Vatanparvarlikni tarbiyalash: vatanimiz tarixiga oid bilimlarni hozirgi vaqtda sodir bo‘layotgan muhim voqealarni ma’lum qilish; respublika, mamlakat kelajagiga qiziqishni shakllantirish; o‘z vatani, uning mehnatkash kishilari, ishlab chiqarish novatorlari bilan g‘ururlanish hissini tarbiyalash, tabiat, xalq boyligiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash; vatan oldidagi burchni, uning himoyasi uchun tayyor turishni shakllantrish.
Baynalminallikni tarbiyalash: boshqa xalqlar ilm-fani, madaniyati va san’atiga qiziqishni; mehnat kishilariga chuqur hurmatni, har bir millat, elatning qadr-qimmatini, xususiyatlari, manfaatlariga e’tibor bilan qarashni shakllantirish.
Jamoaviylikni tarbiyalash: ijtimoiy ahamiyatli xulq-atvor motiv-larini tarbiyalash: o‘qish va mehnatda o‘rtoqlariga yordam ko‘rsatish odatlarini shakllantirish; jamoa oldidagi mas’uliyatni tarkib toptirish, o‘ziga va o‘rtoqlariga bo‘lgan talablikni rivojlantirish, gruppada jamoatchilik fikrini shakllantirish; o‘z jamoasi sharafini himoya qilish ehtiyojlarini tarbiyalash.
Insonparvarlikni tarbiyalashda kishilarga mehribonlik, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishni; g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga murosasizlikni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Mehnat motivlarini tarbiyalash, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishni tarbiyalash, jamiyat farovonligi yo‘lida ishlashga o‘z imkoniyatlariga qarab foyda keltirishni shakllantirish, mehnat kishilarning huquq va manfaatlariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash; mehnatga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish; xalq xo‘jaligiga va shaxsning o‘ziga kerak bo‘ladigan kasbni o‘quv yurtida egallashga o‘quvchilarni yo‘naltirish; har qanday ishni o‘z vaqtida bajarish odatini tarbiyalash; ish natijalarini yuqori sifatli bo‘lishiga intilishni shakllantirish; kasbga bo‘lgan qiziqishni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Bilimlar, ta’limga bo‘lgan ijodiy munosabatni tarbiyalash: bilishga bo‘lgan ehtiyojni; shaxs va jamiyat uchun muhim va zarur bo‘lgan bilimlarga yaxlit munosabatni; ta’limning butun mazmunini, dunyoqarashga doir g‘oyalarini chuqur o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishni; hodisalarga davr talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil baho berish ehtiyojini shakllantirish; ta’limning bilishga qiziqish, burch va boshqa motivlarini rivoj toptirishda; shaxsning ma’naviy ehtiyojlarini shakllantirishda; o‘quv faoliyat maqsadlarni qo‘ya bilish va ularga erishishga intilishni shakllantirishlarni tarbiyalashda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |