Kirish: Gidravlika suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va uning harakat davomida o`zgarib borishi qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni hisoblash hamda loyihalashga tatbiq etish bilan ham shug`ullanadi. Gidromashinalar – mexanik harakatni suyuqlikning harakatiga yoki suyuqlikning harakatini mexanik harakatga aylantirib beruvсhi qurilmalardir. Gidromashinalarning yuritmalar deb ataluvсhi turlarida esa mexanik harakat avval suyuqlikning harakatiga aylantirilib, so`ngra yana mexanik harakatga aylantiriladi. Bu qurilmalar o`ziga xos maxsus qismlardan tashkil topgan bo`lib, gidroyuritmalarni gidromashinalardan alohida ko`rib chiqiladi.