Epigenomikaning boshqa yoʼnalishlari bilan aloqasi
Chuqur harakterlangan ilk epigenetik oʻzgarish bu DNK metillanishidir. Nomi anglatganidek bu DNKga metil guruhining qoʻshilishi jarayonidir. Ushbu reaksiyani DNK metiltransferaza enzimlari katalizlaydi (DNMT). DNK metillanish paytida barqaror va nasldan-naslga oʻtuvchan boʻladi, u DNK di-metilaza nomi bilan maʼlum antogonistik guruh enzimlari tomonidan bekor qilinadi. Eukariotlarda eng koʻp metillanish CpG (sitozin – fosfat dinukleotidlarda, sitozinning guaninga pozitsiyasida (5мC) topilgan. Sutemizuvchilar genomida, taxminan 70-80% CpG dinukleotidlari metillangan boʻlib, bu deyarli faqatgina CpG dinukleotidlari ichida sodir boʻladi. Shuningdek, oʻsimliklarda CpG boʻlmagan metillanish ham sodir boʻladi (birinchi navbatda CpNpG va CpHpH metillanish, bu yerda H = A,T,C) va juda kam hollarda sutemizuvchilarda. Har bir hujayra oʻzining butun tanasini bunyod etishi uchun barcha genetik maʼlumotga ega. Garchi urugʻlangan birgina hujayradan boshqa bir qancha hujayra turlari hosil boʻlsada DNK srukturasi mutlaqo oʻzgarmaydi va barcha hujayralarda bir xil boʻladi. Biroq har bir hujayra faqat oʻzigagina
xos boʻlgan genlarni faollashtiradi. Shunday qilib jigar hujayrasi
faqatgina jigar hujayrasida ishlaydigan genlarnigina faollashtiradi..
Xromosomaning tarkibiy qismlari: A – Xromosoma; B – Xromatin; C –
Nukleosoma; D – Gitonlar (H2A, H2B, H3 va H4); e – DNK.
Turli xil giston oʻzgarishlari asetillanish,
metillanish,
fosforillanish, yubikutinlanish, SUMOlanish (Small Ubiquitin-like Modifier
– Modifikatsiyalovchi kichik Yubikutin), ADP -ribozalanish (Adenozin
difosfat riboza), diaminlanish va prolin izomerlanish sifatida maʼlum.
Giston dumchalari odatda oʻzlarining lizin va arginin amino
kislotalarida mavjud amin guruhlari tufayli musbat zaryadlangan boʻladi.
Ushbu musbat zaryadlar giston dumchalari bilan DNK asosidagi manfiy
zaryadlangan fosfat guruhlariga taʼsir oʻtkazadi va bogʻlashga yordam beradi.
Normal hujayrada sodir boʻluvchi asetillanish, gistondagi musbat
zaryadlarni aminlarni amidlarga oʻzgartirish yoʻli bilan neytrallaydi va
gistonlarning DNKga bogʻlanish qobiliyatini pasaytiradi. Bu bogʻlanishning
susayishi xromatin kengayishiga imkon beradi va genetik transkripsiyaga
joy ochiladi. Giston diasetilazalar oʻsha asetil guruhlarini olib tashlaydi,
giston dumchalari musbat zaryadlarini kuchaytiradi va gistonlar va DN asosi oʻrtasidagi yuqori-munosabatlarni Mustahkamlangan DNK bogʻlanishi DNK strukturasini zichlashtiradi va transkripsiyaga xalaqit beradi.
Giston modifikatsiyasi: giston dumchalariga asetil, metil, yubikutin va
fosfor guruhlarining birikishi
Do'stlaringiz bilan baham: |