8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 3-mavzu



Download 1,41 Mb.
Sana19.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#392237
Bog'liq
Jamiyat

Jamiyat

8-sinf O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani 3-mavzu

Siz “jamiyat” so‘zini hayotda ko‘p bora eshitgansiz. Masalan, ko‘pgina firmalarning nomi yoniga “mas’uliyati cheklangan jamiyat” deb yozib qo‘yilgan bo‘ladi.

Bunday firmalarni bir necha kishi birgalikda tadbirkorlik faoliyati yuritish maqsadida tashkil qiladi.

Ya’ni ular birgalikda faoliyat yuritish maqsadida kichik jamiyat tuzadilar. “Iste’molchilar jamiyati”, “Ko‘zi ojizlar jamiyati”, “Faylasuflar jamiyati” kabi atamalar ham qulog‘ingizga chalingan bo’lishi ehtimol.

Bu jamiyatlarga o‘z navbatida iste’molchilar o‘z huquqlarini birgalikda himoya qilish maqsadida, ko‘zi ojizlar birgalikda ishlab chiqarish yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida birlashadilar.

Mana shu atalgan jamiyatlarning qay birini olmang muayyan odamlar jamoasi muayyan maqsadlarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro birlashganligini ko‘ramiz.

“Jamiyat” atamasining keng, to‘la ma’nosini o‘rganish uchun yana sizning hayotingizdan misol keltiramiz.


Kattalar sizga yoki o‘rtoqlaringizga “o‘sib, ulg‘ayib tinch farovon jamiyatimizning munosib a’zosi bo‘lib kamolga yetgin” degan tilaklar bildirganligining ko‘p marta guvohi bo‘lgansiz.

Eng qadimgi zamonlarda — ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar orasida o‘ziga xos qoidalar mavjud bo‘lgan.


Odamlar ilk bora to‘da, urug‘ jamoalari va qabilalarga birlashganlarida o‘zlariga yo‘lboshchi, urug‘ boshlig‘i va qabila boshliqlarini tayinlaganlar.

Jamiyat birgalikdagi hayotiy faoliyatlari jarayonida birlashgan odamlarning muayyan murakkab tuzilmasidir.

Bu tuzilma unga kirgan a’zolar, ya’ni odamlarning oddiy guruhi yoki to‘plami emas, balki muayyan qoidalarga asosan birlashgan jamoasidir.

Odamlar o‘z iste’moli uchun kerakli ashyolarni tayyorlab, ishlab chiqarib oladilar va o‘zlari yashashlari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoitlarni ham o‘zlari yaratadilar.

Inson jamiyat a’zosi bo‘lar ekan shu ijtimoiy shart-sharoit og‘ushida yashaydi.

Jamiyat – muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va manfaatlariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa.

Jamiyat turli odamlarning oddiy guruhi yoki jamoasi emas.


Jamiyat – murakkab ijtimoiy tuzilma.

U – odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari mahsuli.

Savol va topshiriqlar

1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar?

2. “Har qanday jamiyat jamoadir” degan fi krni asoslab bering.

3. “Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘la olmaydi” degan fi krni asoslab bering.

4. Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning qanday ahamiyati bor?

5. O‘zingizning jamiyatdagi rolingizni kuchaytirish uchun kelajakda nimalarga erishishni istar edingiz?

6. “Jamiyatni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi” degan mulohazaga siz qanday qaraysiz? Fikringizni asoslang.

7. “Jamiyat – ijtimoiy munosabatlar majmui, yig‘indisi”, – degan e’tirof zamirida nimalar yotibdi deb o‘ylaysiz?


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish