Fаrgʼonа dаvlаt universiteti tаbiiy fаnlаr fаkulteti biologiyа yoʼnаlishi



Download 0,62 Mb.
bet21/22
Sana06.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#750467
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
19.60 usmonaliyev Bexzod genetika

Gaploidiya: Tana hujayralari yoki jinsiy hujayralarda xromosomalar sonining ikki marta kamayishi (2n-n=n) gaploidiya deb ataladi. Gaploidiyada hujayralar har bir juft xromosomadan faqat bittasiga ega bo‘ladi. Tana hujayralari xromosomalarning gaploid soniga ega bo‘lgan bundayorganizmlar gaploid organizmlar deb ataladi. Gaploidlar tabiatda bo‘lishi yoki sun’iy ravishda olingan bo‘lishi mumkin. Organizmlarning jinsiy ko‘payish vaqtlarida har bir turga xos bo‘lgan bittadan xromosomalar to‘plamiga ega bo‘lgan ota-ona gametalari (hujayraning bunday holati gaploidli holat deyiladi) o‘zaro qo‘shilib zigota hosil bo‘ladi. Zigotada xromosomalar to‘plami ikkita (diploid holat) to‘plamga ega bo‘ladi. Keyinchalik organizm hayot siklining ma’lum bir bosqichida diploidlik holatdan gaploidlik holatga o‘tish (meyoz jarayoni tufayli) ro‘y beradi. Meyoz jarayonida hosil bo‘lgan jinsiy hujayralar yana gaploidlik holatda bo‘ladilar. Shu sababli har qanday turda xromosomalar avloddan-avlodga o‘zgarmagan bir xil sonda o‘tib boradi. Urug‘lanish jarayonida gametalarning o‘zaro qo‘shilishi va meyoz– jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlar hayot siklini ikki fazaga ajratuvchi hodisa hisoblanadi. Birinchi faza zigotalarning hosil bo‘lishidan to meyozni o‘z ichiga oladigan davrgacha davom etib hayot siklining bu qism diplofaza deyiladi. Meyoz tugashi bilan boshlanib gameta yoki spora, gaploidl hujayra hosil bo‘lgunga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oluvchi faza gaplofaza deb yuritiladi. Diplofaza va gaplofazaning davomiyligi evolyusiyaning turli bosqichlarida turgan organizmlarda har xil. Buning sababi bu organizmlarda meyoz jarayonining ular hayot siklining turli davrlarida bo‘lib o‘tishligidir.
Ko‘pchilik suv o‘tlarida, ayri zamburug‘larda meyoz zigotalar hosil bo‘lishi bilanoq yuz beradi. Faqat zigotagina diploidli, keyinchalik paydo bo‘ladigan hujayralarning barchasi gaploidli bo‘ladi. Organik olam evolyusiyasining keyingi bosqichlarida gaplofazaning progressiv qisqarishi tufayli diplofazaning nisbatan davomiyligi vujudga keldi. O‘simliklarning hayotiy siklida gaploidli gametofit avlodining diploidli sporofit avlod bilan almashina borishi yuzaga keldi. Meyoz tufayli vujudga keladigan gaploidli sporalardan yangi gametofit avlod beruvchi organizmlar paydo bo‘la boshladi. Moxlarga kelgan vaqtda sporofit hali gametofitga nisbatan kam davrni egallagan, gametofit hayot siklining asosiy qismini tashkil etgan davr edi. Paporotniklarga kelib gametofit avlod kuchli qisqargan, diploid sporofitli avlod hayot siklning asosiy qismini egallashga ulgurgan edi. Gulli o‘simliklarga kelgan vaqtda gaplofaza yanada qisqarishga uchra- gan va u faqat gaploidli embrion xaltachalari va chang nayidagina saqlanib qolgan va o‘simliklarning deyarli butun hayotiy sikli diploidli sporofit holatida yuz beradi. Barcha hayvonlarda (ayrim eng sodda hayvonlar bundan mustasno), shu jumladan odamlarda gaplofaza minimum qisqargan darajaga keltirilgan.
Meyoz hayotiy siklning ancha kech davriga surilgn. Dastlab yuksak o‘simliklarda gaploidiy 1921 yilda bangidevona o‘simligida aniqlangan bo‘lsa, keyinchalik bug‘doy, makkajo‘xori va boshqa o‘simliklarda topildi. Hozirgi davrda o‘simliklarning ko‘plab oilalariga, turkumlariga va turlariga mansub gaploid formalari ma’lum. Gaploid organizmlar o‘ziga xos fenotipik ko‘rinishga ega bo‘lishadi. Ularda xromosomalar o‘z gomologlariga ega bo‘lmaganliklari uchun dominant belgilar bilan bir qatorda retsessiv belgilar ham fenotipda namoyon bo‘ladi. Gaploidlar ko‘pginabelgilari bo‘yicha o‘zlarining boshlang‘ichdiploid formalaridan unchalik farq qilishmasa-da, ularning organlari – barglari, mevalari, gullari va boshqalar maydaroq bo‘ladi. Shuni aytish kerakki gaploidlar ko‘pincha kam hayotchan bo‘lishadi. Bu ayniqsa chetdan changlanuvchi o‘simliklarda ko‘proq kuzatiladi. O‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarda gaploidlar nisbatan hayotchan bo‘lishadi. Bunga misol qilib tamaki va boshqa o‘simliklarda olingan gaploid o‘simliklarni olish mumkin. Yana shuni aytish mumkinki gaploidlarda hujayralar maydaroq bo‘ladi.


Xulosa:
Odatda tug’ilgan chaqaloq o’zining ko’rinishi, belgi-xossasi bilan ota-onasiga o’xshaydi. Biroq ota-onaning a’zolari sistemasining tuzilishi, ichki-tashqi belgilari va xossalari tayyor holda bolaga berilmaydi. Buni tuxum va urug’ hujayrani mikroskop orqali ko’rish bilan aniqlash mumkin. Agar ota-onaning belgi xossalari tayyor holda avloddan-avlodga berilmas ekan, u holda bola qanday qilib o’z ota-onasiga o’xshaydi degan masala har bir odamni qiziqtiradi. Shuni bilish kerakki, har bir ota-ona o’z bolalariga meros qilib genetik dastur beradi. Genetik dastur deganda, avvalo tuxum va urug’ hujayralardagi yadro va undagi xromosomalar, genlar majmuasini tushunish kerak. Odam embirion taraqqiyotining turli bosqichlarida DNKdagi har xil genlarning transkiripsiya, translyatsiya natjasida xilma-xil oqsillarni sintezlanishi, fermentlar ishtirkida hamda hujayralar va embirional induksiya tufayli turli a’zolar, sistemasi shakllanadi. Muxtasar qilib aytganda, odam shaxsiy taraqqiyotining genetik dasturi bo’lib, uning genomdagi xromosomalari, genlar majmuasi hisoblanadi.
Bundan tashqari o`simliklarda geteroploidiya bug‘doy, makkajo‘xori, tamaki, g‘o‘za va boshqa o‘simliklarda olingan. Geteroploidlar yoki aneuploidlar olish yo‘li bilan har bir xromosomaning genetik tarkibini aniqlash mumkin. Xromosomalarda joylashgan genlar va ular ta’min etadigan belgilarni bilgan holda bir o‘simlikning ma’lum xromosomasini boshqa bir o‘simlik xromosomasi bilan almashtirish mumkin. Shu yo‘l bilan hozirgi vaqtda bug‘doy xromosomasi javdar xromosomasi bilan almashtirilgan. Geteroploidiyani o‘rganish har bir xromosomaning va shuningdek genom evolyusiyasini o‘rganishga hamda madaniy o‘simliklarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga yordam beradi.
Turli organizmlar, xususan odam genomimimg tilsimini ochilishi juda ko’p kasallik qo’zg’atuvchilarning genomini tadqiq qilishga, chuqurroq o’rganishga imkon beradi. Odam genomidagi nuleotitlar ketma-ketligini aniqlash natijasida odam hujayrasiga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasi, ya’ni, genlar terapiyasi ishlab chiqilgan. Binobarin oadm genomini to’la o’rganish tufayli undagi irsiy kasalliklarni genlar terapiyasi yordamida davolash imkoniyati yanada ortadi. Endilikda shunday dorilar ishlab chiqarilishi kerakki, ular organizmdagi geniga ta’sir etib yuqori samara bersin. Lekin odam genomini o’rganish, uni tadqiq etish juda katta miqdorda mablag’ va vaqt talab qiladi. Odam genetikasini o’rganishda faqat shu ikki sababdan tashqari yana bir qancha to’siqlar mavjud. Odamlarni chatishtirish mutlaqo taqiqlanishi, odamlarda farzandlar soni kamligi, uzoq vaqt davomida voyaga yetishi, birikish guruhi ko’p ekanligi, suniiy mutatsiya mumkin emasligi kabi qator to’siqlar mavjud. Shu sababdan tajrabalarda hayvonlardan va mikroorganizmlardan foydalaniladi

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish