Tuxumdon — odam va hayvonlardagi urgʻochilik jinsiy bezi Tuxumdonda tuxum hujayra hosil boʻladi va yetiladi (faqat bulutlar va tuban kovakichlilarda tuxumdon alohida organ sifatida shakllanmagan). Umurtqali hayvonlarda tuxumdon ichki sekretsiya bezi sifatida gormon (follikulin va boshqalar) ham ishlab chiqaradi. Odam tuxumdoni ovalsimon shaklda; bachadonning ikki yonida, kichik chanoqda joylashgan; uning keng boylamlariga (bachadon nayidan pastroqqa) birikkan. Ayollarning yoshiga va organizmning umumiy funksional holatiga qarab tuxumdonning jinsiy faoliyati turlicha boʻladi.
Tuxumdonlar murakkab tuzilishga ega va quyidagi funksiyalarni
bajaradi:
generativ - ayol tanasida jinsiy hujayralar shakllanishi;
endokrin - tuxumdonlar nafaqat ayol, balki erkakning gormonlarini ham ishlab chiqaradi, shuningdek, normal faoliyatining tartibga solinishi bilan bevosita ishtirok etadigan bir qator boshqa biologik moddalarni sintez qiladi.
Tuxum hujayra — urgʻochi jinsiy hujayra (gameta). Tuxum hujayradan urugʻlanish yoki partenogenez natijasida yangi organizm rivojlanadi. Hayvonlarda tuxum hujayra murtakning rivojlanishi uchun zarur oziq moddaga ega boʻlib, yaxshi ixtisoslashgan. Sut emizuvchilar tuxum hujayrasini rus olimi K.M.Ber (1827) kashf etgan. Odatda, tuxum hujayra bir necha qavat poʻst bilan qoplangan. Koʻpchilik hayvonlar tuxum hujayrasi yumaloq yoki oval shaklda, baʼzan choʻziq (hasharotlarda). Gʻovaktanlilar va ayrim boʻshliqichlilar tuxum hujayrasi doimiy shaklda boʻlmasdan amyobaga oʻxshash harakatlanish xususiyatiga ega. Koʻpchilik hayvonlar Tuxum hujayrasi harakatsiz.

Tuxum hujayraning oʻlchami sitoplazmadagi sariqlik miqdoriga bogʻliq. Tuxum hujayra ko`pincha dumaloqshaklga ega Hujayraning yadrosi anchagina katta bo`lib, ekstsentrik joylashadi va markazida katta yadrocha tutadi. Yetilgan tuxum hujayrada elektron mikroskop ostida kuchsiz rivojlangan sitoplazmatik to`r, erkin ribosomalar, sitoplazmada tengtarqalgan mitoxondriyalar borligi aniqlangan.