Fanning ma’ruza matni 1-mavzu: Sotsial psixologiya faniga kirish Reja


-mavzu: Shaxslararo munosabatlar tizimida muomalaning o‘rni



Download 127,78 Kb.
bet5/11
Sana09.07.2022
Hajmi127,78 Kb.
#762403
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4. Маъруза матнлари

5-mavzu: Shaxslararo munosabatlar tizimida muomalaning o‘rni
Reja:
1.Muomala haqida tushuncha.
2.Muomala funksiyalari
3.Jamiyat rivojlanishida muomalaning roli
Muomala - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o‘qish, o‘yin, ijod qilish va boshqalar) o‘zaro munosabat va o‘zaro ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqatga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
Bir qarashda osonga o‘xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqatning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqat shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni.
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo‘lib, dastlabki bosqich-odamning o‘z-o‘zi bilan muloqatidir. T.Shibutani “Ijtimoiy psixologiya” darsligida: “Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi” – deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqati aslida uning boshqalar bilan muloqatining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqat qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqat-muloqatning ikkinchi bosqichidir.
A.N.Leontev o‘zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida muloqatning uchinchi shakli-avlodlar o‘rtasidagi muloqatning ahamiyati to‘g‘risida shunday deb yozadi: “Agar barcha katta avlod o‘lib ketganda, insoniyat turi yo‘q bo‘lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo‘qolib ham ketishi mumkin edi ”. Haqiqatdan ham, avlodlararo muloqatning borligi tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqat jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Muloqat murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ham ayrim olingan muloqat shaklini analiz qilganimizda, unda juda xilma-xil ko‘rinishlar, komponentlar va qismlar borligini aniqlashimiz mumkin. G.M.Andreeva muloqatning quyidagi tuzilishini taklif etadi:

  1. Muloqatning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqatga kirishuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi jarayoni).

  2. Muloqatning interaktiv tomoni (ya’ni muloqatga kirishuvchi tomonlarning hulq-atvorlariga ta’sir jarayoni).

  3. Muloqatning perseptiv tomoni (ya’ni muloqatga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixologik jarayon).

Ko‘pgina olimlar muloqatning inson hayotidagi ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekanlar, uning qator vazifalari, funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi: a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv; v) hissiyotlar almashinuvi.
Muloqat mavzui va yo‘nalishiga ko‘ra, uning a) ijtimoiy yo‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqat); guruhdagi predmetga yo‘naltirilgan (o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini amalga oshirish mobaynidagi muloqat-mehnat,ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqati); shaxsiy muloqat (bir shaxs bilan o‘z muammolarini ochishmaqsadida o‘rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqati (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o‘rtasida amalga oshiriladigan murakkab o‘zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi.



Download 127,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish