Falsafa tarbiyaviy vazifani bajaradi. Insonning ma’naviy barkamollikka etishishida falsafaning o’rni va
ahamiyati kattadir. Xususan, «Axloq falsafasi» kishida yuksak axloqiy me’yorlar — vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
g’oyaviylik, e’tiqod, ijtimoiy-siyosiy faollik va mas’uliyatni his etish tuyg’ularini tarbiyalaydi. «Huquq falsafasi»
huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni, ijtimoiy nazoratning boshqa xuquqiy usul va vositalarini nazariy-amaliy
jihatlardan ishlab chiqadi. «Tabiatshunoslik falsafasi» ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos ahamiyatga ega. Insonning
tabiatni bilish borasidagi intilishlari mohiyatini yoritadi, tabiatga nisbatan oqilona munosabatni shakllantirib, uni
muhofaza qilishning nazariy asoslarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |