Fanidan O‘quv metodik majmua


Qorin bo‘shlig‘i organlaridan qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Qorin bo‘shlig‘i organlaridan qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish. 
Qorin qanday 
shikastlanmasin birinchi yordam ko‘rsatish qoidalariga amal qilish kerak. Zudlik bilan tez yordam chaqirib, 
shokka qarshi choralar ko‘rishga harakat qilish kerak. Tana haroratini normal tutib, tashqi qon ketishida 
qo‘shimcha yordam ko‘rsatish zarur: 
1. Jabrlanuvchini ehtiyotkorlik bilan orqasiga yotqizish. 
2. Jarohat atrofidagi kiyimni yechish. 
3. Ochiq jarohatga namlangan toza tampon-bog‘lam qo‘yish. (Krandagi iliq suvdan ham foydalanish 
mumkin). 
4. Qon oqishini to‘xtatish uchun jarohatni bosmaslik kerak. 
5. Ichki organlar jarohat orqali tashqariga chiqib qolgan hollarda ularni qorin bo‘shlig‘iga qaytarib 
solmaslik zarur. 
Burun qonashi. 
Burunda shikastlanganda qon ko‘p ketadigan ko‘plab qon tomirlar mavjud. Odatda qon 
burun kataklaridan oqadi, lekin nafas olganda nafas yo‘liga tushib, bo‘g‘ilishga yoki qayt qilishga olib kelishi 
mumkin. 
Burun, odatda, zarbadan shikastlanadi. Natijada qon oqadi. Yuqori qon bosimi yoki dengiz sathidan 
balandlikning keskin o‘zgarishi ham burun qonashiga olib kelishi mumkin. 
Burun qonaganda birinchi yordam ko‘rsatish: 
1. Jabrlanuvchidan o‘tirib, boshini bir oz oldinga egishni va ayni mahalda burun kataklarini 10-15 minut 
siqib turishni iltimos qilinadi. 
2. Qon oqishi to‘xtashi bilan, jabrlanuvchiga qayta qonamasligi uchun burnini ishqalamaslikni, 
kavlamaslikni va qoqmaslikni tayinlanadi. 


116 
3. Sanab o‘tilgan choralar yordam bermasa, qon oqishi qaytalasa yoki u yuqori qon bosimining oqibati 
bo‘lsa, vrachga murojaat qilish zarur. 
4. Jabrlanuvchi hushdan keta boshlasa, qon erkin oqib chiqishi uchun uni yonboshlatib yotqizb, zudlik 
bilan tez yordam chaqiriladi. 
Qon ketishining klinik ko‘rinishlari

Qon ketishida mahalliy va umumiy simptomatik o‘zgarishlar yuz 
beradi. Qon ketishining umumiy belgilari qon ketishi turlaridan qat’i nazar, bir xil kechadi. Qon ketishining 
xususiy (subyektiv) alomatlari sovuq ter, kamquvvatlik, bosh aylanishi, nafas yetishmovchiligi, og‘iz qurishi 
ko‘rinishida kechadi. Yana quloqlarda shang‘illash, ko‘z oldi tinishi va badanda «chumolilar o‘rmalashi» kabi 
alomatlar kuzatilishi mumkin. Yuqoridagi alomatlar va bemor shikoyatlarining ko‘payib borishi qon 
ketishining qanday tezlik va hajmda o‘sib borishiga bevosita bog‘liqdir. Katta miqdorda qon ketishi, o‘tkir 
kamqonlik, ya’ni gemmoragik shok klinikasining har xil og‘irliklarida kechishi mumkin.
Masalan, butun qon aylanish doirasida aylanayotgan qon hajmining 20–25 % (1000– 200 
ml
) miqdorida 
qon yo‘qotilganda, bemorlarda sovuq ter, keskin kamquvvatlik, og‘iz qurishi va tomir urishining bir minutda 
100 tadan oshib ketishi kuzatiladi. Bunday hollarda arterial qon bosimi me’yorida yoki bir oz pastroq bo‘lishi 
ham mumkin. Umumiy qon aylanish doirasidagi qonning 30–35 % (1500– 1750 
ml
)ga yaqini yo‘qotilganda, 
bemorlarda o‘ziga bo‘ysunmagan holdagi harakatlar, notinchlik, teri va shilliq pardalarining oqarib ketishi, 
lablarning ko‘karishi, tananing uvishishi va tomir urishining 120 tadan oshib, arterial bosimning 70–90 
mm 
simob ustunigacha tushib ketishi hamda siydik ajratishning kamayishi (oliguriya) kuzatiladi. Umumiy qon 
aylanish doirasidagi qon hajmining 35–40 % (1750– 2000 
ml
)ni yo‘qotgan bemor ahvoli ancha og‘ir, yuz 
ifodalari mungli, tanasi sovuq ter bilan qorejagan, terisi oqimtir-ko‘kish rangda, tanasining ochiq joylarida 
haroratning tushib ketganligi va tomirning ipsimon va teztez urishi aniqlanadi.
Umumiy qon aylanish doirasidagi qon hajmining 50 % (2500 
ml
) ni yo‘qotgan bemorning ahvoli keskin 
og‘irlashadi, arterial bosim aniqlanmaydi, tomir urishi minutiga 160 tadan ortib ketadi, yurak asistoliyasi
(yurakning to‘xtab qolishi) sababli qisqa vaqt ichida o‘lim holatiga olib kelishi mumkin. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish