Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


BUXGALTERIYA HISOBI TO’G’RISIDA



Download 14,49 Mb.
bet28/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

BUXGALTERIYA HISOBI TO’G’RISIDA
(yangi tahriri)
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari
Uzluksizlik, ishonchlilik, ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir.
4-modda. Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi barcha xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo’jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o’zaro bog’liq holda pulda baholab aks ettirish yo’li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi.
5-modda. Buxgalteriya axboroti
Buxgalteriya axboroti boshlang’ich hisob hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi registrlarida, moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog’liq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi ob’yektlari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlardir.
6-modda. Buxgalteriya hisobi sub’yektlari
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O’zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho’’ba korxonalari, vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi sub’yektlaridir.
YUridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek chet el yuridik shaxslarining O’zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari, filiallari va boshqa tarkibiy bo’linmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob yuritadi hamda hisobot taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi nizom, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2019 yil 31 yanvardagi 2019-07-son qarori bilan tasdiqlangan «YAkka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to’lash tartibi to’g’risidagi nizom», O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi Qonunining 29-moddasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 7 oktyabrdagi 274-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolar yig’ini to’g’risida»gi namunaviy nizom 13-bandining oltinchi xatboshisi va O’zbekiston Respublikasining «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni 12-moddasining o’n beshinchi qismi.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish