Fanidan O‘quv metodik majmua


Jgutning to‘g‘ri qo‘yilganligini tekshirish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Jgutning to‘g‘ri qo‘yilganligini tekshirish

Ko‘pincha jgut yelka va son sohasiga qo‘yiladi. Agar 
haqiqiy tibbiy jgut bo‘lmasa, u holda qo‘lga ilingan istalgan matoni «burama – jgut» shaklida qo‘llash 
mumkin. Ammo arqon va sim ishlatish man qilinadi, chunki ular to‘qimalarni shikastlaydi. Tibbiy jgut – 
egiluvchan rezina tasma bo‘lib, oxirgi uchida qo‘l va oyoqqa mahkamlanadigan moslamasi bor. 
Jgut qo‘yish texnikasi

Jgutni ikki qo‘llab ushlab, yengil tarang qilib, har bir aylanmani oldingisi bilan 
yonma-yon qo‘yib, so‘ng jgut mahkamlanadi. Burama jgut qo‘yish uchun mato (ro‘molcha, bint)ni 
arqonsimon holatda o‘rab, qo‘l yoki oyoqqa tugun shaklida bog‘lanadi, so‘ng kichik tayoqcha yordamida qon 
oqishi to‘xtaguncha buraladi. Tayoqcha buralib bo‘shab ketmasligi uchun uni alohida bog‘lab qo‘yiladi.
Qon ketishi to‘xtagach, jarohatga bog‘lam qo‘yiladi. Jgut qo‘yishda quyidagi qoidalarni esda tutish 
kerak: jgut asosan songa yoki yelkaga qo‘yilishi lozim, chunki u yerda bitta suyak bor; jgut tanaga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmaydi, albatta, uning ostiga biror nima qo‘yish kerak; jgutni yozda 1,5 soatdan, qishda 
bir soatdan oshmagan muddatga qo‘yish mumkin; jgut qo‘yilgan vaqtni aniq qilib yozib, yopishtirib qo‘yish 
kerak. 
Jgut qo‘yilgandan so‘ng uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘yilganligini aniqlash katta ahamiyatga ega. 
Buning uchun qo‘l va oyoqlardagi puls aniqlanadi. Agar puls yo‘q bo‘lsa, jgut to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. Biron 
sababga ko‘ra, 1–1,5 soat davomida bemorni kasalxonaga olib borishning iloji bo‘lmasa, u holda 10–15 
minutga jgut bo‘shatiladi va bir vaqtning o‘zida barmoq bilan jarohatdan yuqorisi bosib turiladi. Qish vaqtida 
oyoq va qo‘lni o‘rab, issiq saqlash tavsiya qilinadi. Kichik o‘lchamli arteriya yoki vena shikastlanganda siqib 
turuvchi bog‘lam qo‘yish kifoya. 
Qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatishda jarohatga steril doka yoki bint hamda paxta qo‘yib bog‘lanadi. 
Uncha katta va chuqur bo‘lmagan jarohatlarga yuqoridagi usulni qo‘llash qon ketishining batamom to‘xtatish 
chorasi hisoblanadi. Qolgan hollarda batamom qon to‘xtatish uchun jarrohlik klinikalarida tikish, bog‘lash 
yoki shikastlangan tomirlarni kuydirish kabi usullar ishlatiladi. 


119 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish