BMI yozish qoidalari: Umumiy qoidalar Bitiruv malakaviy ish A4 (296x210 mm) formatdagi qog’ozda yoziladi. Qog’ozning chap tomonidan - 35 mm, o’ng tomonidan - kamida 10 mm, yuqori va pastdan - kamida 20 mm, betdagi belgilar soni taxminan 2000 ga yaqin bo’lishi kerak. Matn formatlangan bo’lshi kerak. 14 kegl shrifti tavsiya qilinadi.
Harfiy qisqartmalarni yozish tartibi - Harfiy qisqartmalar ma'lum bilim sohasidagi biror tushunchani qisqacha tushuntirishga, belgilashga xizmat qiladi.
Jadvallar, rasmlar, grafiklarni rasmiylashtirish qoidalari. Jadvallar va rasmlar BMI matnida nomlanishi va ketma-ket nomerlanishi (masalan 1-jadval, 1-rasm) iozim.
Foydaianilgan adabiyotlar royxatini tuzish qoidalari. Rasmiy hujjatlar (Konstitutsiya; Qonunlar; Prezident farmonlari; Xukumat qarorlari; boshqa normativ aktlar (xatlar, buyraqlar va boshq.). har bir guruh ichida hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi.
22. Maxsus fanlarda Individual loyihani yozish qoidalari
Individual loyihaning tarkibiy tuzilishi. Individual loyihaning tuzilishi kirish, asosiy bo`lim, xulosa va foydayanilgan adabiyotlar ro`yxati, zarur bo`lsa ilovalardan iborat bo`ladi. Uning barcha qismlari bir-biri bilan o`zaro bog’langan va Individual loyiha mavzusini ochib bеrish maqsadiga xizmat qilishi lozim.
Individual loyihaga qo`yiladigan asosiy talablar. Individual loyihani shakllantirishsh qoidalari. Individual loyiha hajmi kompyutеrda 1,5 intеrvalda yozilgan matnda 20-30 bеt doirasida bo`lishi kеrak. Individual loyiha matni A4 (210*297) formatli oq varaqning bir tomoniga quyidagi hoshiyalar o`lchamiga rioya qilingan holda yoziladi: chap hoshiya - 30 mm. o`ng hoshiya - 15 mm. pastki hoshiya - 20 mm. yuqori hoshiya - 20 mm.
Individual loyiha tarkibiy qismlariga bo`lgan talablar. Kirish kismi hajmi 2-3 bеtni tashkil qiladi. Asosiy qism (bob va paragraflar) Individual loyiha umumiy hajmining 80-85%ni tashkil qilishi kеrak. Individual loyihaning xulosa qismi 1-2 bеtdan iborat bo`lib, unda talaba ilmiy tadqiqotning asosiy natijalari hamda o`zining taklif va tavsiyalarini kеltiradi.
Mavzuni yoritish qoidalari Individual loyiha grammatik xatolarsiz, ravon adabiy tilda yozilishi, so`z va jumlalar aniq ifodalanishi kerak.
Individual loyihada qo`llaniladigan ilmiy apparat. Individual loyihani yozish davomida foydalanilgan adabiyotlar va boshqa manbalardan dalil kеltirish bir xil tartibda yoritilishi kеrak; sahifa ostidagi izoh tarzidagi yozuvda vaqtli nashrlar, kitoblar, maqolalar nomi qo`shtirnoqsiz yoziladi; sahifa ostidagi izohni 1.0 intеrval orqali amalga oshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |