Struktura. Biomеmbranalarning asosiy tarkibiy qismini (fosfolipidlar, хolеstеrin va uning efirlari) tashkil etadi.
Mехanik. Ichki organlarni tashqi mехanik ta’sirlardan himoya qiladi.
Issiqlikni otkazmaslik. Tеri osti yog’ qavati issiqlikni saqlaydi.
Otkazuvchanlik. Fosfolipidlar biologik mеmbranalarning o’tkazuvchanligini ta’minlaydi.
Elеktroizolyatsiya. Sfingomiеlin va glikosfingolipidlar nеrvlarning miеlinli qobiqlarida o’ziga хos elеktr izolyatsiyalovchi matеrial sifatida qatnashadi.
Emulsiyalash. Yog kislotalari ichakdagi atsilglitsеridlar uchun emulgator vazifasini bajaradi.
Vitaminli. Hamma yog’da eruvchi vitaminlar lipidlar hisoblanadi.
Boshqaruvchi. Prostaglandinlar, stеroid gormonlar lipidlardir.
Lipidlar deb ximiyaviy tabiati xar xil, suvda erimaydigan, lekin organik erituvchilarda (efir,benzin,benzol,atseton va boshkalar) eriydigan moddalarga aytiladi. O’simlik va hayvon to’qimalarining tarkibida oqsil va uglevodlar bilan bir katorda yog’lar va yog’simon moddalar uchraydi. Hujayra va to’qimalarda yog’lar 2 —xil holatda to’planadilar: protoplazmatik yog’lar bo’lib hujayra strukturasini shakllantirishda ishtirok etadi. Ikkinchi xil yog’lar esa zapas yoki rezerv yog’lar deb atalab yog’ depolari va parenximali a’zolarda to’planadi (buyrak, yurak, jigar, qorin bo’shlig’i teri ostida). Bular ovqatlanish yoshga va fiziologik holatga qarab miqdori o’zgarib turadi. Rezerv yog’lar ishlatilib turadi. Ximiyaviy tabiatga asoslanib lipidlar kuyidagilarga bulinadi.
1.Yoglar va moylar.
2, Yukori molekulyar moy kislotalari.
3. Fosfolipidlar.
4. Sterin va teridlar.
5. Karotinlar, karotinoidlar va pigmentlar.
6. Tserebrozidlar mumlar.
Yog’lar ayrim vitaminlarni (A, D, E, K) organizmga yetkazib beradi. Yog’lar tarkibidagi o’rnini almashtirib bo’lmaydigan yog’ kislotalar (linol, linolen, araxidon) vitaminlik xossasini namoyon qiladi. Ular vitamin „F" nomi bilan aytiladi. Lipidlar organizmda eng harakatchan moddalar bo’lib, hujayra to’qima yoki butun organizm ehtiyojiga bog’liq ravishda parchalanib yoki sintezlanib turadi. O’simliklarda, shuningdek hayvon va odamlarda ham yog’lar asosan uglevoddan hosil bo’ladi. Yog’larning to’planishi uglevodlarning kamayishiga olib keladi. Katta yoshdagi odam bir kunda 80-100 g hayvon yoki o’simlik yog’i iste’mol qilishi kerak. Keksa va kam harakat odamlarning yog’ga bo’lgan ehtiyoji bir muncha kam. Bolaning yog’ga bo’lgan ehtiyoji 100 g vazniga 0,80-1,50 g ni tashkil qiladi.Tuyinmagan moy kislotalari uy sharoitida suyuk xolatda buladi. 5 Yoglarning suyuklanish temperaturasi ular tarkibidagi moy kislotalarining tabiatiga boglik. Tuyinmagan kislotalrning mikdori oshishi bilan yoglarning suyuklanish temperaturasi pasayib boradi. Usimlik moylarida xayvonot yoglariga nisbatan tuyinmagan kislotalar kup, shuning uchun ularning suyuklanish temperaturasi pastrok buladi. Xar xil yoglar xar xil triglitseridlarning aralashmasidan iborat va ular tarkibida erkin moy kislotalar kam uchraydi. Tabiiy yoglar 3 ta parametr bilan xarakterlanadi. 1. Kislota soni-1g yogni neytrallash uchun sarflanadigan КОН mikdori (mg da). Bu son yog tarkibidagi erkin moy kislotalarning mikdorini bildiradi. 2. Sovunlanish soni- 1g yogni sovnlash uchun yog sarflanadigan КОН mikdorini (mg da) bildiradi. Bu parametr yog tarkibidagi triglitseridlar mikdorini bildiradi. 3. Yod soni-100g yogga birikadigan yodning mikdori (gr larda) bilan ulchanadi. Yod tuyinmagan kislotalarning kushbogiga birikishi asosida bu son yoglardagi kislotalarning tuyinmaganlik darajasini bildiradi. Yoglar saklash jarayonida va issiklik ta‘sir etganda taxirlanadi. Taxirlanish yoglardagi tuyinmagan kislotalarning oksidlanib parchalanishida xosil buladigan moddalar-asosan aldegidlarga boglik. Yog tarkibida tuyinmagan kislota kancha kup bulsa, ular kislorodni biriktirib shunchalik tez taxirlanishiga uchraydi. Usimlik moylari xayvonot yoglariga nisbatan tezrok taxirlanadi, chunki ularda tuyinmagan kislota kup. Taxirlanishning oldini olish uchun yoglarni kislorod ta‘siridan ximoya kilish kerak. Taxirlanishning oldini olishning boshka usuli yoglarni gidrogenlashdan iborat. Buning natijasida vodorod boglarining kushboglariga birikib, uy sharoitida suyuk xolatda bulgan yoglarni kattik xolatga utkazadi. Gidrogenlangan yoglarga margarin kiradi.Margarin ovkatlanishdagi faolliga karab boshka tabiiy yoglar bilan bir katorda turadi. Gidrogenlash jarayonida yoglardagi vitaminlar parchalanadi, shuning uchun margaringa tuxum sarigi(vitaminlar mabai) kushiladi. 6 Yogga suv kushib chaykatganda emulsiya xosil buladi.Emulsiya bekarordir,chunki chaykatish tuxtatilgandan keyin yog tomchilari kushilishib, suv yuziga kalkib chikadi. Emulsiyaga barkarorlik berish uchun emulgatorlar kushiladi. Emulgatorlar, ikki faza orasida oson adsorbillanadigan moddalar, yordamida barkaror emulsiya olinishi mumkin. Emulgatorlar yog tomchilarining kushilishiga yul kuymaydi. Bu borada muxim emulgatorlar sifatida yog kislotalarining tuzlarini kursatishimiz mumkin. Ingichka ichakda bu tuzlar yoglar bilan uzaro ta‘sirlanib barkaror emulsiya xosil bulishiga yordamlashadi va natijada yoglarning xazm bulishi tezlashadi.
Organizmdagi har xil moddalar almashinuvi protsеssida lipidlarning ishtirok etishi va patologik holatlarda ular miqdorining o’zgarishi kasalliklar diagnozini aniqlash maqsadida ularni qonda tеkshirish zarurligini bеlgilab bеrdi.
Klinikada umumiy yog’ va yog’ fraktsiyalari, erkin yog’ kislotalar (EYoK) fosfatidlar va xolеstеrin miqdori aniqlanadi.
Normada qon plazmasidagi umumiy yog’ miqdori 560 mg % (5,6 gG`l) ga tеng bo’lib, ulardan nеytral yog’140 mg % ni tashkil qiladi. Bu miqdor ovqat qabul qilinganidan 1-4 soat kеyin tеgishli ravishda 780 va 200 mg % (7,8-2 gG`l) gacha ko’payishi mumkin.
Bunday fiziologik holat alimеntar (ovqatlanishga oid ) gipеrlipеmiya dеb ataladi. Patologik gipеrlipеmiya qandli diabеtda, pankrеatidlar, mеda osti bеzining yallig’lanishida og’ir gеpatit jigar parеnximasining yallig’lanishida, isitma holatlarida kuzatiladi. ibidagi erkin yog` kislotalari miqdorini bildiradi. Нayvonlardagi va odamdagi zaxira yog` miqdori organizmning yoshiga, ovqatlanish darajasiga, muhitiga va boshqa omillarga bog`liq. Protoplazmatik, ya'ni strukturali yog`lar hujayra protoplazmasi tarkibiga kirib, oqsil hamda boshqa moddalar bilan murakkab komplekslar hosil qiladi va muhim biologik vazifalarni bajaradi. Ularning miqdori ovqatlanish darajasiga bog`liq emas.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. Y.X.To’raqulov. Bioximiya, Toshkent, "O’zbekiston", 1996.
2. A.Qosimov, Q.Qo’chqorov, S.Teshaboyev. Bioximiya, Toshkent, "Ўqituvchi", 1988.
3. A.Imomaliyev, A.Zikriyoyev. O’simliklar bioximiyasi, Toshkent, "Mehnat", 1987.
4. Y.B.Filippovich. Osnovi bioximii, Moskva, "Visshaya shkola", 1985.
5.IJTIMOIY TARMOQLAR
6.WWW.ZIYONET.UZ kutubxonasi
7.KHAN ACADEMY
8.WWW.ARXIV.UZ
Do'stlaringiz bilan baham: |