Fanning ma’ruza matni 1-mavzu: Sotsial psixologiya faniga kirish Reja


-Mavzu: Sotsial psixologik g‘oyalar shakllanishi tarixi



Download 127,78 Kb.
bet3/11
Sana09.07.2022
Hajmi127,78 Kb.
#762403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Маъруза матнлари

2-Mavzu: Sotsial psixologik g‘oyalar shakllanishi tarixi
Ijtimoiy falsafiy va sotsiologik ta’limotlarda ijtimoiy – psixologik g‘oyalarni rivojlantirishi. Sotsial psixologiyani mustaqil fan bo‘lib ajralib chiqishida ijtimoiy, ilmiy va ideologik nazariyalarni yaratish bo‘yicha birinchi xarakatlar. «Xalqlar psixologiyasi» uni tarixiy sabablari va vazifalari, Lasarus, Shteyntal tomonidan uni programmasi shakllanishi. «Xalqlar psixologiyasi» ga Vundtni maxsus yondashuvi. Omma va olomon psixologiyasi. Tard ishlarida uch manbalarni va uch tugallanishni «Ijtimoiy xarakat instinkti nazariyasi» (Mak Daugall).
Sotsial psixologiyani chet eldagi hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan asosiy nazariy konsepsiyasi. Yevropa sotsial psixologiyasida katta guruxlar va ommaning ijtimoiy jarayonlarini taxlil qilishga qiziqishning uyg‘onishi.


3-mavzu:Sotsial psixologik tadqiqotni metodologik muammolari
Reja.
1.Metodologiya tushunchasi.
2. Ijtimoiy psixologiyaning metodlari.
3.Ijtimoiy psixologiya metodlari va amaliyot.
Ijtimoiy psixologiya boshqa fanlardan mavzu bahsi bilangina emas , balki , balki u yoki bu g‘oyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari, faktik ma’lumotlar to‘plash bilan ajiralib turadi. Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o‘ziga xoski, ularda metodologik muommolarga qiziqish ancha yuqoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib , ular avvalo jamiyatda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan – texnika taraqqiti maqsadlari bilan fan maqsadlarining uyg‘unlashuvi, amaliyotning fan oldiga qo‘yayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nihoyat har bir fanda ro‘y berayotgan o‘z tadqiqot prinsiplari va tekshirish usullarining qayta ko‘rib chiqishga intilishning yaqqol namoyon bo‘layotganligidir.
Metodologiya – bu fanlar uchun yo‘nalish beradigan ilmiy bilish hisoblanib, u fanda tadbiq etiladigan tadqiqot usullarining majmui hisoblanadi. G.M.Andreeva ijtimoiy psixologiyanining metodologik muommolariga to‘xtalar ekan uning bu boradagi vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. Metodologik muommolarga qiziqish – deb ta’kidlaydi u - ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir”. Metodologiya deganda rus olimlari ushbu fanning falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadtgan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni, “Metodologiya” tushunchasi konkret metodlar .yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muommolariga quyidagilar kiradi.
1.Empirik ma’lumotlar muommosi. Har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jixatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, itimoiy psixologiya bo‘yicha sof eksperimental ish qilinganida ilgari sinalgan usul .rdamida cheklangan miqdordagi kishilar .ki gurhda tadqiqot o‘tkazish mumkin-bu eksperimental ma’lumotlar deyiladi. Ba’zi tadqiqotchilar ko‘p sonli tekshiriluvchilar bilan ish olib boradilar,bunda turli guruhlarni o‘zaro taqqoslash bilan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrelyatsion tadqiqolar deb ataladi.
2.Ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muommosi. Tadqiqotchi ilmiy tadqiqotini boshlashidan oldin aniq taxminlar yuritadi. Taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muommo bo‘yicha pishiq puxta nazariyaning bor – yo‘qligiga bevosita bog‘liq.
3.Ijtimoiy psixologik ma’lumotlarnining sifati masalasi,ya’ni ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir.Ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati uning ishonchliligi bu avvalo tadqiqotchining tadqiqot ob’ektini qanchalik to‘g‘ri tanlagani hamda to‘plagan ma’lumotlarning ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi.
Ma’lumotlarning sifati tadqiqotchining o‘z ishlari bo‘yicha tuzgan hisobotiga ham bog‘liq. Ijtioiy psixologik tadqiqot to‘g‘risidagi hisobot quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
1.Kirish qism.
2. Dastur qism.
3.Tadqiqot ob’ekti va uslublar.
4.Natijalar.
5.Xulosa va tavsiyalar.
6.Yakun.
7.Ilova.
Har bir fanning aloxida o‘urganish metodlari bo‘lganideg ijtimoiy psixologiyaning ham o‘zmetodlari va ularni qo‘llash vositalari mavjud. Ijtimoiy psixologiyada qo‘llaniladigan metodlar psixologiya va sotsiologiya fanlarida qo‘llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o‘ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo‘llari va ma’lumotlari ilmiy jixatdan taxlil qilishda qiladi. Ijtimoiy psixologiyaning metodlari quyidagilardan iborat.
1.Kuzatish metodi.
2.Ijtimoiy psixologik eksperiment.
3.So‘rov metodi.
4 Kontent – analiz.
5 .Ijtimoiy psixologik testlar.
6.Proektiv metodlar.
Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq- atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi qo‘llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi kerak.
1.Kuzatish maqsadi aniq bo‘lishi va ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim.
2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish.
3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil kuzatuv oli borish.
4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida tekshirib ko‘rish.
Ijtimoiy psixologiyada qo‘llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud.
A.Tashqi kuzatish – kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda ularning hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo‘shimcha vosita sifatida ishlatiladi.
B.Qo‘shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faolitiga bevosita aralashib, kerak bo‘lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning qulayligi shundaki, kuzatilayotganlar o‘zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar,kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar.
V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo‘lgan munosabati, o‘zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo‘llari kuzatiladi.
So‘rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish jarayonida inson psixologiyasidagi o‘zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq – atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. So‘rov metodi ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi,ayniqsa, anketa so‘rovi, intervyu shular jumlasiga kiradi.Ushbu so‘rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir. So‘rovni o‘tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqat madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqatdir.Intervyu o‘tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muxim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada rolli o‘yinlar metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadilar.
Anketa metodi. Bu metod yordamida turli yoshdagi va turli kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga bo‘lgan munosabatlari o‘rganiladi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa tekshiriluvchidan o‘z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo‘lib tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan , o‘zining qarashlari fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab boradi.
Anketa tuzilishi jixatdan uch qismga bo‘linadi.
1.Kirish qism. Bu qism respondetga murojaat deb nomlanib, odatda tadqmqot o‘tkazilayotgan tashkilot nomi, tadqiqot maqsadlari va ularning foydasi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma’lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi, anketani to‘ldirish yo‘llari va boshqalar yoziladi.
2. Asosiy qism. Bunga berilayotgan savollar tartibiga e’tibor bergan xolda savollar kiritiladi. Chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa , bu narsa respondentni cho‘chitib qo‘yishi, xattoki, anketani to‘ldirmasdan qaytarib berishga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham boshshida yengil savollar berilib,tekshiriluvchilarni qiziqtirib keyin psixologik savollarga o‘tish lozim.
3.Yakuniy qism. Bunda tekshiriluvchi shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasbi va boshqalar so‘raladi.
To‘plangan ma’lumotlarga statistik qayta ishlov beriladi .ki ular kompyuterlar yordamida analiz qilinadi.
Ijtimoiy psixologik eksperiment. Ijtimoiy psixologik eksperiment – bu ijtioiy hodisalarni o‘rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqatdir. Ijtimoiy psixologiyada ham umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlari farqlanadi.
Proektiv metodlar. Bu test usullarining bir ko‘rinishi bshlib, unda tekshirluvchiga aniq tizim yoki ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig‘i beriladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga turli xil rasmlar, tugallanmagan hikoyalar,biron aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan buyumlar berilishi mumkin va tekshiriluvchilarning bergan turlicha talqiniga ko‘ra ularning qiziqishlari, hissiy olami, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berish mumkin.
Proektiv usullarga mashxur Rorshaxning siyoh dog‘lari testini, S.Rozensveygning rasmli assotsiatsiyalar usulini kiritish mumkin.
Kontent – analiz metodi . Bu metodning ilmiy mohiyati shuki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajiralib turadi. Uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni, ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan esa tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.



Download 127,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish