Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi
.Yelkaning chiqishi kuchli og‘riq va uning funksiyasi buzilishi bilan
kechadi. Bemorning chiqqan qo‘li tomondagi yelkasi pastga tushgan, boshi shu tomonga og‘gan, sog‘lom
qo‘li bilan chiqqan qo‘lni ushlab turishga harakat qiladi. Shikastlangan qo‘l tanadan uzoqlashgan, tirsak
bo‘g‘imi bukilgan va xuddi uzayibroq qolgandek ko‘rinadi. Yelka bo‘g‘imining normal yumaloqligi yo‘qolib,
uning tashqi yuzasi, yelka suyagi boshining siljishi natijasida, tekislanib qoladi. Bu bo‘g‘imning faol harakati
yo‘q, sekin harakatlantirilganda yelkaning «tarang fiksatsiyasi» kuzatilib, tirsak bo‘g‘imini tanaga
yaqinlashtirib bo‘lmaydi.
Bilak suyagining chiqishida tirsak bo‘g‘imining hajmi kattalashib, deformatsiyalanadi, qo‘l yarim
bukilgan holatda bo‘ladi. Agar bilak old tomondan chiqqan bo‘lsa, u uzaygandek, orqadan chiqsa, kaltalashib
kolgandek tuyuladi. Barmoqlar ichida, ko‘pincha birinchi barmoqning chiqishi ko‘proq kuzatiladi. Bunda
ko‘proq orqa tomonga va ozroq kaft tomonga siljish kuzatiladi. Barmoqlarning chiqishiga ko‘pincha ularni
zo‘rlab egish sababchi bo‘ladi. Chiqqan barmoq majburiy «miltiq tepkisi» holatida bo‘lib, panjalarga nisbatan
deyarli 90
0
li burchak ostida joylashadi
Oyoq bo‘g‘imlarining chiqishlari
.Son suyagining chiqishi bilvosita katta kuchning ta’siri natijasida yuz
berib, bu kuch kutilmaganda va keskin tarzda sonni ichkariga (orqaga chiqish) yoki oyoqning keskin kerilishi
va uni tashqariga aylantirilishi (oldinga chiqish) natijasida kelib chiqadi.
Sonning orqaga chiqishida oyoq tos-son bo‘g‘imida bukilgan, tanaga yopishgan va ichkariga o‘girilgan,
aylanib qolgandek tuyuladi. Oyoq kaftidagi chiqishlar ko‘pincha to‘liq bo‘lmay (chala chiqishlar deb atash
mumkin), ularni rentgenologik tekshiruvsiz to‘g‘ri tashxislash juda qiyin. Chiqishlarning har xil
lokalizatsiyalaridagi asosiy birinchi yordam shikastlangan oyoq yoki qo‘lni tinch holatga keltirish va bemorni
tezda travmatologik bo‘limga yoki travmopunktlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va chiqqan bo‘g‘imni
o‘rniga solib qo‘yish uchun jo‘natishdan iborat.
Bunday shikastlanishlarda voqea sodir bo‘lgan joyda biron-bir manipulatsiya o‘tkazish mumkin emas,
chunki mutaxassissiz qo‘yilgan tashxis noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bundan tashqari, voqea joyida yetarli
og‘riqsizlantirishning iloji ham yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan joyda chiqqan joyni solish, oyoq-qo‘llarni siltab
tortish, bo‘g‘imlarni passiv harakatga keltirish – yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Bunday bemorlarni
shifoxonaga olib borishda chiqqan qo‘lni ro‘mol bilan bog‘lanadi va tirsak chuqurchasiga yumshoq yostiqcha
qo‘yiladi, oyoq chiqqanda standart simli Kramer shinasi yordamida, u bo‘lmagan taqdirda, qo‘l ostida bo‘lgan
immobilizasiyalovchi vositalar yordamida bintlanib yoki chiqqan oyoqni sog‘lom oyoqqa mahkamlab (bunda
kiyimlar yechilmaydi), keyin jo‘natish tavsiya etiladi. Bemorga og‘riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi dori
vositalarini berish mumkin.
Qo‘li chiqqan bemor o‘tirgan holatda, oyoq bo‘g‘imlari chiqqan bemor faqat yotqizilgan holatda
shifoxonaga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |