Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish



Download 14,49 Mb.
bet382/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

3-bob. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
18. Auditorlik tashkilotlari mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini ko’rishlari kerak.
Mijozni lozim darajada tekshirish choralari barcha yangi mijozlar hamda tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib bor mijozlarga nisbatan ko’riladi.
19. Mijozni lozim darajada tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
mijoz bilan amaliy ish munosabatlari amalga oshirilayotganda;
buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha professional xizmatlarni ko’rsatish uchun mijozlar bilan shartnomalar tuzishda;
shubhali operatsiyalar amalga oshirilayotganda;
auditorlik faoliyati standartlari talablariga muvofiq ajratib bo’lmaydigan va nazorat tavakkalchiligini baholashda;
mijoz haqida avval olingan ma’lumotlarning to’g’riligiga shubha mavjud bo’lganda;
operatsiya amalga oshirish kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 400 baravari miqdoridan ortiq bo’lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda.
20. Mijozni lozim darajada tekshirish bo’yicha ko’riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o’z ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko’rayotganligini tekshirishni;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashni;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o’rganish o’tkazishni.
21. Mijozni lozim darajada tekshirish bo’yicha mazkur Qoidalarning 20-bandida ko’rsatilgan choralarni ko’rish bilan birga, operatsiya ishtirokchisi yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga va ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan auditorlik tashkilotlari:
yuqori mansabdor shaxsning mavqei to’g’risidagi ma’lumotlarni tekshirish va o’tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo’yicha tegishli choralarni ko’rish;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina auditorlik tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan o’rnatish;
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishi lozim.
22. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo’yicha kuchaytirilgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
mijoz haqida ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalaridan qo’shimcha tasdiqlangan ma’lumotlarni to’plash va qayd etish;
mijozdan u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo’yicha pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulkning manbalari haqidagi ma’lumotlarni olish;
mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritish.
23. Mijozning buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha professional xizmatlarni ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuzish uchun murojaat qilishida auditorlik tashkiloti quyidagilarni bajarishga majbur:
ushbu Qoidalar va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya bo’yicha mijozni va/yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash;
avvalgi hisobot davri (oy, yilning choragi, yarim yillik, yil) davomida mijozning ilgari o’tkazgan operatsiyalarini o’rganish, agar ixtiyorida bunday operatsiyalar to’g’risida ma’lumotlar bo’lsa;
operatsiyaning turini va uning mijozning ta’sis hujjatlarida belgilangan faoliyati maqsadi va turlariga muvofiqlik darajasini aniqlash;
aniq iqtisodiy mohiyatga ega bo’lmagan, mijozning lozim darajada tekshirish materiallariga ilova qilinadigan mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomada ko’zda tutilgan uning faoliyati maqsadlariga va turlariga mos kelmaydigan barcha operatsiyalar bo’yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma qayd qilish.
24. Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi.
Identifikatsiya natijasi familiyasi, ismi va otasining ismini ko’rsatgan holda mas’ul xodim tomonidan alohida jurnalga kiritiladi.
25. Mijozni identifikatsiyalashda davlat ro’yxatiga olinganligi, rahbarlari to’g’risidagi ma’lumotlar, shuningdek ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan ma’lumotlar tekshirilishi kerak.
Ko’rsatilgan hujjatlarni tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yish avtomatlashtirilgan tizimi orqali yoki ushbu tizimdan axborot olishning imkoni bo’lmagan holda bevosita mijozdan olish mumkin.
26. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada amalda bo’lishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda amaliy ish munosabatlar to’g’risidagi ma’lumotlar o’rganiladi.
27. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining o’tkazilishi talab qilinmaydi.
28. Auditorlik tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha professional xizmatlarni ko’rsatishni rad etadi:
mijozni lozim darajada tekshirish choralarini ko’llash imkoni bo’lmaganda;
identifikatsiyalashni tugatish imkoni bo’lmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari bo’yicha u bilan ishga oid munosabatlarni o’rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatuvchi ma’lumotlar olingan holda;
atayin noto’g’ri bo’lgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq so’raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Mijozlarga rad etilgan hollarda auditorlik tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari kerak.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   378   379   380   381   382   383   384   385   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish