Fanning ma’ruza matni 1-mavzu: Sotsial psixologiya faniga kirish Reja


-mavzu: Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va muomalaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari. Ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlar



Download 127,78 Kb.
bet4/11
Sana09.07.2022
Hajmi127,78 Kb.
#762403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Маъруза матнлари

4-mavzu: Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va muomalaning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari. Ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo munosabatlar
Reja.
1. Munosabat tushunchasi.
2. Ijtimoiy rol tushunchasi.
3. Shaxslararo munosabatlar.
Inson har qanday birgalikdagi faoliyatida, hatti – harakatida odamlar bilan birga munosabatda bo‘ladi. Munosabatning qanday bo‘lishi, qanday rivojlanishi individning o‘ziga bog‘liq bo‘lib dinamik xususiyatga ega, ya’ni hamkorlikdagi faoliyati jarayonida kontaktga kirishadi, hamda uni o‘rab turgan sharoitga moslashadi. Ijtimoiy psixologiyada munosabat tushunchasi ikki xil ma’noni anglatadi.
1.Keng ma’nodagi munosabat.
2.Tor ma’nodagi munosabat.
Munosabat keng ma’noda ijtimoiy munosabatlarni bildiradi. Ijtimoiy munosabat orqali insonni sotsial muxitdagi ehtiyojlari, motivlari belgilab beriladi. Munosabat keng ma’noda – insonni har qanday , ya’ni bevosita va bilvosita jipsligi va ideal aloqasini atributidir
Munosabat tor ma’noda quyidagilarni bildiradi.
1. Munosabat – bu inson psixikasining ichki va tashqi aloqasining mazmunidir.
2. Munosabat – psixologiya fanlarining katigoriyasidir.
3. Munosabat – insoning hap qanday aloqada konkret harakatini anglatadi.
4. Munosabat – bu insonlarni tashqi olam bilan, o‘z atirofidagi odamlar bilan bo‘lgan munosabatida emotsiyalarning namoyon bo‘lishidir.
O‘zaro munosabatning yuzaga kelishi insonning bajaradigan roliga bog‘liq.
Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlarni majmuini bildiradi. Har bir inson sotsial – demografik rolni bajaradi, ya’ni ota –ona, farzand, nevara va.x.k. Bajarilayotgan rollarning ko‘plari insonni individual xususiyatlarini namoyon qiladi.
1.Shaxslararo rol - shaxslararo munosabat jarayonida insonning individual xususiyatlarini, emotsional xolatlarini namoyon etishini bildiradi.
2.Aktiv rol - insonning ayni bir vaqtda bajaradigan roli Masalan, o‘qituvchining dars jarayonida bajaradigan roli
3.Latent rol – har bir inson hayotda latent rolni bajaradi. Masalan, o‘qituvchi maktalda o‘qituvchi, lekin uyda ona yoki ota,do‘stlar orasida o‘rtoq yoki dugona rolinibajaradi.
4.Xayotda ortirilgan rol - inson yoshi, jinsi, millatidan qa’tiy nazar ijtimoiylashuv jarayonida ma’lum bir rolni o‘zlashtiradi.
Munosabat kategoriyasi insonlarning birgalikdagi harakatlarmda,sub’ekt – sub’ekt munosabatida namoyon bo‘ladi. Sub’ekt – sub’ekt munosabati insonlarni ehtiyojlari, ehtiyojlarni qondirishda ob’ektiv xolatga tayyorligini bildiradi. Tayyorgarlik insonlarni munosabatga kirishish imkoniyatlarini ochib beradi. Sub’ekt – sub’ekt munosabati faqatgina insonni inson bilan munosabatini emas, balki o‘ziga bo‘lgan munosabatini ham bildiradi. Demak psixologik munosabatlar sub’ekt – ob’ekt , sub’ekt – sub’ekt mnosabatlarida namoyo bo‘ladi. Shaxslaroar munosabat bu birgalikda faoliyatda bo‘lgan insonlarning emotsiyalari,hissiyotlari asosida yuzaga keladi. Bunday emotsiyalar odamlarning birgalikdagi harakatlarida, faoliyatlari davomida bir – birlari bilan bo‘lgan munosabatlarida, ularning mehnatga bo‘lgan munosabatida, o‘ziga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida o‘z aksini topadi.
Shaxspararo munosabatlar ma’nosini tushuntirishda asosiy parametrlar quyidagilardan iborat.
1. Partnyorlar o‘rtasidagi masofa. ( uzoq, yaqin masofa. )
2. Munosabatlarni baholash.( pozitiv, negativ,qarama – qarshi fikr, befrqlik.)
3. Partnyorlar pozitsiyasi. ( dominantlik, bog‘liqlik, tenglik.)
Shaxslararo munosabatning yuzaga kelishi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
1.Odamlar o‘rtasidagi aloqa.
2.Insonlarni bir – birini idrok qilishi va baho berishi.
3.Muloqat.
4.Odamlar o‘rtasada munosabatni yuzaga kelishi.
5.Odamlarni hamkorlikdagi faoliyati jarayonida bir – brini tushunishi.



Download 127,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish