Fanning ma’ruza matni 1-mavzu: Sotsial psixologiya faniga kirish Reja



Download 127,78 Kb.
bet1/11
Sana09.07.2022
Hajmi127,78 Kb.
#762403
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Маъруза матнлари


FANNING MA’RUZA MATNI
1-mavzu: Sotsial psixologiya faniga kirish
Reja:

  1. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti.

  2. Ijtimoiy psixologiyaning vazifalari.

  3. Ijtimoiy psiologiyaning prinsiplari.

Ijtimoiy psixologiya – bu psixologiya fanining shunday bo‘g‘iniki, odamlarning o‘zaro xarakatlari natijasi sifatida namoen bo‘luvchi ijtimoiy psixologik funksiyalashuvni o‘rganadi.


Ijtimoiy psixologiya fan sifatida yaratilgan yil 1908 yil xisoblanib shu yili ingiliz psixologi V.Makdugall ijtimoiy psixologiyaga kirish, E.Ross ijtimoiy psixologiya darsligini chop etdilar.
Bu kitoblarni chop etilishi ijtimoiy psixologiyani psixologiya va sotsiologiya oralig‘ida paydo bo‘lganligining isbotidir. Ya’ni ijtimoiy psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar – ijtimoiy taraqqiet hamda psixik taraqqiet qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun ham psixologiya mavzusini tushuntirishda turlicha qarashlar mavjud. A.V. Petrovskiy fikriga ko‘ra ijtimoiy psixologiya – bu turli uyushgan va uyushmagan guruxlardagi odamlarning muloqati, o‘zaro ta’sir munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik xodisalarni o‘rganadi. G.M.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu baxsini tushuntirishda uch xil yondoshuv borligini e’tirof etadi.

  1. Sotsiologik yondoshuv.

  2. Psixologik yondoshuv.

  3. Sotsiologik va psixologik yondoshuv.

Sotsiologik yondoshuv tarofdorlarining fikriga ko‘ra ijtimoiy psixologiya ommaviy psixologik jaraenlarni – xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udum, rasm – rusumlar, ijtimoiy xulq – atvorda namoen bo‘lishini o‘rganishi kerak.
Psixologik yondoshuv tarofdorlari asosan psixologlar bo‘lib ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik xisdatlariga, uning turli guruxlarda tutgan o‘rni, mavqei, ijtimoiy psixologik ustanovkalarga qaratish kerak deb xisobdaydilar.
3. Sotsiologik va psixologik qarashlarda ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq – atvorlari motivlarini o‘rganishni ta’riflaydilar. Hozirgi kunda ham sotsiologik, ham psixologik qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ommaviy jarayonlprni, shaxsning xulq-atvorlari, motivlarini o‘rganishni yoqlab tadq qotlar o‘tkazmoqdalar. V.N.Myasishev fikriga ko‘ra ijtimoiy psixologiya shaxslararo o‘zaro ta’sir jarayonida shaxsda laydo bo‘ladigan ruxiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruxlarning o‘ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham o‘rganadi.
Ijtimoiy psixologiya boshqa fanlar kabi o‘zining ob’ekti va predmeti, maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, prinsip va metodlariga ega. Ijtimoiy psixologiyaning o‘ziga xosligi shundaki u kishilarning o‘zaro ta’siri jaryonini namoyon etadi. Ijtimoiy psixologiya gurux va jamoalarda odamlarning o‘zaro, shaxslararo munosabatlarini o‘rganadi.
Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti – hamkorlik faoliyat jarayonida odamlarda xosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, xis – tuyg‘ular, hamda turli xulq – atvor shakllarini ko‘rsatib beradi.
Ijtimoiy psixologiyaning mazmuni bevosita faoliyat vazifasidan kelib chiqadi. Vazifani shaxslar, ijtimoiy guruglar, qatlam va sinflarning maqsad va manfaatlarini amalga oshirishni tashkil etishda ijtimoiy psixologiyaning aloxida sub’ yektlari bajaradigan vazifa sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Ijtimoiy psixologiya ilmiy tekshirishlar bo‘g‘ini sifatida o‘zining aniq vazifalariga ega bo‘lib , ular quyidagilardan iborat.
1.O‘rganish. a insonlarni ijtimoiy ongini ifodalovchi fenomenlarning o‘ziga xosligi. B ular komponentlari orasidagi munosabat. v jamiyat rivoji va xayotiga ta’sirlar.
2.Ma’lumotlarni har tomonlama umumlashtirish. a ijtimoiy psixologik jarayon va xodisalarning kelib chiqish shartlari,shakllanishi, rivojlanishi hamda vazifalari. b bu faktorlarni insonlarni turli jamoalar tarkibida o‘zini tutishi va xatti-xarakatiga ta’siri.
3.Ijtimoiy psixologik jarayonlar va xodisalarni boshqa psixologik va sotsial fenomenlardan aloxida xususiyatlari va farqlarini o‘rganish.
4.Turli ijtimoiy sharoitlarda ijtimoiy psixologik jarayo va xodisalarni funksiyalashuv qonuniyatlarini aniqlashtirish.
5.O‘zaro harakat, muloqat va insonlarning o‘zaro munosabatlari, shuningdek hamkorlik faoliyatining samaradorligi va o‘ziga xosligini ifodalovchi omillarni ijtimoiy psixologik taxlili.
6.Shaxsning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi va uning turli sharoitlarda ijtimoiylashuvini o‘rganish.
7.Ijtimoiy psixologik jarayonlar va xodisalarning kichik guruxlarda yuzaga kelishi, funksiyalashuvini o‘ziga xosligini tushunish va guruxda insonlarni o‘zaro harakati, muloqati, hatti- harakatiga ta’sirini o‘rganish.
8.Katta ijtimoiy guruxlar psixologiyasining o‘ziga xosligi va motivatsion, intellektual- bilish, emotsional – irodaviy va kommunikativ – xulq xususiyatlarini o‘rganish.
9.Ijtimoiy psixologik jarayonlar va xodisalarni ommaviy o‘rganish, uning jamiyat hayotidagi axamiyati va roli, ekstremal sharoitlarda insonlar xatti – harakatigi ta’sirini o‘rganish.
Ijtimoiy psixologiya oldida turgan masalalarni xal qilishga turli usullar bilan erishish mumkin.
Birinchidan, shu soxadagi bilimlarni yaxshilab va har tomonlama nazariy va metodologik ishlab chiqishni amalga oshirish.
Ikkinchidan, ijtimoiy psixologik jarayon va xodisalarni keng ko‘lamda taqqoslab o‘rganish.
Uchinchidan, ijtimoiy psixologiyaning qator masalalari yechimi boshqa fanlar vakillari – sotsiologlar, siyosatshunoslar, etnograflar, antropologlar pedagoglar va boshqalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shunday qilib ijtimoiy psixologiya jamiyatga , uning rivojlanishi turli yo‘nalishlarida jiddiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Ijtimoiy psixologiya funksiyasi – bu uning tizimli tarkibidir. Ular birinchidan, uning bilish ob’ekti va predmetining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, odamlarning ijtimoiy ongini shakllanishi va jamiyatni ruhiy hayotini fenomenlarini tadqiq qilishda o‘z rolini boshqa fanlar orsidan kelib chiqadi.
Ijtimoiy psixologiyaning funksiyalari quyidagilardan iborat.
1.Metodologik. Ijtioiy psixologiyaning predmeti vaob’ekti aniqlash ehtiyoji bilan bog‘liq; o‘rganilayotgan fenomenlar bilish metodi va prinsipini yuzaga chiqarish; fanning konseptual va insrumental apparatini shakllantirish; empirik izlanishlar natijasini jamiyat hayotida amaliy qo‘llash yo‘lini topish. 2.Nazariy – bilish. Birinchidan, ijtimoiy psixologik jarayonlar qobig‘iga o‘ralgan ijtimoiy psixologik qonuniyatlar va mexanizmlarni bilish. Ikkinchidan, zamonaviy dunyoda determinlashgan ijtimoiy psixologik jarayonlar va xodisalar faktorlari qonuniyatlari va mexanizmlarini funksiyalashuvini anglash. Uchinchidan, ijtimoiy psixologik jarayon va xodisalar, ularning tabiati, ichki qonuniyatlar yuzaga kelishi va rivojlanishi mohiyatini ochish. To‘rtinchidan, guruxiy va ommaviy ijtimoiy psixologik jarayonlarni samarali boshqarish usullari, metodlari va yo‘llarini aniqlash.
4.Regulyativ. Insonlar hayoti va faoliyatida namoyon bo‘luvchi ijtimoiy va iqtisodiy fenomenlar rivojlanishi va funksiyalashuviga ijtimoiy psixologik xodisalar va jarayonlarni qanday bevosita ta’sir qilishini ko‘rsatadi.
5.Prognostik. Inson kelajagi individuallik, jamoaviylik, umuminsoniylik o‘rtasidagi munosabatni optimal aniqlash imkonini beradi.

Download 127,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish