Fanidan O`quv metodik majmua



Download 4,41 Mb.
bet83/299
Sana16.06.2022
Hajmi4,41 Mb.
#676062
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   299
Bog'liq
Fanidan O`quv metodik majmua

Psixologik talablar quyidagilardan iborat: pedagoglar o‘quv-chilarning individual, yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olishlari kerak. Masalan, o‘qituvchi pastki kurslarda, odatda, ta’limning asosiy shakli sifatida suhbat, hikoya qilish va yuqori kurslarda esa leksiya, seminar mashg‘ulotlari, muammoli holatga ega bo‘lgan topshiriqlarni tanlaydi.
O‘qituvchilardan o‘quvchilarning xotira, fikrlash, tayyorgarlik darajasi, o‘qishga munosabat, bilim yurtiga kirish sabablari qiziqish va mayillari kabi psixologik va fiziologik xususiyatlarni hisobga olishni talab etadi.
Ma’naviy-axloqiy talablar, eng avvalo, pedagogning shaxsiyatiga taalluqlidir. Kasb ta’limi o‘qituvchisi axloqiy jihatdan qat’iyatli, siyosiy jihatdan savodli, g‘oyaviy etiqodli, xush muomalali bo‘lishi, o‘z kasbini, fanini, o‘quvchilarni sevishi lozim; o‘z nutqi, ko‘rinishiga e’tibor berishi darkor, bunday sifatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z shaxsiy ibrati, namunali yurish-turishi bilan tarbiyalaydi.
Gigienik talablarga harorat rejimiga, yoritish normalariga rioya qilish, o‘quv auditoriyalari, kabinet, laboratoriya, ko‘rgazmali qurollar (plakat, diopozitiv va kinofilmlar) ning estetik jihatdan yaxshi jihozlanishi kiradi.
Darsga bo‘lgan texnik talablar - bu xavfsizlik texnikasi, yong‘inga qarshi texnika, o‘smirlar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha talablar. Har bir laboratoriya, o‘quv-ustaxonalarida poligonda xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi texnika bo‘yicha instruksiyaga ega bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi darslarni shunday rejalashtirishi, tayyorlanishi, tashkil qilishi va o‘tishi lozimki, bunda o‘quvchilarning har bir darsda ta’lim olishi, tarbiyalanishi hamda bilish xususiyatlarini rivojlantirishi uchun yaxshi sharoit ta’minlasin.
Zamonaviy darsning maqsadlari
Aristotelь ezgulik hamma joyda ikkita shartga: har qanday faoliyatning pirovard maqsadini to‘g‘ri belgilashga va unga erishishning tegishli vosita va usullarini tanlashga bog‘liqligi haqida gapirgan edi. Darsni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun avvalo, darsni tashkil qilish bo‘yicha pedagog faoliyatining maqsadini, u nimaga erishmoqchi ekanligini aniqlab olish, keyin maqsadga erishishga yordam berish vositani belgilash, so‘ngra esa maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish usulini aniqlab olishi zarur.
Maqsad nima? amaliy jihatdan ta’riflanganda, maqsad -taxmin qilinadigan, oldindan biror ob’ektni (bu o‘rinda o‘quvchilarni) o‘zgartirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan faoliyat natijasidir.
Pedagog qachon va qanday maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi? Gap dars haqida ketayotgan ekan, darsga tayyorlanish vaqtida uning maqsadi uchta aniq maqsadga «taqsimlanadi»: ta’lim berish /o‘qitish/, tarbiyalash va rivojlantirish.
Ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirish birligi prinsipini M.I. Mahmudov triada prinsipi, ya’ni ta’limning barcha bosqichlarida yaqqol sezilib turadigan va bir-biri bilan bog‘langan uchta prinsip deb ataydi. CHunonchi darsga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida bu prinsip talablari shunday -ifodalanadiki, pedagog o‘quv materialini tahlil qilar ekan, o‘qitish jarayonida ta’lim berish, tarbiyalash va rivojlantirishning o‘zaro bog‘liqligi va birligini ta’minlashga intiladi.

Download 4,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish