Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


Taqrizchilar: Avazov E.X. -



Download 14,49 Mb.
bet2/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Taqrizchilar: Avazov E.X. - Termiz davlat universiteti “Moliya” kafedrasi
muduri, i.f.n.
B.Q.Qodirov - TerDU “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchisi, i.f.n.
“Buxgalteriya hisobi va audit” fanning O’UM si Termiz davlat universiteti o’quv-uslubiy kengashida muhokama qilinib, ko’rib chiqilgan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan (2020 yil “___” __________ dagi №-__ sonli majlisining bayonnomasi bilan tasdiqlangan).


© TermDU, 2020 yil



O’QUV-USLUBIY MAJMUANING TARKIBIY TUZILISHI



Majmuaning tarkibiy qismlari

betlar

I.

O’quv materiallari

4-415

1.1.

Ma’ruza matnlari

4-342

1.2.

Amaliy mashg’ulotlar materiallari

343-408

1.3.

O’quv uslubiy majmuani yozishda foy dalanigan chet el adabiyotlari

409-415

II.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari

416-417

III

Glossariy

418-443

IV

Ilovalar

444-615

4.1.

Fan dasturi

445-453

4.2.

Ishchi fan dasturi.

454-465

4.3..

Tarqatma materiallar, slaydlar

466-499

4.4

Testlar variatlari, topshiriqlar

500-548

4.5

Baholash mezonlari

549-552

4.6

Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalari sharhi

553-564

4.7

Yangi ma’lumotlar

565-640

4.8

Kalendar tematik reja

641-645



  1. O’QUV MATERIALLARI:






MA’RUZA MATNLARI





1-MAVZU. “BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA TAMOYILLARI
Reja:
1.1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, buxgalteriya hisobining tasniflanishi
1.2.Buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixi.
1.3.Buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari, boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liqligi


Tayanch so’z va iboralar: Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy tahlil”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, audit, hisob, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, soliq hisobi, ichki foydalanuvchilar, tashqi foydalanuvchilar, ob’ekti, predmeti, tomoyil, prinsip


1.1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, buxgalteriya hisobining tasniflanishi

«Buxgalteriya hisobi» fani buxgalteriya hisobining asosiy qismi bo’lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o’rni, ahamiyati, vazifasi, predmeti, ob’yekti, tamoyillari, usullari va boshqa o’ziga xos xususiyatlari o’rganilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» fanlarida buxgalteriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo’llanishi o’rganiladi.


«Buxgalteriya hisobi » fani nafaqat buxgalteriya hisobi tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha ma’muriy - boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida ko’rib o’tiladigan usul va tamoyillar orqali ifodalanadi.
Buxgalterlar axborot beruvchilardir, ya’ni buxgalteriya - aksiyadorlar va boshqaruvchilar kabi foydalanuvchilarga biznesni moliyaviy holatini san’at darajasida yetkazib berishdir. Ma’lumotlar umumiy moliyaviy hisobotlar shaklida bo’lib, boshqaruv nazoratida iqtisodiy resurslarni raqamlarda ko’rsatadi. 1
Buxgalteriya hisobi nazariyasi tadqiqotchilari shuni tasdiqlaydiki, L.Pacholidan keyingi 200 yillik davrida buxgalteriya hisobi nazariyasi matematikaning bir qismi sifatida, keyingi 200 yillik davrida huquqning bir qismi, oxirgi 100 yillik davrda esa buxgalteriya hisobi sifatida rivojlangan.2
Buxgalteriya hisobining tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, quyidagi fikrlarga kelish mumkin: 1) buxgalteriya hisobi yangi emas, birinchi hisob yozuvlari 4000 yil oldin amalga oshirilgan; 2) oldingi buxgalteriya hisobi investorlar uchun emas, balki boshqarish maqsadida yuritilgan; 3) buxgalteriya hisobining paydo bo’lishi va rivojlanishi aniq bir mamlakat yoki millat doirasida emas, balki Afrika, Hindiston, Eron, Iroqda va yana boshqa bir davlatda uzviy bog’langan holda takomillashib kelgan; 4) buxgalteriya hisobi texnik tarzda rivojlandi.3
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’yekt o’z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to’g’ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo’lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. CHunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot sub’yektlarining aytib o’tilgan talablarning bajarili shida muhim o’rinni egallaydi.
Menejerlar nazoratidagi resurs mablag’lar hisobi haqidagi ma’lumotni davriy tarzda berishlarini talab qiladi. Buxgalteriya tomonidan hisoblab chiqarilgan natijalar biznesning iqtisodiy resursini hisobot davomida yuqoriga ko’tarilgan yoki tugaganini ko’rsatadi. 4



Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:


– iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlarini kuzatib borish;
– kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko’rsatmalarda ifodalash;
– korxona, tashkilot, muassasa xo’jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
–maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo’jalik jarayonlari ustidan nazorat o’rnatish va ularga ta’sir etish.
YUqorida aytilganlarga asoslanib, buxgalteriya xisobining vazifalariga kuyidagilarni kiritish mumkin:
- asosiy fondlar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag’larining kelib tushishi va ularning harakatini to’la va o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
- mahsulot ishlab chiqarish, ularni sotish, mehnat unumdorligi, foyda, rentabellik, mehnat haqi fondi, ka­pital sarflar, byudjet va boshqa tashkilotlar bilan xisoblashish va boshqa kursatkichlar bo’yicha rejaning
bajarilishini aniq aks ettirish, kuzatish va ular­ning natijalarini topish;
- sub’yektning va uning ayrim bo’limlaridagi ishlab chiqarish, qurilish-montaj va boshqa ishlar bilan bog’liq xarajatlarni to’la aks ettirish, nazorat qilish hamda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning iqtisodiy jixatdan asoslangan hisobot kal’kulyatsiyasini tuzish;
-sub’yekt va uning ayrim bo’limlarining rahbarlarini moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha bo’linmalariga doir to’la va aniq iqtisodiy axborot bilan tezlikda ta’minlab turish;
- to’la xo’jalik xisobini sub’yekt miqyosida hamda uning ayrim ishlab chiqarish bo’linmalari va brigadalarida joriy etish va mustahkamlash;
- sub’yektning mablag’laridan to’la va unumli foydala­nish, undagi mulklarning butligini ta’minlash, iqtisodiy tejash tartibiga rioya qilish, sub’yekt jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ja­dallashtirish ustidan nazorat yuritish uchun tegishli axborotlar bilan ta’minlash. 5
Buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni shakllantirishdan iborat. SHu mablag’larning sarflanishi, ishlab chiqarish hajmi va faoliyat natijalarini ratsional hamda to’g’ri boshqarish hozirgi vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.

Buxgalteriya hisobining predmetini o’rganishda, uning tarixiy xarakterini hisobga olish kerak. CHunki buxgalteriya hisobi predmetning mazmuni har xil iqtisodiy tuzumlarda bir xil bo’lmagan. Ularning o’zgarishi bir tuzumdan boshqasiga o’tish paytida, mulkchilik shakllarining rivojlanishi bilan belgilanib borilgan.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish