Fanidan O‘quv metodik majmua



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Ochiq jarohatlar. 
(13.12-rasm).Qorin devorining jarohatlari qorin devorini teshib o‘tgan (oshqozon, 
ichak tutqichi (charvi), jigar, taloq va h. k.) va teshib o‘tmagan ko‘rinishlarda bo‘ladi. Qorin bo‘shlig‘ini 
teshib o‘tgan jarohatlarda qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan birontasi jarohatlangan bo‘lsa, bu holatlarga qorindagi 
kuchli og‘riq, qorinning oldingi devori muskullari taranglashganligi va qorin pardasining yallig‘lanish 
simptomlarining musbatligi misol bo‘la oladi.
 
15.3-rasm.Oyoqning ochiq jarohatlanishi. 
 
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi beriladi, agarda 
jarohatdan qorin a’zolari chiqib turgan bo‘lsa, ularni qorin bo‘shlig‘iga to‘g‘rilab, qaytadan joylashtirish 
qat’iyan man qilinadi, aksincha, bu a’zolarni sterillangan matolar bilan o‘rab, qurib qolishining oldini olish 
choralarini ko‘rish tavsiya qilinadi. Agar teshib o‘tgan jarohat belgilari aniq bo‘lsa, u holda bemorga 
shoshilinch og‘riqni qoldiruvchi dori-darmonlar (promedol, morfin) qilinib, zudlik bilan operatsiya 
o‘tkaziladi.
Ovqat hazm qilish yo‘li a’zolari jarohati borligi gumon qilinganda bemorlarga suv ichish qat’iyan man 
qilinadi. 
Umurtqalarning 
shikastlanishi

Umurtqalarning 
quyidagi 
shikastlanishlari 
tafovutlanadi: 
bog‘lamlarning cho‘zilishi va uzilishlari, umurtqalararo diskning shikastlanishi, chiqishi, umurtqa tanasi va 
o‘simtalarining hamda umurtqa yoyining sinishi. Umurtqalarning sinishida orqa miyaning 
shikastlanmaydigan, shikastlanadigan, orqa miyani ezadigan, qisman va to‘liq uzib yuboradigan turlari 
farqlanadi. Orqa miyaning oq moddasi o‘zgarishiga olib keladigan qisman shikastlanishlar natijasida uning 
o‘tkazuvchanligi buziladi.
Orqa ildizlar shikastlanganda sezuvchanlikning hamma turlari va reflekslar yo‘qoladi. Singan 
umurtqalar asoratlarining kechish og‘irligi uning darajasi, xususiyati va orqa miyaning shikastlanish 
darajasiga bog‘liq. Orqa miyaning to‘liq uzilishi natijasida uzoq muddatli falajlik va orqa miya orqali 
innervatsiyalangan joylarning anesteziyasi (sezuvchanlikning yo‘qolishi) yuz beradi. Orqa miya bo‘yin 
umurtqalari bo‘limi shikastlansa, oyoq va qo‘llarning falajlanishi – tetraplegiya kuzatiladi. Bundan tashqari, 
ba’zi hollarda diafragma va qovurg‘a oralig‘idagi mushaklar funksiyasi izdan chiqadi.
Orqa miyaning ko‘krak yoki bel qismlari uzilishi oyoqlarning falajlanishiga – pastki paraplegiyaga olib 
keladi. Orqa miyaning buzilishida qaysi bo‘limda bo‘lishidan qat’i nazar, tos organlari funksiyalari buziladi 
(siydik ajralishi, defekatsiya) va oziqlanishning buzilishi natijasida juda tez orada yotoq jarohatlari yuzaga 
keladi. 
Umurtqalar sinishida birinchi yordam
ning to‘g‘ri amalga oshirilishi juda ahamiyatga ega. Jarohatlangan 
kishini ehtiyotsizlik bilan bir joydan ikkinchi joyga olib yotqizishda suyak siniqlarining siljishi va qo‘shimcha 
shikastlanishlarga, shu jumladan orqa miyaning uzilishiga olib kelishi mumkin. Jarohatlangan kishini ko‘tarib 
boshqa joyga yotqizishda juda ehtiyotkor bo‘lish va faqat bir necha kishi bir vaqtda bahamjihatlik bilan 
ko‘tarishi va yotqizishi lozim. Shikastlanganlar maxsus qattiq zambilda yoki oddiy zambilga taxta qo‘yib, 
unga yotqizilgan holatda tashiladi.

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish