124
ro‘y beradi, keyin bu hol beixtiyor nafas olishga aylanadi. Baxtsiz hodisalarning 15 foizida suv o‘pkaga
tushmaydi, biroq jabrlanuvchi bo‘g‘ilib o‘ladi.
Cho‘kishni oldini olish maqsadida oila a’zolarning hammasi suzishni o‘rganib olishi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilish, kichkina bolalar chuqurligi 10 sm bo‘lgan joydagi suvda ham cho‘kishi mumkinligini
hisobga olgan holda ularning qarovsiz cho‘milishiga hech qachon ruxsat bermaslik, sho‘ng‘ishdan oldin
suvning chuqurligini hamda tubining holatini tekshirish, oqim tez joyda bo‘lmaslikka va cho‘milmaslikka
harakat qilish, yolg‘iz cho‘milmaslikka harakat qilish, daryo kemalari qatnovi qizg‘in bo‘lgan joylarda
cho‘milmaslikka harakat qilish, agar uzoqqa suzib borish mo‘ljallangan bo‘lsa, bironta odam qayiqda,
qutqarish uchun zarur bo‘lgan barcha zarur narsalarni olgan holda, kuzatib borishi, mast holda hech qachon
suvga tushmaslik va qayiqda suzmaslik, katta bo‘lmagan qayiqda bor bo‘y bilan tik turmaslik, qayiqda,
ayniqsa sovuq kunlarda suzayotganda doim qutqarish nimchasini kiyib olish, biron-bir qutqaruvchi vositani
tayyor tutish kerak.
Suzishni yaxshi bilmaydigan, jismoniy jihatdan quvvatsiz yoki charchagan, kasal yoki jarohatlangan
odam, shuningdek sovuq suvda turgan yoki tasodifan suvga tushib ketgan odam cho‘kishi mumkin.
Cho‘kayotgan odam ongsiz va instinktiv ravishda harakat qilishini tushunib olish kerak. Shuning uchun
ham, cho‘kayotgan odamga yordam berishga harakat qilinar ekan, hech qachon unga darhol yaqin suzib
bormaslik kerak.
Cho‘kish
– o‘tkir patologik holat bo‘lib, insonning tasodifan yoki ko‘zlangan holda suyuqlikka (asosan
suvga) botishi natijasida rivojlanadi va bu atrof muhit bilan gaz almashinuvini hamda nafas organlariga havo
tushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Cho‘kishning terminal holatga o‘tishi suvda sovqotishning
oxirgi bosqichida rivojlanadi, bunda gaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul
harakatlarining buzilishi organizmni stupor holatga va hushning yo‘qotilishiga olib keladi. Asfiksik va haqiqiy
cho‘kish tafovut qilinadi. Asfiksik cho‘kishda to‘satdan kuchli sovqotish natijasida yurak faoliyati va nafas
olishning reflektor to‘xtashi kuzatiladi. Bunga bog‘liq cho‘kish juda tez sodir bo‘ladi. O‘pkalar suv bilan
to‘lmagan, teri qoplamlari esa oqish rangda bo‘ladi. Jabrlanuvchini suvdan olib chiqqandan keyin yuqori nafas
yo‘llaridan ko‘piksimon moddalar ajraladi.
Haqiqiy cho‘kishda esa jabrlanuvchi asta-sekin cho‘kadi, suv sekinlik bilan o‘pkaga tushadi, bemor
ko‘karadi, ko‘pincha og‘iz va burnidan pushti rangdagi ko‘piksimon moddalarning ajralishi kuzatiladi.
Yurakning yopiq massajini o‘tkazganda va ko‘krak qafasiga bosilganda ko‘pik miqdori nisbatan ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: