan farqlanishini tushuntirish . M harfi
ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qitish .
Darslik bilan ishlash .
Darslikning 14- betida berilgan bo’g’inlar , so’zlar va berilgan rasmlar asosida o’quvchilarga tushunchalar berish .
Dam olish daqiqasi : “ Bug’doy ” qo’shig’i monitor orqali tinglanadi .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Darslikning 14 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish .
“ Ortiqchasini top ” o’yinini o’tkazish . Mashina , nog’ora , maymun ,
nay , ninachi , mushuk , olma, anor , manti rasmlari ilinadi . Rasmlar orasidan
ortiqchasi topiladi .
V . Darsni yakunlash .
Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish ,
darsni yakunlash .
VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
11.
Sana : _______2019-yil Fan. Alifbe
Dars mavzusi : M tovushi va Mm harflari .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Mm tovush –harfidan mustahkamlashni o’rgatish , m tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda kattalar mehnatiga bo’lgan hurmat va e’zozlashga oid tushunchalar berish .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish .
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiolardan eshitgan, ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish va tushunish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
o‘quv qurollarini saramjon saqlash;
oilada nechta odam borligini, kim katta-yu, kim kichikligini bilish
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish , “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ Tovushni top ” ,
“Ortiqchasini top” didaktik o’yinlari .
Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , m harfiga oid rasmlar .
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish .
O’quvchilarni darsga tayyorlash .
Dars shiori bilan tanishtirish .
Dars shiori : Doimo yaxshi o’qish .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
Ii tovushining talaffuzi va so’zlardagi o’rni mustahkamlanadi .
“ Tovushni top ” o’yini
O’qituvchi savol beradi . Rasmda ifodalangan so’zlardan i tovushining joylashgan o’rni aniqlanadi . To’g’ri javob bergan o’quvchilar rag’batlantiriladi .
Darslikning 13- betida berilgan jumboq – bo’g’inlardan so’zlar va so’zlardan gap tuziladi .
III . Yangi mavzu bayoni .
M tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .
Bosma bosh harf M va kichik m harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini
izohlash , m undosh tovush ekanligini tushuntirish . M tovushining
talaffuzi o , a , i tovushlaridan farqlanishini tushuntirish . M harfi
ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qitish .
Darslik bilan ishlash .
Darslikning 14- betida berilgan bo’g’inlar , so’zlar va berilgan rasmlar asosida o’quvchilarga tushunchalar berish .
Dam olish daqiqasi : “ Bug’doy ” qo’shig’i monitor orqali tinglanadi .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Darslikning 14 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish .
“ Ortiqchasini top ” o’yinini o’tkazish . Mashina , nog’ora , maymun ,
nay , ninachi , mushuk , olma, anor , manti rasmlari ilinadi . Rasmlar orasidan
ortiqchasi topiladi .
V . Darsni yakunlash .
Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish ,
darsni yakunlash .
VI . Uyga vazifa : matnni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
12 .
Sana : _______2018-yil Fan. Alifbe
Dars mavzusi : T tovushi va Tt harflari .
Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Tt tovush –harflarini o’rgatish , t tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish , vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning o’qish ko’nikmalarini o’stirish . O’quvchilarning so’z boyligini oshirish .
Do'stlaringiz bilan baham: |