Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari



Download 14,49 Mb.
bet31/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

12-modda. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbaridir.
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bevosita buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbariga bo’ysunadi.
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining xo’jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo’yicha talablari buxgalteriya hisobi sub’yektining barcha xodimlari uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari va buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari o’rtasida ayrim xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ular bo’yicha hujjatlar operatsiyalar amalga oshirilishining oqibatlari uchun shaxsan javobgar bo’lgan buxgalteriya hisobi sub’yekti rahbarining yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinishi mumkin.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya hisobi xizmati rahbari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
oliy ma’lumotga ega bo’lish;
oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo’lgan taqdirda, oxirgi besh kalendar’ yildan kamida uch yili, noiqtisodiy oliy ma’lumotga ega bo’lgan taqdirda esa, oxirgi o’n kalendar’ yildan kamida yetti yili buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog’liq ish stajiga ega bo’lish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobi xizmati rahbarining har yili malaka oshirishdan o’tishini ta’minlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunining 10-moddasi.
Ushbu modda beshinchi va oltinchi qismlarining talablari majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobi sub’yektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida zimmasiga yuklagan ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi yo’riqnomaning (ro’yxat raqami 2169, 22.12.2010 y.) 9–20-bandalari.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo’lishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30 va 31-moddalari, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 78 va 79-moddalari.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlariga qo’yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonuni 61-moddasi ikkinchi qismining o’n uchinchi xatboshisi.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish