Taqrizchi: Dotsent M.Shomirzaev
Termiz Davlat universiteti Texnika fakulteti «Kasbiy ta’lim” kafedrasi dotsenti U.Ch. Eshqoraevninng 5111000-Kasb ta'limi: (5330200-Informatika va axborot texnologiyalari) yo`nalishi 4-kurs talabalari uchun «Kasb ta`limi metodikasi» fanidan tayyorlangan o`quv- metodik majmua (UMM) ga yozilgan
T A Q R I Z
Hozirgi kunda Respublikamiz kasb-hunar kollejlari zamonaviy o`quv jihozlari bilan ta'minlangan. Mana shu jihozlardan foydalangan holda o`qitishning ilg`or metodlarini va yangi pedogogik texnologiyalarni joriy eta oladigan pedagog-bakalavrlarni tayyorlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.
«Kasb ta'limi metodikasi» fanini o`rganIshning maqsadi talabalarni kasbiy pedagogik tayyorgarlik ta'lim sohasini 5111000 - «Kasb ta'limi» yo`nalishi ta'lim sohalari bo`yicha ta'lim olayotgan bakalavrlarda kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining ta'limi va tarbiyasi jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yecha olishida hamda ularning texnologiya va ishlab chiqarish ta'limi darslarini olib borishiga yordam beradigan metodik bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Shu dolzarb masalalarni ko`zlab tayyorlangan mazkur o`quv-metodik majmuasi (UMM) – 5111000-Kasb ta'limi: (5330200-Informatika va axborot texnologiyalari) yo`nalishi 4--kurs talabalari uchun «Kasb ta`limi metodikasi» fanidan o`qitish uchun DTS talablari asosida tuzilgan.
O`quv-metodik majmuada fanning maqsad va vazifalari, talaba egallashi lozim bnlgan bilim, ko`nikma va malakalar aniq yoritib berilgan. Shuningdek, o`quv-metodik majmuada fan bo`yicha reyting ishlanmasi va baholash mezonlari, mavzular texnologik xaritasi, ma'ruzalar, amaliy va mustaqil ish mashg`ulotlari mavzulariga oid rejalar, tayanch so`z va iboralar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, fan bnyicha nazorat savollari (yozma, og`zaki va test), yakuniy xulosalar, fanda echimini kutayotgan ilmiy muammolar hamda informatsion-metodik ta'minot: darslik va qo`llanmalar, ilmiy ishlar va dissertatsiyalar ro`yxati, internetdan olish mumkin bnlgan axborotlar saytlari va qo`nshimcha ma'lumotlar keng yoritib berilgan.
Dotsent U.Ch. Eshqoraev tomonidan tayyorlangan o`quv-metodik majmua Oliy ta'lim sohasidagi islohatlar va bugungi kun talablarini hisobga olib tuzilgan. O`quv-metodik majmuadan amalda foydalanishni tavsiya etamiz.
Taqrizchi: dotsent Dusyorov. X.Ch.
Tuzuvchilar: U.Ch.Eshqoraev- «Kasbiy ta’lim» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Sh.Ch. Tursunov – «Kasbiy ta’lim» kafedrasi, K.o`q. Q.x.f.n.
O’quv metodik majmua «Kasbiy ta’lim» kafedrasi qoshidagi kompyuterida tayyorlandi va sahifalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |