Sinishlardagi birinchi yordam
.Yopiq turdagi sinishlarda shikastlangan a’zoni immobilizasiya qilish
maqsadida transport shinalaridan foydalaniladi, keyin shifoxonaga olib boriladi. Maxsus transport shinalari
bo‘lmagan taqdirda, qo‘l ostida mavjud bo‘lgan vositalardan: faner, karton, taxtacha va shu kabilardan
foydalaniladi.
Agar qo‘l ostida yuqoridagilar bo‘lmasa, qo‘l singanda uni gavdaga, oyoq singanda – uni sog‘lom
oyoqqa bint bilan mahkam qilib og‘lanadi. Singan a’zo bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lganda, bemorni bir
joydan ikkinchi joyga o‘tkazish yoki yotqizishda, suyak parchalari terini ichki tomonidan jarohatlab, yopiq
sinishni ochiq sinishga aylantirib qo‘yishi mumkin.
Bu esa bemorning ahvolini nafaqat og‘irlashtiradi, balki yaraga infeksiya tushish xavfini tug‘diradi,
keyin bu narsa yiringli shamollash jarayoniga va osteomiyelit (suyakning yiringli jarayoni)ga olib kelishi
mumkin. Ochiq sinishda birinchi navbatda qon oqishini to‘xtatish, jarohat atrofidagi terini yodning spirtli
eritmasi bilan artish va aseptik vositalar bilan bog‘lab qo‘yish kerak.
Yelka suyagining sinishlari
.
Yelka suyagining qaysi joyi sinishidan qat’i nazar (yuqori, o‘rta yoki
pastki qismi), birinchi yordam Kramer transport shinalarini qo‘yish bilan chegaralanadi (13.11-rasm).
Avvalo, shikastlangan qo‘lni tanaga yaqinlashtirib, uning tirsak bo‘g‘imi 90
0
C li burchak ostida
bukiladi, keyin tanaga bint bilan mahkam bog‘lanadi. Agar ochiq sinish bo‘lsa, avvalo, qon oqishi to‘xtatilib,
aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Agar bog‘lash materiallari yo‘q bo‘lsa, ko‘ylak va boshqa shu kabilardan
foydalaniladi. Bu kiyimlarning pastki qismi yuqoriga ko‘tarilib, ilgak tugma, qistirgichlar yordamida
mahkamlab qo‘yiladi.
15.2-rasm.Qo’l,elka, oyoqning sinish.
Bilak va kaft suyaklarining sinishlarida, uni harakatsizlantirish uchun kalta simli shinalar yoki qo‘l
ostidagi vositalar ishlatiladi. Buning uchun bilak suyagini tirsak bo‘g‘imidan to‘g‘ri burchak ostida bukib,
bemorning kaftiga ozroq bog‘lov materiali solinadi va uni bemor barmoqlari bilan qisadi. Simli shinani
(g‘ilofli) to‘g‘ri burchak ostida buklab, qo‘l shakliga moslanadi va u qo‘lning orqa yuzasidan, yelkaning
yuqori qismidan boshlab, barmoqlargacha olib boriladi. Keyin shinani qo‘l bilan birgalikda qo‘shib bint bilan
o‘rab chiqiladi. Qo‘l bint yoki ro‘molcha bilan bo‘yinga osib qo‘yiladi. Qo‘l harakatsizlantirilgach, uni tanaga
bint bilan mahkamlab o‘rab qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |