Fanning ma’ruza matni 1-mavzu: Sotsial psixologiya faniga kirish Reja


-Mavzu: Katta ijtimoiy guruxlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi



Download 127,78 Kb.
bet8/11
Sana09.07.2022
Hajmi127,78 Kb.
#762403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Маъруза матнлари

10-Mavzu: Katta ijtimoiy guruxlarni ijtimoiy-psixologik xarakteristikasi
Reja:
1.Guruh tushunchasi.
2.Katta ijtimoiy guruhlar
3. Etnik guruhlar
Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi. Guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko‘p ( o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo). Ko‘chada biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa bor-bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodikasa guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Katta guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularni ilmiy tadqiq qilish prinsiplari. Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib, ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular hulq-atvorini belgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mavkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek, ko‘pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik. Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlar chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni qo‘yadi. Shuning uchun ham har bir katta guruhga taaluqli bo‘lgan asosiy, yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo‘lib kelmoqda.
Etnik guruhlar psixologiyasi
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir jumhuriyatlar alohida, mustaqil davlat maqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, hamdo‘stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o‘rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo‘yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko‘proq e’tibor berishni lozim topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi- O‘zbekistonda bu sohada ayrim tadqiqotlarning o‘tkazilganligi, lekin ular ko‘p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilganligidir.
Etnopsixologiya- bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, turli halqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi “halq” tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu halqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. Shunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo‘lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo‘lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vыgotskiyning madaniy-tarixiy yondoshuv g‘oyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya g‘alaba qozongan O‘zbekiston sharoitida turmush tarzining o‘zgarishi bilan o‘zbek halqi psixologiyasining ham o‘zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z hulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan bo‘lib, ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlar, o‘zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik xolatlarga baho berish topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, o‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan, ayollarga o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig‘i berilganda, ular yomon qo‘shnilarni ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga sifat xarakteristikalari berish ancha yengil tuyulardi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o‘rganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Yu.Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi mumkin. Yu.V.Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:1.psixik asos-etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism; 2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik qism. Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishganida, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy o‘zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo‘lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbeklar o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, go‘yoki mehmondo‘stlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek halqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo‘q deyishga haqqimiz yo‘q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar-ya’ni o‘rnashib qolgan obrazlar bo‘lganidek, har bir oila, yaqin oshna-og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo bo‘lib, ular ongida o‘rnashi boradi. Bunday stereotiplar o‘z millatiga va boshqa halqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradi, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g‘ururning qay darajada bo‘lishini aniqlash muammosi turadi. Milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir.

Etnopsixologik tadqiqotlarda ishlatiladigan metodlar


Chet ellarda va mamlakatimizda qilingan ilmiy ishlarni analiz qilar ekanmiz, etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo‘llanilganining guvohi bo‘lamiz. Chugki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o‘rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha ko‘rinishlari, so‘roq metodlari-anketa, intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham “madaniy muhit va shaxs”, guruhlararo munosabatlar hamda qiyosiy tadqiqotlarda qo‘llanilmoqda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umumiy psixologiya bilan shug‘ullanuvchi olimlar ham o‘tkazmoqdalar. Lekin shunday bo‘lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarning tansiqligi kun sayin sezilmoqda. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug‘ullanishni maqsad qilib qo‘ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o‘zgartirishga yoki bo‘lmasa, o‘zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo‘lmoqda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo‘llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to‘plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumhuriyatimiz sharoitida umuman hech narsani o‘lchamasligi mumkin. Masalan, Ravenning matrik testi va muhit ta’sirlari dahlsiz deb hisoblangan Kettellning intelekt testi ham baribir, qisman bo‘lsada, muhit sharoitlarini hisobga olishni talab qiladi, qolaversa ularni sharhlash masalasida alohida ehtiyotkorlik zarur. Shuning uchun ham hozirgi butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar.
Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo‘yiladigan yana bir talab-tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiriluvchilar uchun tanish bo‘lgan joylarda qisqa ko‘rsatmalar berish yo‘li bilan o‘tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko‘pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologiyadan qator prfessional malakalarni talab qiladi.



Download 127,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish