Ijtimoiy psixologiyaning prinsiplari.
Ijtimoiy psixologiya pritsiplari ijtimoiy psixologik xodisalarni to‘g‘ri interpritatsiya qilish, o‘zgacha shakllanish va rivojlanishni o‘rganishga yordam beradi. Ular boshqa umumiy menomenlar ichidan ularning joyini va rolini aniqlaydi. Ularga quyidagilar kiradi;
1.Ijtimoiy psixologik sabablar prinsipi. Bunda har xil sotsiologik gurux insonlar psixologiyasi va tabiatiga ega. Bu ijtimoiy borliqni o‘rab turgan ideal obrazlarning munosabatlari bo‘lib bu holat inson ongida uning ta’siri orqali vujudga kelib, borliqda bo‘lgan munosabatni regulyatsiya qiladi.
2.Ijtimoiy psixologik xodisalarni,muhit va faollikni umumiyligi prinsipi. Bu shuni ko‘rsatadiki, psixologik aks ettirish tashqi ta’sir va insonlarning umumiy faoliyatidan kelib chiqadi. Muhit, munosabat va birgalikdagi harakatlar har xil guruxlar psixologiyasining tasniflashini aniqlab beradi.
3.Ijtimoiy psixologik tizimlash prinsipi.Bu shuni ko‘rsatadiki, individual psixologik va fiziologik fenomenlar munosabatiga nisbatan ijtimoiy psixologik reallik tizimlash darajasida bir qancha yuqoridir.Ular qiyin determinatsiyalar, qonuniyatlar va mexanizmlarga qaratilgan.
4.Ijtimoiy psixoloik rivojlantirish prinsipi. Bunda ijtimoiy muhitni o‘zgarishi natijasida ijtimoiy jamiyat va unga kiruvchi guruxlar o‘zgaradi. U faqat bir tomonlamadir, ikkinchi tomondan esa sotsial psixologik o‘zgarishlar jarayoni uzluksizdir,chunki jamiyatning o‘zi uzluksiz ravishda rivojlanib boradi.
Har bir mustaqil fanda bo‘lgani kabi sotsial psixologiyaning ham o‘zini turli tarmoqlari va yo‘nalishlari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar;
*Etnopsixologiya.
*Din psixologiyasi.
*Oila psixologiyasi.
*Siyosiy psixologiya
*Menjment psixologiyasi.
*Sport psixologiyasi.
Har bir alohida tarmoq o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganiladi va tadqiqotchi psixologlar tomonidan tadqiq etiladi.
Etnopsixologiya – ma’lum millat va etnik birlik vakillarining o‘ziga xos ruxiy qiyofasini, xulq – atvorini o‘rganadi.
Din psixologiyasi – psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarning diniy ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o‘rganuvchi psixologiya soxasi.
Oila psixologiyasi – oilaning psixologik muommolarini, er – xotin munosabatlari,shaxslararo munosabat, oiladagi rollar taqsimlanishi, oilaga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi.
Siyosiy psixologiya - jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xolatlar, qonuniyatlar,ta’sirchanlik va ta’sir o‘tkazish jarayonlari kabi jabxalarni tekshiruvchi psixologiya soxasi.
Menejment psixologiyasi - jamiyatda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar, guruxlar va jamoalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan nazorat, baholash, munosabat qonuniyatlarini, rahbar faoliyati va xarakteri, qobiliyati xususiyatlarini tadqiq qiladigan ijtimoiy psixologiya soxasi.
Sport psixologiyasi – sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida inson psixieasining rivojlanishi, guruxiy munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya soxasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |