Fakultet yunalishi



Download 479,94 Kb.
bet1/5
Sana24.04.2022
Hajmi479,94 Kb.
#578582
  1   2   3   4   5
Bog'liq
biokimyo mustaqil ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGO’NA DAVLAT UNIVERSITETI
__________________________________________________________fakultet
_____________________________________________________yunalishi
____________________________________________________fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:________________________________________________________________
Bajardi: ________ _________________
Qabul qildi: ________ _________________
Reja:
1.LIPIDLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
2. LIPIDLAR STRUKTURASI VA VAZIFASI
3.ODDIY VA MURAKKAB LIPIDLAR
4.LIPIDLARNING BIOLOGIK AHAMIYATI.
5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAT



1.LIPIDLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
LIPIDLAR (yunoncha lipos — yogʻ) — barcha tirik hujayralar tarkibida boʻladigan yogʻsimon moddalar. Tirik organizm hayot faoliyatida Lipidlar muhim ahamiyatga ega. Lipidlar biologik membrananing asosiy komponentlaridan biri boʻlib, hujayralarning oʻtkazuvchanligiga, koʻpgina fermentlarning faolligiga taʼsir koʻrsatadi, nerv impulsini uzatishda, muskullar qisqarishida, hujjatlararo kontaktlarni yuzaga keltirishda va immunokimeviy jarayenlarda qatnashadi. Lipidlarning yana bir funksiyasi energiya rezervi, hayvon va oʻsimliklarda suv qochiruvchi himoya va termoizolyatsiya qoplamasi hosil qilish, shuningdek, turli organlarni mexanik taʼsirlardan saqlashdan iborat.
Koʻpchilik Lipidlar yuqori yogʻ kislotalari, spirtlar yoki aldegidlarning hosilalaridir. Kimyoviy tarkibiga koʻra, Lipidlar bir necha sinfga boʻlinadi. Oddiy Lipidlar yogʻ kislotalari (yoki aldegidlar) va spirtlar qoldigʻidan tarkib topgan moddalardan iborat. Bularga yogʻlar (triglitseridlar va boshqalar. tabiiy glitseridlar), mum (yogʻ kislotalari va yogʻ spirtlari efirlari) va diol Lipidlar (yogʻ kislotalari va etilenglikol yoki b. ikki atomli spirtlar efirlari) kiradi. Murakkab Lipidlar ortofosfat kislota hosilalari (fosfolipidlar) hamda qand qoldiqlari (glikolipidlar)dan tarkib toptan moddalardan iborat. Murakkab Lipidlar molekulalarida koʻp atomli spirtlar — glitserin (glitserin-fosfatidlar) yoki sfingozin (sfingolipidlar) ham boʻladi. Koʻpchilik Lipidlar  faol moddalar hisoblanadi. Lipidlar organizmda lipazalar taʼsirida fermentativ gidrolizga uchraydi. Bu jarayonda ajralib chiqayotgan yogʻ kislotalar (adenozintrifosfat kislotalar — ATF) va koferment A bilan taʼsirlashib faollashadi, soʻngra oksidlanadi. Koʻpchilik Lipidlar hujayralarda oqsillar bilan kompleks murakkab moddalar (lipoproteidlar) holida boʻladi.
Lipidlar ekstraksiya usuli bilan olinadi. Oziq-ovqat sifatida, tibbiyotda kasallarni davolashda xdmda turli sanoat tarmoqlarida ishlatiladi Suvda erimaydigan organik birikmalar lipidlar yoki yog‘lar deb ataladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar – neytral yog‘lardir. Hayvonlarning neytral yog‘lari — yog‘lar, o‘simlik yog‘lari esa — moylar deb ataladi. Moylar odatdagi haroratda suyuq bo‘ladi.
Yog‘larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai sifatida namoyon bo‘lishidir. Yog‘larning kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan 1,5–2,0 barobar yuqori bo‘ladi. 1 gramm yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasida 38,9 kJ energiya ajralib chiqadi. Hujayradagi yog‘ning miqdori 5–15 % atrofida bo‘ladi. Yog‘ to‘qimalarining hujayralarida yog‘ning miqdori 90 % gacha boradi. Qishki uyquga moyil bo‘lgan hayvonlar organizmida yog‘lar ortiqcha miqdorda to‘planadi. Umurtqali hayvonlarning teri ostida ham yog‘lar to‘planib, u issiqni saqlash vazifasini bajaradi. Yog‘larning parchalanishidan hosil bo‘ladigan moddalardan biri suvdir
Odam va hayvon organizmiga lipidlar oziq moddalar bilan qabul qilinadi. Odam organizmiga qabul qilinadigan lipidlarning 1 sutkalik miqdori, taxminan 50-70 g bo’lib, shundan 15 g to’yinmagan yog’ kislotalari, 10 g fosfolipidlardir. Lipidlar energiya manbai hisoblanadi. Organizmning energiyaga bo’lgan ehtiyojining 1/3 qismi yog’lar va yog’simon moddalar hisobiga qoplanadi. Yog’lar tarkibida vodorod atomlari ko’p bo’lganidan ular oksidlanganda suv deyaili ikki marta ortiq hosil bo’ladi. 1 g yog’ oksidlanganda 1,07 g, 1 g uglevod oksidlanganda 0,55 g, 1 g oqsil oksidlanganda esa faqat 0,41 g suv hosil bo’ladi. Ovqat tarkibidagi lipidlarning oshqozon-ichak yo’lida hazm bo’lishi murakkab jarayondir. Ovqat bilan qabul qilingan triglitseridlarning ko’p qismi ingichka ichakda oshqozon osti bezining sekretsiyasidagi lipaza fermenti ta’sirida gidrolitik parchaianadi. Kuchsiz lipaza faolligi oshqozon shirasida ham topilgan, lekin oshqozonda lipaza faolligi uchun sharoit yo’q. O’n ikki barmoq ichakka o’t hamda oshqozon osti yo’li ochiladi. O’t tarkibidagi ishqoriy reaksiya beradigan o’t kislotalarning tuzlari yog’lami emulgirlab eruvchanligini oshiradi. O’t kislotalarning tuzlari yuza tarangligmi kuchli darajada pasaytirib, yog’ tomchilarini mayda zarrachalarga bo’lib yuboradi va lipaza fermentining ta’sirini yengillashtiradi. Triglitseridlarning pankreatik lipaza ishtirokida gidrolizlanishini quyidagi sxemada keltirilgan. Odam organizmidagi o’t pufagida, asosan quyidagi o’t kislotalar: xolat kislota, dezoksixolat kislota; litoxolat; xenodezoksixolanat kislota uchraydi. Bu o’t kislotalar erkin holda bo’lmay, glitsin yoki taurin bilan birikib, qo’sh kislotalar shaklida o’t shirasi tarkibiga kiradi. Ulaming eng muhimlari glikoxolat, glikodezoksixolat, tauroxolat va taurodezoksixolat kislotalardir. Yog‘lar yuqori bir asosli karbon kislotalar, asosan palmitin, stearin (to'yingan kislotalar) va olein (to'yinmagan kislota) kislotalar bilan uch atomli spirt — glitserindan hosil bo‘lgan murakkab efirlardir. Bunday birikmalarning umumiy nomi - triglitseridlar. Tabiiy yog'Iar alohida modda emas, balki har xil triglitseridlar aralashmasidir. Yog'larning hammasi suvdan yengil va suvda erimaydi. Ular benzinda, efirda, uglerod tetraxloridda, uglerod sulfidda, dixlor- etanda va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Qog‘oz va teriga yaxshi shimiladi. Yog‘lar barcha o'simlik va hayvonlarda boladi. Suyuq yog'Iar odatda moylar deyiladi. Qattiq yog'Iar (mol yog'i, qo‘y yog‘i va boshqalar.) asosan to'yingan (qattiq) kislotalarning triglitseridlaridan, suyuq yog‘lar (kungaboqar moyi, paxta moyi va boshqalar.) — to'yinmagan (suyuq) kislotalarning triglitseridlaridan tarkib topgan bo'ladi. Suyuq yog'Iar gidrogenlash reaksiyasi yo'li bilan qattiq yog'larga aylantiriladi. Reaksiya bosim ostida qizdirilganda va katalizator — mayda tuyilgan nikel ishtirokida boradi. Gidrogenlanish mahsuloti — qattiq yog‘ (sun’iy yog') salomas deyiladi va sovun, stearin hamda glitserin ishlab chiqarishga sarflanadi. Margarin — ovqatga "ishlatiladigan yog‘ — gidrogenlangan moylar (kungaboqar moyi, paxta moyi va boshqalar.), hayvon yogiari, sut va ba’zi boshqa moddalar (tuz, shakar, vitaminlar va boshqalar.) aralashmasidan iborat. Barcha murakkab efir kabi yog'larning ham muhim kimyoviy xossasi gidrolizlanish (sovunlanish) xususiyatidir. Gidroliz katalizatorlar — kislota, ishqorlar, magniy, kalsiy, rux oksidlari ishtirokida qizdirilganda oson boradi.Yog'larning gidrolizlanish reaksiyasi qaytar jarayondir. Lekin u ishqorlar ishtirokida amalda oxiriga qadar boradi — hosil bo'lgan kislotalami ishqorlar tuzga aylantiradi va bu bilan kislotalarning glitserin bilan reaksiyaga kirishish (teskari reaksiya) imkoniyatini yo'qqa chiqaradi. Yogiar — ovqatning zaruriy tarkibiy qismi. Ulardan sanoatda (glitserin, yog' kislotalar, sovun olishda) keng ko'lamda foydalaniladi.


Download 479,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish