Falsafaning evristik funktsiyasi («evrika» grekcha so’z bo’lib, kashf etish, degan ma’noni anglatadi) gnoseologik
vazifasi bilan bog’liq bo’lib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri rivojlanishining umumiy yangi qonuniyatlarini kashf
etishni xarakterlaydi. Shu bilan birgalikda bu funktsiyaga o’zini o’zi anglashni, milliy o’zlikni anglashni ham kiritish
maqsadga muvofiq. Zero, inson va millatning o’zligini anglashi o’z tarixining haqqoniy qirralarini va kelajak
istiqbollarini kashf etish bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |