2 9. SWOT – tahlil metodi. misol keltiring. “SWOT – tahlil” jadvalidan foydalanish jarayonida talaba mavjud holatni tahlil qiladi va baholaydi. Tahlil va sintez qilish yo’li bilan biror mantiqiy qaror qabul qilishga o’rganadi. Strengths - kuchli jihati, xususiyatlari, ichki manbalar Weakness - kuchsiz jihati, xususiyatlari, ichki muammolar Opportunities - rivojlanish uchun mavjud imkoniyatlar Threats – muvaffaqiyatga ta’sir etuvchi xavf-xatar.
SWOT tahlili metodini qo‘llashning afzallik tarafi shundaki, bunda talabalar individual ishlashni hamda guruhda ishlashni о ‘rganadi
Misol Ushbu metoddan foydalanishda jadval tuzib olinadi hamda 4 ta guruh bo‘yicha ko'rsatkichlami ustun bo‘yicha joylashtirib chiqiladi. So‘ng shu ko‘rsatkichlarga tegishli b o‘lgan tomonlari yoziladi. Misol uchun, 0 ‘zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan «Roison» firmasi asosida SWOT (analiz) tahlil o ‘tkazamiz. U quyidagicha bo'lishi mumkin:
Y uqoridagi misoldan ko‘ rinib turibdiki, SWOT tahlili korxonaning bugungi taraqqiyot darajasini aniq ko‘rish va kelgusi faoliyat uchun kerakli xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Iqtisod yo‘nalishini tanlagan xar bir talaba SWOT tahlilini mukammal о ‘rganishi va keyinchalik o'z faoliyatida ko‘llay bilishi zarur. SWOT tahlili, shuningdek, talabalami mustaqil fikrlashga va har bir korxonaning bugungi ahvolini ko‘ra bilishiga yordam beradi
30.SINKVEYN – metodi. misol keltiring. Sinkveyn (axborotni yig‘ish) metodi — murakkab g‘ oya, iqtisodiy tushunchalarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalashni o ‘rganish. orqali mavzuni yaxshiroq anglashga, o ‘zlashtirishga yordam beradigan metod.
Sinkveyn — (fransuzcha besh) besh qatordan iborat, o'ziga xos, qofiyasiz she’r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha, hodisa, voqea, mavzu haqidagi axborot yig'ilgan holda, o'quvchi, talaba so'zi bilan turli variantlarda va turli nuqtayi nazar orqali ifodalanadi.
Misol: Senkveyn metodidan iqtisodiy kategoriyalami o'rganishda foydalanishni quyidagi misol yordamida ko'rish mumkin. Aytaylik, narx uning sinonimi baho, lekin bahoning narxga nisbatan keng qamrovliligiga e’tibor qaratmaymiz. O'qituvchi sinonimni talabalarga aytmaydi. O'qituvchi «Narx» deb doskaga yozib, talabalarga murojaat 365 qiladi. Narxning sifat tomonini ko'rsatadigan so‘zlarni keltirishadi. Talabalar: arzon, qimmat, cho'ntakbop, xaridbop, inflatsion va hokazolami keltirishlari mumkin. Ana shularni ichidan biz eng mos keladigan, to‘g‘ri ifodalangan deya variantlardan 2 tasini ajratib olamiz. U arzon, qimmat bo‘lsin. Navbatda narxga bog'liq harakatlarni ifodalovchi so'zlarni topishimiz zarur bo'ladi. 0 ‘qituvchi yana talabalarga murojaat qiladi: aniqlash, taqqoslash, solishtirish, arzonlashtirish, qimmatlashtirish, belgilash, chidash, norozi bo'lish, rozi bo'lish, chora ko'rish va hokazolar. Ularning-orasidan eng ma’quli deb aniqlash, taqqoslash, arzonlashtirishni olaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |