25. Grafik organayzerlar va ularning turlari.
Grafik organayzerlar. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar. Ta’lim jarayoni interfaol metodlar asosida tashkil etilganda ta’lim oluvchilarning intellektual, ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish, o‘z fikrini asoslab berishga o‘rganishi, o‘zgalar fikrini tinglay olishi, muammolar yechimini topishga harakat qilishi, ijodiy va axloqiy rivojlanish jarayonlariga samarali ta’sir etadi.
Grafik organayzerlar ma‘ruza, amaliy va mustaqil ta‘lim mashg’ulotlarida talabalar o’quv materiallarini samarali o’zlashtirishlari uchun joriy etiladi. Quyida ularning ba‘zilari keltirilgan.
Grafik organayzerlar turlari. BBB jadvali. Barcha ma‘ruza darslarida qo’llaniladi. BBB usuli (―bilaman‖, ―bilishni xohlayman‖, ―bilib oldim‖) orqali talaba o’zini kuzatishi, o’qituvchi esa darsga baho berishi mumkin.
♦Insert usuli. Bu usul matnni o’zlashtirishda qo’llaniladi. Talaba sahifa hoshiyasiga o’z belgilarini qo’yib ularga munosabat bildiradi.
♦Muammoli o‘qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tadqiqiy,evristik topshiriqlar beriladi.
♦SWOT tahlili strategik rejalashtirishda qaror qabul qilish uchun loyiha tahlil qilinadi
♦Kooperativ ta’lim doirasida kichik guruhlarni shakllantiriladi:
♦Refleksiv topshiriq ♦Veb-kvest
26. “Aqliy hujum” metodi. misol keltiring
«Aqliy hujum» uslubida qo'yilgan savol, muammo, masalani butun guruh bilan birgalikda muhokama qilinadi.
Bu metodda ma’lum muammo bo'yicha har bir talabaning fikr-mulohazasi tinglanib, ular asosida ma’lum bir yechim tanlanadi. Aqliy hujum metodini o'ziga xos modifikatsiyasi «fikrlar hujumi» metodi bo'lib, Uni katta guruhlarda (20 tadan 60 tagacha talaba bo'lgan) qo'llash mumkin. Ishtirokchilar kichik guruhlarga bo'linadi. Har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo'yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda fikrlar hujumi o'tkaziladi. Shundan so'ng har bir kichik guruh vakili o'z guruhlarida ishlab chiqilgan g'oya haqida axborot beradilar.
Misol: Aytaylik, «Yalpi talab va yalpi taklif» mavzusi bo'yicha seminar darsida ana shu metodni qo'llamoqchisiz. 342 U holda doskaga «yalpi talab va taklif nima lmmda u individual talab va taklifdan qanday farqlanadi?» degan umumiy savol yoziladi. Talabalar o‘z fikrlarini bildiradi. Fikrlar individual, juftlik yoki kichik guruh nomidan bo'lishi mumkin. Bunda talabalar avvalgi o ‘tilgan «Talab va taklif. Bozor muvozanati» mavzusida olgan bilimlarini yodga tushirib, talab, taklif kategoriyalariga ta’rif berishadi. Talab va taklifning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni, talab va taklif elastikligi va boshqalarni eslashadi. Bilganlaricha, yalpi talab va taklif, unga ta’sir etuvchi omillarni sanab berishadi. 0 ‘qituvchi «aqliy hujum» natijasi asosida so‘rov o‘tkazib, «Nimalarni bilishimiz kerak?» ustunini to‘ldirilishni ta’minlaydi. Bunda talabalar o ‘z daftarlariga mustaqil yozishlari yoki doskada ham biron talaba yozib birgalikda toidirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |