Фаргона шахар 10-умумтаълим мактаби бошлангич синфларида аникланган бушликлар



Download 0,55 Mb.
bet5/5
Sana22.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#400893
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-sinf Alifbe 1-chorak

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish.

Dars turi: yangi bilim,ko’nikma,malakalarini umumlashtiruvchi dars

Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ Fikrni davom ettir !”, “Ortiqchasini top ” didaktik o’yinlari .

Dars jihozi :Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , k harfiga oid rasmlar .

Darsning borishi :

I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish .

Davomatni aniqlash .

Kun yangiliklari haqida suhbatlashish

II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Fikrni davom ettir !” o’yini : Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi . Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi .

Darslikdagi bo-la , bo-bo , bi-no , bi-lim-li kabi so’zlarni kesma bo’ginlar yordamida tuzdirish va o’qishni mashq qilish .

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga K tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .

Bosma bosh harf K va kichik k harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , K undosh tovush ekanligini tushuntirish . K tovushining talaffuzi O , A , I tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash .

Darslikdagi bo’g’inlar , so’zlarni va bolalarning suhbatini o’quvchilarga o’qib berish . Ikki kishining suhbati nutq haqida tushuncha berish . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali k tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

Lug’at ishi .

Kon – foydali qazilmalar to’planadigan joy . Kamon – o’qotar qurol – aslaha .

Dam olish daqiqasi : “ Bug’doy ” qo’shig’i monitor orqali tinglanadi .

IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .

Rasmli rebus – “Rebusni to’g’ri yeching”. Rasm nomlarining birinchi harflaridan yangi so’z hosil qiling . 1. Koptok . 2 . Ilon . 3 .Tarvuz . 4 . Oy . 5 . Baliq .

Darslikning 22 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish .

V . Darsni yakunlash .

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’

19.


Sana : ___________

Fan nomi : Alifbe

Dars mavzusi : K tovushi va Kk harflarini mustahkamlash

a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Kk tovush –harflarini o’rgatish , k tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni salomlashish odobi me’yorlari bilan tanishtirish . d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘quv fanlarini o‘rganish; kun tartibiga rioya qilish; kattalarni hurmat qilish; jamoat joylariga tozalikka rioya qilish. Dars turi: yangi bilim,ko’nikma,malakalarini mustahkamlovchi dars Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish , “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ So’z tuz va o’qi ”, “Ortiqchasini top ” , “Fikrni davom ettir ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi :Texnik vositalar ,kesma harflar ,harf kassasi,k harfiga oid rasmlar Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . O’quvchilarni darsga tayyorgarligini ta’minlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Fikrni davom ettir !” o’yini . Unli tovushlarni talaff uz qilganimizda … o’quvchilar davom ettiradi . Undosh tovushlarni talaff uz qilganimizda … o’quvchilar davom ettiradi. Darslikda berilgan bo’g’in va so’zlar o’qitiladi .



III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga K tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .

O’quvchilarga darslikning 23-sahifasida berigan so’zlarni , jumboqli bo’g’inlardan so’zlar tuzilib , o’qitiladi . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali K tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

“ So’z tuz va o’qi “ o’yini orqali o’quvchilar bu bo’ginlardan Akmal , Kamol , Olim so’zlarini tuzadilar . Nima uchun bosh harf boshlangani haqida so’raladi .


mal O Ka


lim mol Ak


K tovushining talaffuzi O , A , I tovushlaridan farqini tushuntirish . harfi ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qitish.

Dam olish daqiqasi : Nafas olish mashqi bajariladi .

IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .

Darslikning 23 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . “ Ortiqchasini top ” o’yinini o’tkazish . Doskaga kitob , lagan , kaklik , ot , ikki , olma rasmlari ilinadi . Qaysi rasmni ifodalovchi so’zda K tovushi qatnashmagan ? Rasmlar orasidan ortiqchasi topiladi .

V . Darsni yakunlash .

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .


Ko’rildi: O’IBDO’

20.

Sana : ____________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : R tovushi va Rr harflari a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarni R tovushi va Rr harflari bilan tanishtirish, r tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va elemental nazariy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga sportning sog’liq uchun ahamiyatini tushuntirish, chaqqonlik, epchillik fazilatalarni tarbiyalash. d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning og’zaki nutqlarini rivojlantirish. Lug’atni “ marra, barra, orol ” so’zlari bilan boyitish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish. Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi . Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazmalik metodlari, “Nato’g’ri jumla” didaktik o’yini . Dars jihozi :Texnik vositalar , videorolik, kesma harflar , R r harflariga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . Kun yangiliklari haqida suhbat. II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Fikrni davom ettir !” o’yini : Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi . Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi . Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo-la , bo-bo , bi-no , bi-lim-li kabi so’zlarni kesma bo’ginlar yordamida tuzdirish va o’qishni mashq qilish . III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga R tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .



Bosma bosh harf R va kichik r harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , R undosh tovush ekanligini tushuntirish . R tovushining talaffuzi O , A , I tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash . Darslikdagi bo’g’inlar , so’zlarni va bolalarning suhbatini o’quvchilarga o’qib berish . Ikki kishining suhbati nutq haqida tushuncha berish . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali r tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

Lug’at ishi . Marra-belgilab olingan joy. Yugurish musobaqalarida ,poygada bosib o’tiladigan yo’lning oxirgi nuqtasi. Barra –yangi o’sib chiqqan, yosh, mayin.

Dam olish daqiqasi : R harfiga oid ovoz mashqlarini o’tkazish –r, -ir, -qur, -mur

IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .

“Ortiqchasi top” o’yinini o’tkazish. Ekranda:1) randa, rubob, o’roq, belkurak; 2) kitob, ruchka, o’chirg’ich.3) koptok, konki, raketka, dutor rasimlari ko’rsatiladi va ortiqchasini toppish kerakligi aytiladi. O’quvchilar randa, o’roq va belkurak- mehnat qurollari, rubob esa cholg’u asbobi ekanligi, rubob ortiqchaligini topadilar. ) Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar, matnni o’quvchilarga ketma-ket o’qitish (24-bet)

V . Darsni yakunlash .Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .


Ko’rildi: O’IBDO’


21.


Sana : ________________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : R tovushi va Rr harflarini mustahkamlash . a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Rr tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash . Rr harfli bo’g’in , so’z , gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Rr harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda onalarni e’zozlash va hurmat qilish tuyg’ularini shakllantirish . d) Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish. Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ O’yin topishmoq”, “So’z tuz va o’qi ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , r harfiga oid rasmlar Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . Fasl haqida suhbat . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . “ So’z tuz va o’qi ” o’yini . O’tilgan darslarda o’rganilgan a , ar , ra , ram , ka , Bo , ri, tir bo’g’inlari asosida so’zlar tuzish va bu so’zlarni o’qish . Masalan : Botir , arra , karam , ari so’zlarini tuzish mumkin .

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga R tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali R tovushini mustahkamlash . O’quvchilarga darslikning 25-sahifasida berilgan so’zlar va she’r matni o’quvchilarga o’qib beriladi . She’rning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali R tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash . O’quvchilarga bosmacha bosh R harfi va yozmacha bosh R harfini qiyoslash . “ Ona va bola “ rasmi asosida suhbat . Rasmda kimlarni ko’ryapsiz ? Onalarni nima uchun e’zozlaymiz ? Onangiz ham alla aytadilarmi ? Dam olish daqiqasi : “O’yin topishmoq” . O’qituvchi biror so’zni topishmoqlar yoki so’zlar vositasida uch marta ta’riflaydi . Birinchi ta’rif qiyinroq , ikkinchisi yengilroq , uchinchisi osonroq bo’ladi .

Masalan : 1-ta’rif : Atrofimizda doimo parvona .

2-ta’rif : Charchash nima bilmaydi .

3-ta’rif : Mo’tabar zot . (Ona).

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash .

Darslikning 25 – betida berilgan so’zlarni va she’rni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . Rasm asosida matnni qayta hikoya qilish . Savol – javob orqali tarbiyaviy xulosa chiqarish . Darslikda berilgan “ Ona bilan bola –gul bilan lola “ maqolini o’quvchilarga mazmunini tushuntirish .

“ Kerakli tovushni top “ o’yini orqali Robi.. , …nora , …bar so’zlari o’qiladi .O’quvchilar Robiya , Gulnora , Dilbar so’zlarini topadilar . Ularga bu so’zlar qizlar ismiligi , bu so’zlar yozilganda bosh harf bilan yozilishi haqida tushuncha beriladi .

V . Darsni yakunlash .

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .


22. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : __________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : O’ tovushi va O’o’ harflari . a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarni O’ tovushi va O’o’harflari bilan tanishtirish , o’ tovushining unli tovushlar sirasiga kirishini amaliy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga sportning sog’liq uchun ahamiyatini tushuntirish, chaqqonlik, epchillik fazilatlarni tarbiyalash. d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning bog’lanishli og’zaki nutqlarini rivojlantirish . Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish. Dars turi : Yangi bilim , ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi . Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazmalik metodlari, “Noto’g’ri jumla” didaktik o’yini . Dars jihozi :Texnik vositalar , videorolik, kesma harflar ,O’o’ harflariga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

Darslikdagi anor , tomir , minora , Akrom , Ikrom , Abror kabi so’zlarni kesma bo’ginlar yordamida tuzdirish va o’qishni mashq qilish .

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga O’ tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .

Bosma bosh harf O’ va kichik o’ harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash ,O’ unli tovush ekanligini tushuntirish . O’ tovushini o’quvchilarga talaffuz qildirish. O’ tovushini undosh tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash . Darslikda berilgan bo’g’in va so’zlar , “O’rmon “ matni o’quvchilarga o’qib beriladi . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali o’ tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

Lug’at ishi.

O’rmon - ko’m-ko’k daraxtlar bilan qoplangan , yovvoyi hayvonlar yashaydigan joy. O’rnak- barchaga har tomonlama namuna bo’ladigan shaxs .
Rasm asosida suhbat .

1.Rasmda qayer tasvirlangan ? 2.O’rmonda qanday hayvonlar yashaydi ? 3.Yovvoyi hayvonlarni sanab bering ? 4.Нima uchun yovvoyi hayvonlar deymiz ?

Dam olish daqiqasi

Kulrang g’ozlar uchdilar ,

Ko’lmakchaga qo’ndilar .

U yon - bu yon qarashib ,

Yana uchib ketdilar .

IV .Yangi mavzuni mustahkamlash . “Ortiqchasini top” o’yinini o’tkazish. O’quvchilarga bo’ri , kitob , o’roq, o’rik , ruchka, rasmlari ko’rsatiladi va ortiqchasini topish kerakligi aytiladi. Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar, matnni o’quvchilarga ketma-ket o’qitish . V . Darsni yakunlash . Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish

23. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : __________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : O’ tovushi va O’o’ harflari . a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarni O’ tovushi va O’o’harflari bilan tanishtirish , o’ tovushining unli tovushlar sirasiga kirishini amaliy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga sportning sog’liq uchun ahamiyatini tushuntirish, chaqqonlik, epchillik fazilatlarni tarbiyalash. d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning bog’lanishli og’zaki nutqlarini rivojlantirish . Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish. Dars turi : Yangi bilim , ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi . Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazmalik metodlari, “Noto’g’ri jumla” didaktik o’yini . Dars jihozi :Texnik vositalar , videorolik, kesma harflar ,O’o’ harflariga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

Darslikdagi anor , tomir , minora , Akrom , Ikrom , Abror kabi so’zlarni kesma bo’ginlar yordamida tuzdirish va o’qishni mashq qilish .

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga O’ tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .

Bosma bosh harf O’ va kichik o’ harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash ,O’ unli tovush ekanligini tushuntirish . O’ tovushini o’quvchilarga talaffuz qildirish. O’ tovushini undosh tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash . Darslikda berilgan bo’g’in va so’zlar , “O’rmon “ matni o’quvchilarga o’qib beriladi . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali o’ tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

Lug’at ishi.

O’rmon - ko’m-ko’k daraxtlar bilan qoplangan , yovvoyi hayvonlar yashaydigan joy. O’rnak- barchaga har tomonlama namuna bo’ladigan shaxs .

Rasm asosida suhbat .

1.Rasmda qayer tasvirlangan ? 2.O’rmonda qanday hayvonlar yashaydi ? 3.Yovvoyi hayvonlarni sanab bering ? 4.Нima uchun yovvoyi hayvonlar deymiz ?

Dam olish daqiqasi

Kulrang g’ozlar uchdilar ,

Ko’lmakchaga qo’ndilar .

U yon - bu yon qarashib ,

Yana uchib ketdilar .

IV .Yangi mavzuni mustahkamlash . “Ortiqchasini top” o’yinini o’tkazish. O’quvchilarga bo’ri , kitob , o’roq, o’rik , ruchka, rasmlari ko’rsatiladi va ortiqchasini topish kerakligi aytiladi. Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar, matnni o’quvchilarga ketma-ket o’qitish . V . Darsni yakunlash . Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish
24. Ko’rildi: O’IBDO’ Sana : ________________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : D tovushi va Dd harflari a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarni D tovushi va d harflari bilan tanishtirish , d tovushining undosh tovushlar sarasiga kirishini amaliy va elemental nazariy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekalogik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning og’zaki nutqlarini rivojlantirish. Lug’atni “ mo’l, do’mbira” so’zlari bilan boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi. Dars turi : yangi bilim , ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars . Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, musobaqa. Dars jihozi : Darstlik, “Alifbe”elektron darstlik, videoproyektor, “Harf kassasi“, kesma harflar, kesma bo’g’inlar,turli rasmli ko’rgazmalar. Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Darvoza” o’yinini o’tkazish . “Darvoza” o’yini . Bunda 2 ta darvoza qilinadi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. Stol ustiga rom , bol, ota, aka, tom, don, doka, dala, bola, lola, mana,o’lka,o’rmon, katta kabi so’zlar yozilgan kartochkalar o’girib qo’yiladi. Ikki guruh ikki darvozadan o’tadi. O'quvchilar darvozadan o’tayotgan kartochkalardan birini olib, undagi so’zni ovoz chiqarib o’qib o’tadi. Nato’g’ri o’qigan o’quvchi qaytadan o’qittiriladi. Qaysi guruhda o’quvchilari so’zlarni birinchi bo’lib to’g’ri o’qib, darvozadan o’tib bo’lsalar g’olib sanaladilar. III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga D tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish . Bosma bosh harf D va kichik d harflarini qiyoslash ,farqli tomonlarini izohlash, D undosh tovush ekanligini tushuntirish . D tovushining talaffuzi O , A , I , O’ tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash . Darslikdagi bo’g’inlar , so’zlarni va “ Dalada “ matni o’quvchilarga o’qib berish . Matndan tarbiyaviy xulosa chiqarish .Mehnat - mehnatning tagi rohat .Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali d tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish . Lug’at ishi . Mo’l-yetarli darajada ko’p. Do’mbira-chertib chalinadigan cholg’u asbobi. Dam olish daqiqasi : ”Dilorom” qo’shig’i. IV . Yangi mavzuni mustahkamlash . Didaktik o’yin. (Ekranda matn paydo bo’ladi.)

Odobli bolalar

Obid, Odil, Dono, Dildora maktabda tartibli,odobli bolalar.Bola odobi bilan ko’rkam. Ovoz:Matnda d harfini topib sanang , ular nechta ? D harfi bosilsa, qarsak chalinadi , jami 8 ta , agar 8 raqami yozilsa, barakalla deyiladi. Matndan b harfini topib sanang , ular nechta ? d harfi bosilsa , qarsak chalinadi , jami 8 ta, agar 8 raqami yozilsa,”Barakalla”deyiladi . Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar, matnni o’quvchilarga ketma-ket o’qitish (28-bet) V . Darsni yakunlash . D tovushi qanday tovush ekan ? Nima uchun undosh tovush deymiz ? Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .

25. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : __________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : D tovushi va Dd harflarini mustahkamlash . a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Dd tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash . Dd harfli bo’g’in , so’z , gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Dd harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish . b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni odobli , tartibli qilib tarbiyalash . d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘quv fanlarini o‘rganish; kun tartibiga rioya qilish; Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish “ metodi , “So’z tuz va o’qi ” va “Tovushni o’rnini top ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi :Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi ,Dd harflariga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . “ Tovushni o’rnini top ” o’yini . Oquvchilarga monitor orqali do’lana , dala , Odil , Adolat ,don so’zlari ko’rsatiladi va o’qitiladi , so’ng d tovushi qayerda kelayotgani so’raladi . III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga D tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali D tovushini mustahkamlash. O’quvchilarga darslikning 29-sahifasida berilgan so’zlar va “ Odobli bo’l” matni o’qib beriladi . O’quvchilarga matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi .O’quvchilarni matn orqali odobli , tartibli bo’lishga , puxta bilim olishga chaqirish . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali D tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash tushuntiriladi . O’quvchilarga bosmacha bosh D harfi va yozmacha bosh D harfini qiyoslash tushuntiriladi . IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .

“So’z tuz va o’qi “ o’yini orqali raqamlarni tartib bilan qo’yib ,yangi so’z hosil qilinadi .O’quvchilar “ odob ” so’zini topadilar va bo’g’inlardan so’zlar hosil qiladilar .Darslikning 29 – betida berilgan so’zlarni va matnni o’qitish .“ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . Rasm asosida matnni qayta hikoya qilish . Savol – javob orqali tarbiyaviy xulosa chiqarish . Dam olish daqiqasi . “ Par etdi ” o’yini . O’qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalarning nomini aytadi , o’quvchilar “ Par etdi , par etdi ” deb qo’llarini baland ko’tarib , pastga tushiradilar .O’yin o’rindan turgan holatda tashkil etiladi . V. Darsni yakunlash . Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . Darsda nimalarni bilib oldingiz ? Qaysi tovush va harf bilan tanishdingiz ? D tovushi bilan boshlangan so’zlar ayting . VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
26. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : _________________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : U tovushi va Uu harflari . a)Ta’limiy maqsad:O’quvchilarni U tovushi va Uu harflari bilan tanishtirish . U tovushining unli tovushlar sirasiga kirishini amaliy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni tanbehdan to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatish. d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning bog’lanishli og’zaki nutqlarini rivojlantirish Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi. Dars turi : Yangi bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars . Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazma ,“ Zanjir ” metodi . Dars jihozi : Texnik vositalar , videorolik, kesma harflar ,Uu harflariga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . “ Quruvchi ” didaktik oyini orqali o’tgan mavzu mustahkamlanadi . Gishtchalarga do’kon , dadil , adir , danak , Dono , Damin , do’lana , odob so’zlari yozib qo’yiladi . Har bir guruhdan 3 tadan o’quvchi chiqib o’qiydi .Qaysi guruh o’quvchilari so’zlarni tez va to’g’ri o’qib , g’ishtchalarni baland ko’tarsa , g’olib topiladi . Darslikdagi bo’g’inlar , so’zlar , “ Odobli bo’l ” matni “ Zanjir metodi ” orqali o’qitiladi . III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga U tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish . Bosma bosh harf U va kichik u harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , U unli tovush ekanligini tushuntirish . U tovushini o’quvchilarga talaffuz qildirish. U tovushini undosh tovushlaridan farqini tushuntirish . -To’siqqa uchramay ,cho’ziq aytiladigan tovush qanday tovush bo’ladi ? -O’quvchilar biz sizlar bilan qaysi unli tovushlarni o’rgandik ? -Ular nechta bo’ldi ?

U tovushi qatnashgan so’zlar zanjirini tuzdirish . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali U tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish . Darslik bilan ishlash . Darslikda berilgan bo’g’in va so’zlar , “ Bu odobdanmi ? “ matni o’quvchilarga o’qib beriladi . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali U tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish . O’quvchilarga video ko’rsatiladi . Tanbeh so’zi tushuntiriladi . Matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi . Dam olish daqiqasi Toza bo’lsin deb badan , Sovun , cho’tka ol birdan . Dangasaday ko’rinma , Yuvinishga erinma . IV .Yangi mavzuni mustahkamlash . Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar, matnni o’quvchilarga ketma-ket o’qitish . Matn yuzasidan suhbat o’tkazish . -Matn nima haqida ekan ? -Nurmat yaxshi ish qildimi ? -Muallima Nurmatga nima dedi ? V. Darsni yakunlash . Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish

27. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : ________________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi :U tovushi va Uu harflarini mustahkamlash .“ Bo’ri bilan turna “ matni. a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Uu tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash .Uu harfli bo’g’in , so’z ,gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Uu harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda “ Bo’ri bilan turna “ matni orqali bir – birlariga doimo yordam berish fazilatlarini o’rgatish . d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi. Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ O’yin topishmoq”, “So’z tuz va o’qi ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi ,Uu harflariga oid rasmlar Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . “ So’z tuz va o’qi ” o’yini . O’tilgan darslarda o’rganilgan uk , tu , ki , tun , tur , tul , na , ki bo’g’inlari asosida so’zlar tuzish va bu so’zlarni o’qish . O’quvchilar ukki , turna, tulki , tutun so’zlarini tuzish mumkin . Bu so’zlardagi u tovushini o’rnini topish topshirig’i beriladi . III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga U tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali U tovushini mustahkamlash . O’quvchilarga darslikning 31-sahifasida berilgan so’zlar va . “ Bo’ri bilan turna “ matni o’quvchilarga o’qib beriladi . Matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali U tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash.O’quvchilarga bosmacha bosh U harfi va yozmacha bosh U harfini qiyoslash .

“ Bo’ri bilan turna “ ertagi rasmi asosida suhbat .

Rasmda nimalarni ko’ryapsiz ?

Bo’riga nima yordam berdi ?

Bo’ri qanday hayvon ?

Sizlar ham qiyin vaziyatda bir – biringizga yordam berasizmi ?

Dam olish daqiqasi :

“O’yin topishmoq” . O’qituvchi biror so’zni topishmoqlar yoki so’zlar vositasida uch marta ta’riflaydi . Birinchi ta’rif qiyinroq , ikkinchisi yengilroq , uchinchisi osonroq bo’ladi . Masalan : 1-ta’rif : O’rmonda yashaydi . 2-ta’rif : Qo’y-qo’zilarni dushmani . 3-ta’rif : Yirtqich hayvon . Javob : Bo’ri IV.Yangi mavzuni mustahkamlash . Darslikning 31 – betida berilgan so’zlarni va matnni o’qitish .“Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . Rasm asosida matnni qayta hikoya qilish . Savol – javob orqali tarbiyaviy xulosa chiqarish . V . Darsni yakunlash . Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish ,darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .


28. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana:________________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : Y tovushi va Yy harflari

a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Yy tovush –harflarini o’rgatish , Y tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish , vatanparvarlik ruhida tarbiyalash . d)Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish. Dars turi : Yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantiruvchi dars. Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ Fikrni davom ettir !”, “ O’yin topishmoq ” ,“ Rasmli rebus “ didaktik o’yinlari . Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi ,Yy harflariga oid rasmlar Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Fikrni davom ettir !” o’yini : Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi . Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi .

Darslikdagi du-tor , ru-bob ,kur-tak, tul-ki, uk-ki, Bo-bur kabi so’zlarni kesma bo’ginlar yordamida tuzdirish va o’qishni mashq qilish . U tovushini o’rni aniqlanadi . III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga Yy tovushlarining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish . Bosma bosh harf Y va kichik k harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , Y undosh tovush ekanligini tushuntirish . Y tovushining talaffuzi O , A , I , U tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash .

Darslikdagi bo’g’inlar , so’zlarni va ona va bolaning suhbatini o’quvchilarga o’qib berish . Ikki kishining suhbati , nutq haqida tushuncha berish . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali Y tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish.

Darslikda berilgan “ Ona va bola” rasmi asosida suhbat .

Dam olish daqiqasi :

“O’yin topishmoq” . O’qituvchi biror so’zni topishmoqlar yoki so’zlar vositasida uch marta ta’riflaydi . Birinchi ta’rif qiyinroq , ikkinchisi yengilroq , uchinchisi osonroq bo’ladi .

Masalan : 1-ta’rif : Kichkina dono , ichi to’la ma’no .

2-ta’rif : U har birimizda bor , usiz maktabga bormaymiz .

3-ta’rif : Qat-qat qatlama , aqling bo’lsa tashlama . (kitob)

IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .

Rasmli rebus – “Rebusni to’g’ri yeching”. Rasm nomlarining birinchi harflaridan yangi so’z hosil qiling . 1. Mashina . 2 .Ayiq . 3 . Yong’oq . 4 . Myshuk . 5 . Uy . 6 . Non . O’quvchilar maymun so’zini topib va bu so’zni bo’g’inga bo’lib, Y tovushini o’rnini aniqlashadi.

Darslikning 32 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish .“ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish .

V . Darsni yakunlash .

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .

29. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana: ____________ Fan nomi : Alifbe

Dars mavzusi : Y tovushi va Yy harflarini mustahkamlash . a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Yy tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash . Yy harfli bo’g’in , so’z , gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Yy harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish . b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni odobli , tartibli qilib tarbiyalash . d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘quv fanlarini o‘rganish; kun tartibiga rioya qilish; kattalarni hurmat qilish; jamoat joylariga tozalikka rioya qilish. Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish “ metodi , “So’z tuz va o’qi ” va “Tovushni o’rnini top ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi :Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi ,Yy harflariga oid rasmlar Darsning borishi :

I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash .

II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . “ Tovushni o’rnini top ” o’yini . Oquvchilarga monitor orqali yuk , yo’l , maymun , o’yin , Diyor , Oydin , maydon so’zlari ko’rsatiladi va o’qitiladi , so’ng Y tovushi qayerda kelayotgani so’raladi .

III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga Y tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali Y tovushini mustahkamlash . O’quvchilarga darslikning 33-sahifasida berilgan so’zlar va “ Yayra ” she’ri o’qib beriladi . O’quvchilarga she’rning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi .O’quvchilarni she’r matni orqali Vatanni sevishga , odobli , tartibli bo’lishga , puxta bilim olishga chaqirish . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali Y tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash tushuntiriladi . O’quvchilarga bosmacha bosh Y harfi va yozmacha bosh Y harfini qiyoslash tushuntiriladi .



Dam olish daqiqasi o’tkazish .Harakatli mashqlar bajariladi .

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .

“So’z tuz va o’qi “ o’yini orqali darslikda berilgan harflarni joyiga qo’yib , so’zlar tuziladi . O’quvchilar daryo , maymun so’zlarini topib , Y tovushini o’rnini aniqlaydilar . Darslikning 33 – betida berilgan so’zlarni va “Yayra “ she’rini o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . Rasm asosida she’r matnini qayta hikoya qilish . Savol – javob orqali tarbiyaviy xulosa chiqarish .

V. Darsni yakunlash .

Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
30. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana :________________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : E tovushi va Ee harflari .

a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarni E tovushi va Ee harflari bilan tanishtirish , E tovushining unli tovushlar sirasiga kirishini amaliy jihatdan tushuntirish.

b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda ona tabiatni asrab – avaylash hissini uyg’otish. Ekologik tarbiya berish .

d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarning bog’lanishli og’zaki nutqlarini rivojlantirish . Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;

o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.

Dars turi : Yangi bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantiruvchi dars. Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, munozara, ko’rgazmalik metodlari, “Ortiqchasini top” didaktik o’yini . Dars jihozi : Texnik vositalar , videorolik, kesma harflar , Ee harflariga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish .

Davomatni aniqlash .

II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

Darslikdagi maymun , mayda , yo’lak , o’yin , Laylo , Diyor , maydon , yurak kabi so’zlarni kesma bo’ginlar yordamida tuzdirish va o’qishni mashq qilish . O’quvchilar Y tovushini o’rnini aniqlaydilar .

O’quvchilardan “ Yayra “ she’rini yoddan so’rash .

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga E tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .

Bosma bosh harf E va kichik e harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , E unli tovush ekanligini tushuntirish . E tovushini o’quvchilarga talaffuz qildirish. E tovushini undosh tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash . Darslikda berilgan bo’g’in va so’zlar , “ Bo’ri bilan tulki “ ertagi o’quvchilarga o’qib beriladi . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali e tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish . O’quvchilarga “ Bo’ri bilan tulki “ ertagi asosida ishlangan multfilm qo’yib beriladi. Ertak yuzasidan suhbat o’tkaziladi .

Ertak nima haqida ekan ?

Ertak mazmunini so’zlab bering .

Ertak asosida qanday yaxshi va yomon fazilatlarni bilib oldingiz ?

Tez aytish audio orqali tinglanadi . Kim bir nafasda ko’p aytish mashq qilinadi ?

Lug’at ishi

So’ri – uzumni o’stirish uchun mo’ljallangan joy .

Dam olish daqiqasi

Kulrang g’ozlar uchdilar ,

Ko’lmakchaga qo’ndilar .

U yon - bu yon qarashib ,

Yana uchib ketdilar .

IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .

Qaysi unli tovushlarni o’rgandik ?

Ular nechta bo’ldi ? Sanab bering .

“Ortiqchasini top” o’yinini o’tkazish. O’quvchilarga elak , etik , etak , beda , terak , bedana rasmlari ko’rsatiladi va ortiqchasini topish kerakligi aytiladi. E tovushining o’rni aniqlanadi .

Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo’g’inlar, so’zlar, matnni o’quvchilarga ketma-ket o’qitish .

V . Darsni yakunlash .

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .

31. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : ____________ Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : E tovushi va Ee harflarini mustahkamlash . “Temur bobom “ she’ri . a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Ee tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash . Ee harfli bo’g’in , so’z , gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Ee harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish . b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga buyuk ajdodlarimiz haqida tushunchalar berish . d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish. Dars turi :O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , , “So’z tuz va o’qi ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , Ee harflariga oid rasmlar .

Darsning borishi :

I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish .

Davomatni aniqlash .

II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

“ So’z tuz va o’qi ” o’yini . O’tilgan darslarda o’rganilgan bo’g’inlar asosida so’zlar tuzish va bu so’zlarni o’qitish . O’quvchilar yurak , yemak , elak , beda so’zlarini tuzish mumkin .Bu so’zlardagi E tovushini o’rnini topish topshirig’i beriladi .

III . Yangi mavzu bayoni . O’quvchilarga E tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali E tovushini mustahkamlash . O’quvchilarga darslikning 35-sahifasida berilgan so’zlar va “ Temur bobom “ she’rining matni o’quvchilarga o’qib beriladi .

She’rning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali E tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash. O’quvchilarga bosmacha bosh E harfi va yozmacha bosh E harfini qiyoslash .

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .

O’quvchilarga darslikda berilgan so’zlarni va she’r matnini o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . Savol – javob orqali tarbiyaviy xulosa chiqarish .

V . Darsni yakunlash . Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .

32. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi :G tovushi va Gg harflari

a)Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga Gg tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash . Gg harfli bo’g’in , so’z , gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Gg harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish . b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning og’zaki nutqlarini rivojlantirish. Lug’atni “ mergan” so’zlari bilan boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish. Fanga oid kompetensiya: harfini qo‘shib o‘qiy oladi, tuzilishi murakkab so‘zlarni bo‘g‘inlab, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, musobaqa. Dars jihozi : Darslik, “Alifbe” elektron darslik , videoproyektor , “Harf kassasi“, kesma harflar , kesma bo’g’inlar , turli rasmli ko’rgazmalar. Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Darvoza” o’yinini o’tkazish .

“Darvoza” o’yini . Bunda 2 ta darvoza qilinadi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. Stol ustiga gilam , gul , guldon , tugma , lagan , burgut kabi so’zlar yozilgan kartochkalar o’girib qo’yiladi. Ikki guruh ikki darvozadan o’tadi. O'quvchilar darvozadan o’tayotganda kartochkalardan birini olib, undagi so’zni ovoz chiqarib o’qib o’tadi. Noto’g’ri o’qigan o’quvchi qaytadan o’qittiriladi. Qaysi guruhdagi o’quvchilar so’zlarni birinchi bo’lib to’g’ri o’qib, darvozadan o’tib bo’lsalar g’olib sanaladilar.

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga G tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali G tovushini mustahkamlash .O’quvchilarga darslikning 37-sahifasida berilgan so’zlar , “ Bu kim ? “ matni o’qib beriladi .

O’quvchilarga matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi .O’quvchilarni matn orqali Vatanni sevishga , odobli , tartibli bo’lishga , puxta bilim olishga chaqirish . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali G tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash tushuntiriladi . O’quvchilarga bosmacha bosh G harfi va yozmacha bosh G harfini qiyoslash tushuntiriladi .

IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .

Darslik bilan ishlash .

Darslikdagi so’zlarni va “ Bu kim ? “ matnini o’quvchilarga o’qitish . Matndan tarbiyaviy xulosa chiqarish . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali G tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

Lug’at ishi . Mergan - biror narsani to’g’ri mo’ljalga olish . Dam olish daqiqasi : Ko’z mashqi bajariladi .

V . Darsni yakunlash .

G tovushi qanday tovush ekan ?

Nima uchun undosh tovush deymiz ?

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .


33. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi :G tovushi va Gg harflarini mustahkamlash . Bu kim ? matni . a)Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga Gg tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash . Gg harfli bo’g’in , so’z , gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Gg harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish . b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning og’zaki nutqlarini rivojlantirish. Lug’atni “ mergan” so’zlari bilan boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish. Fanga oid kompetensiya: harfini qo‘shib o‘qiy oladi, tuzilishi murakkab so‘zlarni bo‘g‘inlab, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, musobaqa. Dars jihozi : Darslik, “Alifbe” elektron darslik , videoproyektor , “Harf kassasi“, kesma harflar , kesma bo’g’inlar , turli rasmli ko’rgazmalar. Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash . Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Darvoza” o’yinini o’tkazish .

“Darvoza” o’yini . Bunda 2 ta darvoza qilinadi. O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. Stol ustiga gilam , gul , guldon , tugma , lagan , burgut kabi so’zlar yozilgan kartochkalar o’girib qo’yiladi. Ikki guruh ikki darvozadan o’tadi. O'quvchilar darvozadan o’tayotganda kartochkalardan birini olib, undagi so’zni ovoz chiqarib o’qib o’tadi. Noto’g’ri o’qigan o’quvchi qaytadan o’qittiriladi. Qaysi guruhdagi o’quvchilar so’zlarni birinchi bo’lib to’g’ri o’qib, darvozadan o’tib bo’lsalar g’olib sanaladilar.

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga G tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali G tovushini mustahkamlash .O’quvchilarga darslikning 37-sahifasida berilgan so’zlar , “ Bu kim ? “ matni o’qib beriladi .



O’quvchilarga matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi .O’quvchilarni matn orqali Vatanni sevishga , odobli , tartibli bo’lishga , puxta bilim olishga chaqirish . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali G tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash tushuntiriladi . O’quvchilarga bosmacha bosh G harfi va yozmacha bosh G harfini qiyoslash tushuntiriladi .

IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .

Darslik bilan ishlash .

Darslikdagi so’zlarni va “ Bu kim ? “ matnini o’quvchilarga o’qitish . Matndan tarbiyaviy xulosa chiqarish . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali G tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

Lug’at ishi . Mergan - biror narsani to’g’ri mo’ljalga olish . Dam olish daqiqasi : Ko’z mashqi bajariladi .

V . Darsni yakunlash .

G tovushi qanday tovush ekan ?

Nima uchun undosh tovush deymiz ?

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .

34. Ko’rildi: O’IBDO’

Sana : Fan nomi : Alifbe

Dars mavzusi : Ng tovushi va Ng ng harf birikmasi .

a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarni : Ng tovushi va ng harf birikmasi bilan tanishtirish . ng tovushining talaffuzini o’rgatish . ng harf birikmasili bo’g’in , so’zlarni o’qish ko’nikmasini shakllantirish .

b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni tabiatga muhabbat , kattalarga hurmat, mehnatsevarlik tuyg’ularini tarbiyalash .

d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarda ng harf birikmasi bilan bo’g’in, so’z tuzish va o’qish ko’nikmasini o’stirish . Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish,fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish,fikrni yozma bayon qilish): hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qiy oladi; Dars turi: O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini shakllantiruvchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish “ metodi , “So’z tuz va o’qi ” va “Bingo ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , ng harf birikmasiga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

O’quvchilarga g harfi bilan bo’g’in , so’z tuzdirish va o’qitish . G tovushi qatnashgan so’zlar aytish . N tovushi mustahkamlanadi .“ Bingo” topshirig’i tarqatiladi .



Kitob

Maktab

Olma

Nok

Ari

Barg

Gul

Guldon

Tugma

Gulxan

Qalam

Uzuk

Ayiq

Zanjir

Zirak

Bunda g harfi bo’lgan so’zlar o’chiriladi .

O’quvchilarga “ Tong “ videosi qo’yib beriladi . Tong so’zini bo’g’inga bo’lamiz . Tong so’zi bir bo’g’inli so’z . Birinchi va ikkinchi tovushni ayting . Birinchi tovush t , ikkinchi tovush o . ng harf birikmasini bir tovush sifatida o’qiymiz .


t

o

ng

Tong so’zini ikkita harf , bitta harf birikmasi bilan yoziladi . ng tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tovushini mustahkamlash. O’quvchilarga darslikning 38-sahifasida berilgan so’zlar va “ Tongda” matni o’qib beriladi . O’quvchilarga matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi.
O’quvchilarni matn orqali tabiatni sevishga , mehnatsevarlikka chaqirish . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali ng tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash tushuntiriladi . O’quvchilarga bosmacha kichik ng harf birikmasi va yozmacha bosh Ng harf birikmasini qiyoslash tushuntiriladi . IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .

Darslikning 38 – betida berilgan so’zlarni va matnni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . Rasm asosida matnni qayta hikoya qilish . Savol – javob orqali tarbiyaviy xulosa chiqarish . Dam olish daqiqasi . “ Par etdi ” o’yini . O’qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalarning nomini aytadi , o’quvchilar “ Par etdi , par etdi ” deb qo’llarini baland ko’tarib , pastga tushiradilar .O’yin o’rindan turgan holatda tashkil etiladi .

V. Darsni yakunlash .

Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .


35. Sana : Fan nomi : Alifbe

Dars mavzusi : Ng tovushi va Ng ng harf birikmasi

a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarni Ng tovushi va ng harf birikmasi haqida olgan bilimlarini mustahkamlash. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarda tabiatga muhabbat , kattalarga hurmat, mehnatsevarlik tuyg’ularini tarbiyalash . d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarda ng harf birikmasi bilan bo’g’in, so’z tuzish va o’qish ko’nikmasini o’stirish . Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi. Dars turi: O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish “ metodi , “So’z tuz va o’qi ” va “Bingo ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi :Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , ng harf birikmasiga oid rasmlar . Darsning borishi : I.Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish . Davomatni aniqlash . II .O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

O’quvchilarga g harfi bilan bo’g’in , so’z tuzdirish va o’qitish . G tovushi qatnashgan so’zlar aytish . N tovushi mustahkamlanadi .“ Bingo” topshirig’i tarqatiladi .


Kitob

Maktab

Olma

Nok

Ari

Barg

Gul

Guldon

Tugma

Gulxan

Qalam

Uzuk

Ayiq

Zanjir

Zirak

Bunda g harfi bo’lgan so’zlar o’chiriladi .

O’quvchilarga “ Tong “ videosi qo’yib beriladi . Tong so’zini bo’g’inga bo’lamiz . Tong so’zi bir bo’g’inli so’z . Birinchi va ikkinchi tovushni ayting . Birinchi tovush t , ikkinchi tovush o . ng harf birikmasini bir tovush sifatida o’qiymiz .


T

o

ng

III. Yangi mavzu bayoni. O’quvchilarga “Bekatda” matni o’qib eshittiriladi. O’quvchilarga matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi. O’quvchilarga kattalarni hurmat qilish haqida tushunchalar beriladi. Ng harf birikmasi ishtirok etgan so’zlar “Topib o’qi” o’yini orqali aniqlanib: keling, o’tiring so’zlari ekanligi aniqlanadi. Ng harf birikmasining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tovushini mustahkamlash. O’quvchilarni darslikning 39-sahifasida berilgan “ Bekatda” matni “Davom ettir” o’yini orqali o’qitiladi . Oltin olma, duo ol maqolining mazmuni tushuntiriladi. Rasm asosida hikoya tuziladi. O’quvchilarni avtobusga chiqqanda kattalarga joy berish kerakli aytib o’tiladi.

Dam olish daqiqasi . “ Par etdi ” o’yini . O’qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalarning nomini aytadi , o’quvchilar “ Par etdi , par etdi ” deb qo’llarini baland ko’tarib , pastga tushiradilar .O’yin o’rindan turgan holatda tashkil etiladi .

V. Darsni yakunlash .

Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .

Ko’rildi : O’IBDO’

36.

Sana : _____________



Fan nomi : Alifbe Dars mavzusi : S tovushi va Ss harflari a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Ss tovush –harflarini o’rgatish , s tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish. b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish , vatanparvarlik ruhida tarbiyalash . d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish. Dars turi: yangi bilim,ko’nikma,malakalarini umumlashtiruvchi dars Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat, tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ Fikrni davom ettir !”, “Ortiqchasini top ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi :Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , s harfiga oid rasmlar . Darsning borishi :

I.Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashish .

Davomatni aniqlash .

Kun yangiliklari haqida suhbatlashish

II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .

Unli va undosh tovush hamda harflar yuzasidan “Fikrni davom ettir !” o’yini : Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi . Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda … O’quvchilar davom ettiradi .

Darslikdagi “ Bekatda” matni “ Topib o’qi ” mashqi orqali o’qitib chiqiladi.

III . Yangi mavzu bayoni .

O’quvchilarga S tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .

Bosma bosh harf S va kichik s harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , S undosh tovush ekanligini tushuntirish . S tovushining talaffuzi O , A , I , E, U, O’ tovushlaridan farqini tushuntirish .

Darslik bilan ishlash .

Darslikdagi bo’g’inlar , so’zlarni va “ Ona yurt” matnini o’quvchilarga o’qib berish . O’quvchilar bilan “ Tarmoqlash ” metodi orqali vatan haqida suhbat-lashiladi. Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali s tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .

Lug’at ishi o’tkaziladi.

Dam olish daqiqasi : “O’zbekiston” qo’shig’i monitor orqali tinglanadi .

IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .

“Harflarni toping” o’yini . Darslikning pastki qismida berilgan so’zlarga mos harflar qo’yiladi. el, s at, at as. Rasmli rebus – “Rebusni to’g’ri yeching”. Rasm nomlarining birinchi harflaridan yangi so’z hosil qiling .

Darslikning 40 – betida berilgan bo’g’in, so’zlarni va “Ona yurt” matnini o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish V . Darsni yakunlash .

Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .

VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .



Ko’rildi : O’IBDO’


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish