Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish.
Dars turi : Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi : Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish , “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ U kim ? Bu nima ?”, “Ortiqchasini top ” didaktik o’yinlari .
Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , b harfiga oid rasmlar .
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish .
Davomatni aniqlash .
Fasl haqida suhbat .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
“ U kim ? Bu nima ? “ didaktik o’yini
Stol ustiga bir qancha predmet rasmlari terib qo’yiladi . O’qituvchi shu rasmlardan birini ta’riflaydi , o’quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida ketayotganini topadilar .
Masalan : U shar shaklida . Undan ko’pgina sport turida foydalaniladi .
Yosh bolalar ham uni sevib o’ynaydilar . ( Javob: Koptok )
Darslikdagi so’zlarni va “ Oila “ matnini o’qitish .
III . Yangi mavzu bayoni .
O’quvchilarga B tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .
Bosma bosh harf B va kichik b harflarini qiyoslash , farqli tomonlarini izohlash , b undosh tovush ekanligini tushuntirish . B tovushining talaffuzi O , A , I tovushlaridan farqini tushuntirish . Bb harfi ishtirok etgan bo’g’in va so’zlarni o’qitish.
Darslik bilan ishlash .
Darslikdagi bo’g’inlar , so’zlarni o’qitish . Har bir so’z va bo’g’indan analitik – sintetik tovush tahlili orqali b tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlatish .
“ Bola va bobo ” rasmi ustida ishlash .
Dam olish daqiqasi : “ Bug’doy ” qo’shig’i monitor orqali tinglanadi .
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Darslikning 20 – betida berilgan bo’g’in va so’zni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . “ Ortiqchasini top ” o’yinini o’tkazish . Doskaga laylak , lagan , ot , dazmol , olma rasmlari ilinadi . Qaysi rasmni ifodalovchi so’zda L tovushi qatnashmagan ? Rasmlar orasidan ortiqchasi topiladi .
V . Darsni yakunlash .
Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .
VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish
Ko’rildi: O’IBDO’
17.
Sana : ___________
Fan nomi : Alifbe
Dars mavzusi : B tovushi va Bb harflarini mustahkamlash .
a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Bb tovush –harflarining xususiyatlariga oid bilimlarini mustahkamlash . Bb harfli bo’g’in , so’z , gaplarni o’qish ko’nikmalarini o’stirish . Bb harfli bo’g’inlardan so’z , so’zlardan gap tuzishga va o’qishga o’rgatish .
b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarni salomlashish odobi me’yorlari bilan tanishtirish .
d)Rivojlantiruvchi maqsad : O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez ,to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish . O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kattalarni hurmat qilish;
jamoat joylariga tozalikka rioya qilish.
Dars turi : O’quvchilarning bilim , ko’nikma , malakalarini mustahkamlovchi dars . Dars metodi :Analitik –sintetik tovush metodi , suhbat , tushuntirish, “Kichik guruhlarda hamkorlikda “ o’qitish metodi , “ O’yin topishmoq”, “So’z tuz va o’qi ” didaktik o’yinlari . Dars jihozi : Texnik vositalar , kesma harflar , harf kassasi , b harfiga oid rasmlar .
Darsning borishi :
I.Tashkiliy qism.
O’quvchilar bilan salomlashish .
Davomatni aniqlash .
Fasl haqida suhbat .
II . O’tilgan mavzuni mustahkamlash .
“ So’z tuz va o’qi ” o’yini . O’tilgan darslarda o’rganilgan ba , la , bi, bo, ab , no , ob , ib bo’g’inlari asosida so’zlar tuzish va bu so’zlarni o’qish . Masalan : Bobo , bino , bola , nola , noib so’zlarini tuzish mumkin .
III . Yangi mavzu bayoni .
O’quvchilarga B tovushining talaffuzi , bo’g’inlar va so’zning talaffuzini analitik –sintetik tovush metodi orqali tushuntirish .
O’quvchilarga darslikning 21-sahifasida berilgan so’zlar va matn o’quvchilarga o’qib beriladi . Matnning tarbiyaviy ahamiyati tushuntiriladi . Har bir so’z analitik – sintetik tovush tahlili orqali b tovushini ajratib olish , so’zdagi o’rnini aniqlash .O’quvchilarga Tolib , Inobat , Nabi , Bilol so’zlari nima uchun bosh harf bilan yozilganligi haqida thushuncha berish . Bosmacha bosh B harfi va yozmacha bosh B harfini qiyoslash .
Rasm asosida suhbat .
Rasmda kimlarni ko’ryapsiz ?
Bolalarga ism qo’ying .
Bilolni qanday bola desak bo’ladi ?
Kitobdan nimalar olamiz ?
Dam olish daqiqasi :
“O’yin topishmoq” . O’qituvchi biror so’zni topishmoqlar yoki so’zlar vositasida uch marta ta’riflaydi . Birinchi ta’rif qiyinroq , ikkinchisi yengilroq , uchinchisi osonroq bo’ladi .
Masalan : 1-ta’rif : Kichkina dono , ichi to’la ma’no .
2-ta’rif : U har birimizda bor , usiz maktabga bormaymiz .
3-ta’rif : Qat-qat qatlama , aqling bo’lsa tashlama . (kitob)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash .
Darslikning 21 – betida berilgan so’zlarni va matnni o’qitish . “ Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish ” texnologiyasini o’tkazish . Rasm asosida matnni qayta hikoya qilish . Savol – javob orqali tarbiyaviy xulosa chiqarish .
V . Darsni yakunlash .
Dars yakunida darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash .
VI . Uyga vazifa : Bo’g’in va so’zlarni o’qib kelish .
Ko’rildi: O’IBDO’
18.
Sana : _____________
Fan nomi : Alifbe
Dars mavzusi : K tovushi va Kk harflari
a)Ta’limiy maqsad : O’quvchilarga Kk tovush –harflarini o’rgatish , k tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va nazariy jihatdan tushuntirish.
b)Tarbiyaviy maqsad : O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berish orqali milliy istiqlol g’oyalarini singdirish , vatanparvarlik ruhida tarbiyalash .
d)Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarni so’z boyligini o’stirish , tez , to’g’ri , aniq , ravon o’qish ko’nikmasi va malakasini shakllantirish .
Do'stlaringiz bilan baham: |