B.B.B. usuli asosida bilimlarni sinash uchun tarqatma materiallar
№
Tushuncha
Bilaman “+”, Bilmayman “-”.
Bildim “+”, Bila olmadim “-”.
Mafkuraviy ta’sir
2.
Mafkuraviy tajovuz
3.
Mafkuraviy himoya
4.
Hoyaviy bo‘shliq
5.
G‘oyasizlik
6.
Mafkuraviy maydon
7.
Mafkuraviy manzara
8.
Aks ta’sir
9.
Ijtimoiy sub’ektlararo g‘oyaviy ta’sir
11-mavzu
Mafkuraviy ta’sir va aks ta’sir
Seminar mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqti - 2 soat
Talabalar soni: 25-30 nafar
O‘quv mashg‘ulotining shakli
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti
Seminar mashg‘ulotining rejasi
Mafkuraviy ta’sir va aks ta’sirning mazmun-mohiyati
Mafkuraviy ta’sirning shaxsiy darajada namoyon bo‘lishi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mafkuraviy ta’sir va aks ta’sir mohiyatini tushunishga nisbatan tasavvurlarini boyitish, mafkuraviy ta’sirning ijtimoiy darajasi to‘g‘risida o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni tartibga solish, faollashtirish va ularni mustaqil rivojlantirishga yo‘naltirish.
Pedagogik vazifalar:
Mafkuraviy ta’sir va aks ta’sirni qiyoslash orqali talabalar tahliliy qobiliyatlarini shakllantirish;
Mafkuraviy tajovuz mohiyatini ochib berish;
Talabalarning mantiqiy fikrlashiga doir bilimlarini tizimlashtirish;
Talabalarni mavzu yuzasidan qo‘shimcha adabiyotlar topish va mustaqil o‘qishga yo‘naltirish;
Ma’ruzadan o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, kengaytirish va tarkiblashtirish.
O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba:
Mafkuraviy ta’sir va aks ta’sirni qiyoslash orqali o‘zlarining tahliliy qobiliyatlarini o‘stiradi;
Mafkuraviy tajovuz asl mohiyatini tushunib yetadi;
Ma’ruzadan olgan va yangi o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib mantiqiy fikrlashga doir bilimlarini tizimlashtiradi;
Muhokama jarayonida tahlil qilish malaka va ko‘nikmalarni namoyish etadi;
mavzu yuzasidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilayotgan qo‘shimcha adabiyotlar haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
O‘qitish uslubi va texnikasi
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti
O‘qitish vositalari
Proektor, loyiha topshirig‘i, uslubiy ko‘rsatmalar, kompyuter texnologiyalari
O‘qitish shakli
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash
O‘qitish shart-sharoiti
Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan,
guruhli shakllarda ishlashga mo‘ljallangan xonalar
SEMINAR MASРG‘ULOTINING TEXNOLOGIK KARTASI
Bosqichlar,
vaqti
Faoliyat mazmuni
O‘qituvchi
talaba
1 - bosqich
Tayyorgarlik
(10 min.)
1.1. Mashg‘ulot mavzu va rejasi bilan tanishtiradi.
1.2. Ushbu seminar mashg‘ulotini o‘tishda “Aqliy hujum” usulidan foydalanishini e’lon qiladi va uning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi.
1.3. O‘quv mashg‘ulotida aqliy hujum o‘rnini aniqlaydi, uning maqsadini shakllantiradi, muammoni va uni yechish bo‘yicha taklif etilayotgan g‘oyalarni baholash mezonlarini tushuntiradi
1.1. Mashg‘ulot mavzusi va rejasini yozib oladi.
1.2. Ushbu mashg‘ulotni o‘tishda qo‘llaniladigan “Aqliy xujum” usulining qoidalari bilan tanishadi. Qo‘shimcha savollar berib aniqlik kiritadi.
1.3. Baholash mezonlarin tushunib oladi.
2 - bosqich
Kirish
(30 min.)
2.1. Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralarni batafsil izohlab beradi. Bu boradagi talabalarning savollariga javob qaytaradi.
2.2. mafkuraviy himoya mohiyati to‘g‘risida qisqa savol-javob o‘tkazadi. (1-ilova)
2.3. mafkuraviy ta’sirning ijtimoiy darajasi masalasini muhokamaga qo‘yadi. Jamoaviy ishlash sharoiti va ahloq qoidasini yana bir eslatadi. Talabalarni 3-4 guruhga bo‘ladi hamda ularni munozaraga ruhiy tayyorlash uchun mavzuga to‘g‘ri borish bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki yaqinroq mavzudan olingan kutilmagan, qiziq savollarga tez javoblar izlash mashqini o‘tkazadi. Berilgan muammoni eslatadi va boshlashga ruxsat beradi.
2.1. Mavzuga tegishli tayanch tushuncha va iboralar izohini tinglaydi hamda ularni o‘ziga qayd etadi.
2.2. mafkuraviy himoya mohiyatiga doir o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradi.
2.3. Aqliy xujumda ishtirok etish uchun guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh baho va maqbul g‘oyalarni qayd etib borishi uchun ekspert tanlaydi. Guruh a’zolari hamkorlikda ishlashlari mumkin bo‘lgan holda o‘tiradilar
3 - bosqich
Asosiy
(30 min.)
3.1. Munozara jarayonini diqqat bilan kuzatib boradi va fikrlarni to‘g‘ri yo‘naltirib turadi.
3.2. O‘zini tortishuvga aralashishini, o‘zini nuqtai-nazarini aytishga yo‘l qo‘ymaydi. Chidash, chidamlilik, hayron bo‘lmaslikni namoyon qiladi. Kerak bo‘lganda guruhni xayrixohlik bilan ish holatiga qaytaradi
3.3. Aytilgan g‘oyalarni ekspertlar bilan muhokama qilishni, ularni taklif etilgan mezonlarga mos holda baholash va tanlashni tashkillashtiradi. Muammoni yechish uchun tanlangan g‘oyalarni ekspertlar guruhi taqdimotini va ularning muhokamasini tashkillashtiradi.
3.1. mafkuraviy himoya masalasi bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildiradilar. Ekspertlar esa, ularni yozib boradi. Ekspertlar ishlayotgan paytda, boshqa barcha ishtirokchilar mavzular bosqichi bo‘yicha krossvord yechadilar, o‘quv holatini muhokama qiladilar.
3.2. Ekspertlar tanlangan g‘oyalarni taqdim etadilar. Ushbu g‘oya mualliflari himoyani olib boradilar
4 - bosqich
Yakun yasash,
tahlil qilish va
baholash
(20 min.)
4.1. Yakunlarni umumlashtiradi, guruhlar ishini tahlil qiladi va baholaydi: ijobiy, ijodkorlikning yuqori darajasi holatlari, jamoaviy faoliyat muvaffaqiyatlarini ko‘rsatadi.
4.2. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uning baholash mezonlari bilan tanishtiradi
4.3. Mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish hamda mustaqil shug‘ullanish uchun qo‘shimcha adabiyotlarni tavsiya etadi.
4.1. O‘z-o‘zini baholaydi. O‘qituvchi tomonidan ta’kidlangan xato-kamchiliklarini hisobga oladi.
4.2. Mustaqil ish topshiriqlarini yozib oladi.
4.3. Mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish hamda mustaqil shug‘ullanish uchun tavsiya etilgan qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatini yozib oladi va ularni topish imkoniyati bilan qiziqadi.