Fan/modul kodi


Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o’ sish sur’ atlariga ta’ siri



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/251
Sana07.05.2023
Hajmi5,52 Mb.
#936170
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251
Bog'liq
PUL VA BANKLAR FANIDAN MAJMUA

Inflyatsiyaning makroiqtisodiy o’ sish sur’ atlariga ta’ siri. 
Inflyatsiyaning investitsion jarayonlarga ta’ siri. 
Inflyatsiya asosan uch yo’ nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo’ nalishda maxsulotlar, 
ishlar va ko’ rsatiladigan xizmatlarga bo’ lgan narxlarni asossiz ravishda o’ sib ketishi 
tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish 
qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo’ nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy 
valyutanign kursi pasayib ketadi. Buning natijasida xo’ jalik yurituvchi sub’ ektlar va 
mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, 
shveytsariya franki va boshqalarni) jamg’ ara boshlaydi. Uchinchi yo’ nalishda oltinga 
bo’ lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko’ tarilib ketadi. Buning natijasida 
mamlakat aholisi o’ rtasida oltinning to’ planib qolishi, ya’ ni tezavratsiya amalga 
oshadi. 
Umuman olganda, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar pul 
massasining prognoz ko’ rsatkichlaridan past bo’ lishini ta’ minlash va inflyatsiya 
darajasiga monetar omillar ta’ sirining oldini olish imkonini berdi. 
O’ z navbatida, depozitlar va banklararo pul bozorida foiz stavkalarining pasayishi 
tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar 
bo’ yicha foiz stavkalarining pasayishiga xizmat qildi.
Banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Banklar 
tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat 
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va 
rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish 
o’ rinlari tashkil etishga qaratilgan dasturlar doirasidagi investitsion loyihalarni 
moliyalashtirishga yo’ naltirilmoqda. 
Pullar taklifini tartibga solish 
Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga ko’ ra uning ikki toifasini ko’ rsatish mumkin: 
talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog’ liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi). 


136 
Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an’ anaviy turi talab oshib ketganda 
yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’ la qondira olmaydi, taklifga 
nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o’ sadi. Kam miqdordagi 
tovarlarga ko’ p pul massasi to’ g’ ri keladi. 
Talab inflyatsiyaning yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat: 
a) harbiy xarajatlarning o’ sishi va iqtisodiyotning militarlashuvi. 
Harbiy texnika sotib olish va boshqa harbiy xarajatlarni qoplash bilan 
bog’ liq bo’ lgan jarayonlar muomala uchun keragidan ortiqcha pul chiqarishning omili 
hisoblanadi; 
b) davlat qarzlarining o’ sishi va byudjet taqchilligining mavjudligi. 
Byudjet taqchilligi, odatda, zayomlar chiqarish yoki banknotalarni emissiya 
qilish yo’ li bilan qoplanadi. Bu, o’ z navbatida, qo’ shimcha muomala vositalari 
bo’ lishiga, qo’ shimcha talab yuzaga kelishiga olib keladi. O’ zbekistonda byudjet 
taqchilligi yuqoridagidan tashqari, 1996 yildan boshlab davlat qisqa muddatli 
majburiyatlarini (DQMO) sotish orqali ham qoplanmoqda; 
v) xalq xo’ jaligiga ortiqcha kreditlar berish natijasida muomalada kredit bilan bog’ liq 
muomala vositalari yuzaga keladi. Bular tovar va xizmatlarga bo’ lgan talabni oshiradi. 
g) chet el valyutasining mamlakatga kirib kelishi va uning milliy valyutaga almashinuvi 
natijasida, muomalada pul massasi ortib boradi, milliy pulga nisbatan chet el 
valyutasining qadri oshadi; 
d) xalq xo’ jaligining etakchi tarmoqlarini keragidan ortiqcha investitsiyalash ham 
aylanmaga qo’ shimcha pul ekvivalentlarini chiqarishga olib keladi.
Shunday qilib, talab inflyatsiyasi umumiy talabning o’ sishi natijasida 
baholar o’ sishi bilan namoyon bo’ ladi. 
2. Inflyatsiyaning sotsial iqtisodiy oqibatlari. Pul muomalasini barqarorlashtirish va 
inflyatsiyani bartaraf qilish yo’ llari. 
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy 
jihatdan qaramaqarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat 
inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora tadbirlarini ishlab 


137 
chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari– inflyatsiyaga qarshi siyosat 
va pul islohoti hisoblanadi. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   251




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish