Falsafa fanining uslubiy vazifasini izohlash uchun avvalo uslub (metodologiya) tushunchasini bilib olish lozim.
Metodologiya — falsafa fanining tadqiqot ob’ektini o’rganishga yo’naltirilgan eng umumiy tamoyillar, usul va vositalar
tizimidir. Metodologiya so’zining mantiqiy mazmuni ham borliqni bilishning usul va vositalari haqidagi ta’limot, degan
ma’noni anglatadi. Shu ma’noda falsafa boshqa fanlar uchun metodologiyadir.
Falsafaning gnoseologik vazifasi, uning borliqni bilish uchun umumiy metodlar tizimini yaratishi bilan bog’liq.
Bunda bilimlarning haqiqiyligi masalasi asosiy o’rin tutadi. Falsafaning gnoseologik funktsiyasi, ong va dunyoni bilish
masalasiga bag’ishlangan ma’ruzalarimizda ancha batafsil ma’lumotlar berish ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |