Naqd pul mablag'larini jalb qilish va unga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'G'risida”



Download 39 Kb.
Sana07.04.2017
Hajmi39 Kb.
#6237
NAQD PUL MABLAG'LARINI JALB QILISH VA UNGA BO'LGAN EHTIYOJNI TA'MINLASH BORASIDAGI QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA”

Qayd etib o'tilsinki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Banklardagi depozit hisobvaraqlaridan naqd pul mablag'larining uzluksiz bershshshini ta'minlash kafolatlari to'g'risida" 2005 yil 5 avgustdagi PQ-147-sonli qarorini ijro etish borasida ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda tijorat banklarida va ularning filiallarida mijozlarning birinchi talabiga binoan naqd pullarning kafolatlangan va uzluksiz berilishini ta'minlovchi nakd pul mablag'lari zahiralarini shakllantirishga oid normativlar belgilandi.

Axborotlarni yig'ish va ularga ishlov berishning elektron tizimini joriy etish asosida tijorat banklari tomonidan naqd pul zahiralari bo'yicha belgilangan normativlarga rioya qilinishi ustidan kundalik monitoring ta'minlanmoqda. Tijorat banklarining naqd pullarni etarli miqdorda saqlab turishga oid faoliyatlarini rag'batlantirishning iqtisodiy vositalari joriy etildi.

2008 yil 1 mart holatiga ko'ra tijorat banklarida shakllantirilgan nakd pul zahiralari hajmi tasdiqlangan eng kam zahira miqdoridan 2 martaga ko'pdir, bu esa aholiga va xo'jalik sub'ektlariga ularning talabiga binoan naqd pul mablag'larini uzluksiz berib borish hamda ish haki, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash imkonini beradi.

Shu bilan birga joylarda naqd pullarning bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, chakana savdo va aholiga pulli xizmatlar ko'rsatishni rivojlantirish, belgilangan savdo va naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish qoidalariga qat'iy rioya etilishi, naqd pul tushumlarining o'z vaqtida va to'liq miqdorda banklar kassalariga kirim qilinishini ta'minlash borasidagi ishlar hali etarli darajada tashkil etilmagan. Natijada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashkadaryo, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida, respublikaning qator shahar va tumanlarida banklar kassalariga kelib tushayotgan naqd pullar hajmi ulardagi ish haqi, pensiya va nafaqalar to'lovi uchun etarli emas, bu esa naqd pul mablag'larini, ularni qayta taqsimlash hisobiga to'ldirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Mijozlarga o'z vaqtida xizmat ko'rsatish uchun tijorat banklarining naqd pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojlarini to'laroq qondirish, shuningdek 2008 yilda pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini o'rtacha 1,5 baravarga oshirish tadbirlari amalga oshirilishi munosabati bilan naqd pul mablag'larini bank aylanmasiga qo'shimcha ravishda jalb qilish maqsadida:

1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

tijorat banklari bilan birgalikda 2008 yil 1 apreldan boshlab tijorat banklari va ularning filiallari kassalarida naqd pul zahiralarining eng kam miqdorini banklar mijozlarining naqd pul mablag'lariga bo'lgan ikki kunlik ehtiyojlari darajasida belgilasin;

respublikaning har bir mintaqasi bo'yicha naqd pul oqimi, naqd puldagi hisob-kitoblar holati, tijorat banklari kassalariga naqd pul tushumi va xarajati hajmini chuqur tahlil qilgan xolda naqd pullarni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari o'rtasida tezkor ravishda qayta taqsimlab borsin;

belgilangan naqd pul zahiralarining eng kam miqdorini ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining o'zgarishidan kelib chiqqan holda mutanosib ravishda o'zgartirish bo'yicha tezkor choralarni ko'rsin;

banklarning aylanma kassa qoldiqlariga belgilangan limitdan oshgan pul mablag'lari summasini naqd pul mablag'lari zahirasiga majburiy tarzda o'tkazish talabiga tijorat banklari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.

Naqd pul zahirasi bo'yicha belgilangan normativlarga amal qilinmagan taqdirda tijorat banklarining mas'ul shaxslariga nisatan O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 va 182-moddalariga muvofiq intizomiy jazo choralari qo'llansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq ko'mitasi Markaziy bank, tijorat banklari, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilar bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini ta'minlasin:

naqd pul mablag'larining to'liq tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasida haqiqiy tovar aylanish hajmlarini aniqlagan holda muntazam nazorat tekshiruvlarini o'tkazish;

naqd tushumlarning, shu jumladan, yuqori likvidli tovarlar, alkogolli va tamaki mahsulotlari savdosidan, aloqa va yo'lovchi transportida xizmat ko'rsatishdan, kvartira haqi va kommunal to'lovlardan, berilgan kreditlarning naqd pulda qaytarilishidan tushgan mablag'larning o'z vaktida va to'la hajmda banklar kassalariga kelib tushishini ta'minlash;

yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo'lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni naqd pulga ulgurji sotish va plastik kartochkalardan foydalangan holda to'lovlarni qabul qilishdan qonunga xilof ravishda bo'yin tovlash hollariga yo'l qo'ymaslikka alohida e'tibor bergan holda ularning belgilangan savdo qoidalariga so'zsiz rioya qilishlarini, nazorat-kassa mashinalaridan va hisob-kitob terminallaridan foydalanishlarini ta'minlash ustidan nazoratni kuchaytirish.

Savdo va naqd pul tumushini banklar kassalariga topshirish, nazorat-kassa mashinalaridan va hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari ko'rilsin.

3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilar bo'yicha kompleks qo'shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta'minlasin:

pul muomalasi holatini chuqur tahlil etish asosida naqd pul mablag'larini banklar kassalariga jalb etishning mavjud zahiralarini aniklash, viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo'yicha kassa aylanmalarining choraklik va oylik prognozlarini sifatli tayyorlash;

naqd pul tushumiga ega bo'lgan mijozlarni keng darajada qamrab olgan holda inkassatsiya yo'nalishlarini maqbullashtirish va ko'paytirish;

aholidan kommunal va boshqa to'lovlarni qabul qilish bo'yicha ixtisoslashtirilgan ko'chma maxsus kassalar tarmog'ini kengaytirish.

4. Respublika Pul-kredit siyosati komissiyasi (F.M.Mullajonov) har oyda respublika mintaqalarida banklar kassalariga naqd pullar tushumi barqaror oshib borishini ta'minlashga doir ishlar ahvolini ko'rib chiqsin va bo'sh pul mablag'larini bank aylanmasiga jalb etishni kengaytirish bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilsin.

5. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta'minlasin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S.Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmalariga yuklansin.



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.Karimov

Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish