Buxgalteriya hisobi - ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Boshqaruvchilar ichki foydalanuvchilarga kiradi. Ular hozirgi natijalarni moliyaviy hisobotini to’laligicha bilishlariga imkoniyati bor.
Ichki foydalanuvchilarga misol sifatida kompaniyada direktorlar va menejerlar kiradi. Qonunan ichki foydalanuvchiga ma’lumot olish hajmi chegaralmagan. 6
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonunining 4-moddasiga muvofiq: “Buxgalteriya hisobi barcha xo’jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo’li bilan buxgalteriya axborotini yig’ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo’jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o’zaro bog’liq holda pulda baholab aks ettirish yo’li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi”7.
Buxgalteriya hisobi moliyaviy, boshqaruv va soliq hisoblariga bo’linadi.
• Moliyaviy hisob hisob-kitob ma’lumotini korxona ichida foydalanish tizimidan tashqari uni korxona tashqarisiga ham ma’lum qiladigan hisob-kitob ma’lumotlari tizimini qamrab oladi. Lekin shunday bo’lsa-da moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi ma’lumotlari alohida bo’lib, boshqaruv hisobi ma’lumotlari ichki ma’lumotlar sanalib, ular tashqi hisobot foydalanuvchilari sanalgan ommadan sir saqlanadi.
• Boshqaruv hisobi korxona rahbariyati tomonidan ichki foydalanish uchun zarur bo’lgan hisob-kitob ma’lumotlari tizimini o’z ichiga qamrab oladi.
• Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar va yig’imlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo’llash hamda ularni o’z vaqtida byudjetga o’tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi buxgadteriya hisobi usulidir. Soliq hisobi o’z usullari yordamida soliq va yig’imlar, ularning ob’ekti, sub’ektlari va soliqqa tortish bazasini hamda to’lash muddatlarini aniqlab beradi.
Mazkur “Buxgalteriya hisobi” kursida biz soliq hisobining o’ziga xos xususiyatlari ham moliyaviy, ham boshqaruv hisobi xususiyatlari bilan chambarchas va uzluksiz aloqadorlikda olib borilishini hisobga olib, buxgalteriya hisobi tasnifining Buxgalteriya hisobi qismlarini o’rganamiz.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish Buxgalteriya hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqadorlikni o’rganishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobi o’rtasida ko’pgina umumiyliklar mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizimi axborotidan foydalanadi.
Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o’z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi o’rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |